#INFOLIB_2025 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Rossiya Davlat san'at kutubxonasining “Xalqning teatr xotirasi. O‘zbek teatri. XX asr” mavzusida ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi
“Xalqning teatr xotirasi. O‘zbek teatri. XX asr” ko‘rgazmasida taniqli shaxslarning nodir fotosuratlari o‘rin olgan. Ular orasida Otello rolidagi buyuk Abror Hidoyatov, Jamila rolidagi Sora Eshanto‘raeva ("Boy ili xizmatchi" Hamza) va Guli ( «Alisher Navoiy» Uyg‘un va I.Sulton), Shukur Burxonov Brut rolida («Yuliy Tsezar» V. Shekspir), Voynitskiy («Vanya amaki» A.P.Chexov), Ibro=im Yusupov Botir rolida va Galiya Izmailova Yulduz rolida («Orzu» baleti I. Akbarov) kabilar bor.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️ Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
Rossiya Davlat san'at kutubxonasida kitoblar, ikonografik materiallar, teatr dasturlari va davriy nashrlarning qimmatli to'plamlari mavjud. Ular orasida aktyorlarning suratlari, spektakllardan sahna ko‘rinishlari, mashg‘ulotlardan lahzalar, o‘zbek teatri tarixiga oid kitoblar, teatr dasturlari, 1930-1980 yillardagi gazeta-jurnal maqolalari bilan birlashtirilgan.
“Xalqning teatr xotirasi. O‘zbek teatri. XX asr” ko‘rgazmasida taniqli shaxslarning nodir fotosuratlari o‘rin olgan. Ular orasida Otello rolidagi buyuk Abror Hidoyatov, Jamila rolidagi Sora Eshanto‘raeva ("Boy ili xizmatchi" Hamza) va Guli ( «Alisher Navoiy» Uyg‘un va I.Sulton), Shukur Burxonov Brut rolida («Yuliy Tsezar» V. Shekspir), Voynitskiy («Vanya amaki» A.P.Chexov), Ibro=im Yusupov Botir rolida va Galiya Izmailova Yulduz rolida («Orzu» baleti I. Akbarov) kabilar bor.
Fotosuratlar bizga dekoratsiya to'plamlari, grim, kostyumlar va aktyorlarning yuz ifodalarini o'rganish imkonini beradi. Konstantin Stanislavskiyning ta’kidlashicha, o‘zbek teatri 30-yillarning o‘rtalaridayoq katta muvaffaqiyatlarga erishgan edi. Buyuk sahna islohotchisi “Teatr zamonaviy sahna yutuqlarini diqqat bilan tingladi, ulardan o‘zining milliy xususiyatlariga mos ravishda foydalanib, davrimizning buyuk san’ati yaratish sari dadil qadam tashladi”, deb hisoblar edi.
bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2👏1😍1
#INFOLIB_2025 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida naqqoshlik, hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha “Hayotga qaytayotgan qadimiy meros” deb nomlangan retro ko‘rgazma
Bugungi kunda ham Oʻzbekistonning turli hududlarida naqgoshlik an'analari saqlanib, zamonaviy uslublar bilan uyg'unlashmoqda. Hunarmandlar milliy merosini asrab-avaylab, yosh avlodga o'rgatmoqdalar.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️ Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
Naqsh san'ati inson tafakkuri va badiiy didining ifodasi boʻlib, qadim zamonlardan xalqlar madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Ilk naqshlar inson hayotining ibtidosidayoq tosh, idish va kiyimlarda paydo boʻlib, tabiat va ishonch ramzlarini aks ettirgan.
Birinchi naqqosh ustalar haqida aniq ma'lumotlar kam boʻlsa-da, Temuriylar davrida naqqoshlik juda rivojlangani ma'lum. Usta-naqgoshlar oʻz sirlarini shogirdlariga oʻrgatib, hunarini avloddan avlodga yetkazganlar.
Bugungi kunda ham Oʻzbekistonning turli hududlarida naqgoshlik an'analari saqlanib, zamonaviy uslublar bilan uyg'unlashmoqda. Hunarmandlar milliy merosini asrab-avaylab, yosh avlodga o'rgatmoqdalar.
“Hayotga qaytayotgan qadimiy meros” sarlavhasi ostida naqqoshlik, hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yilgan retro ko‘rgazmada O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondida saqlanayotgan plakatlar o‘rin olgan. Mazkur ko‘rgazmada siz Buxoro zardo‘zlari, Rishton va Sherobod kulollari, Samarqand va Qo‘qon hunarmandlari, Shahrisabz chevarlarining faoliyati hamda Xiva gilamlari, Xiva-muzey shahri, Amaliy san'at muzeyi haqidagi ma'lumotlar bilan tanishasiz.
bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👌2🔥1😍1
#INFOLIB_2025 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida o‘quv zallariga kelgan yangi adabiyotlar koʻrgazmasi
“Istiqbol” o‘quv zalida “Yangi sahifalar dunyosi” deb nomlangan ko‘rgazmada biznes, psixologiya, pedagogika, tarix, siyosatshunoslik, jurnalistika sohalariga oid yangi nashrlar bilan bir qatorda jahon adiblari shohasarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalari ham taqdim etilgan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislarining ijodiy yondoshuvi tufayli paydo bo‘lgan kitobxon portali, jahon va o‘zbek adabiyotining tarixi, buguni va kelajagi haqidagi ko‘rgazma, o‘quv zallari peshtoqlarida mutolaaga jalb etuvchi motivasion bezaklar Haftalik mehmonlarida alohida qiziqish uyg‘otdi.📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️ Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
Haftalik doirasida kutubxonaning o‘quv zallarida yangi kelgan adabiyotlar koʻrgazmalari tashkil etildi.
“Ijod” o‘quv zalida “Mutolaa yangi olamlarni ochadi” deb nomlangan ko‘rgazmada taniqli san'atkorlar hayoti va ijodi, ularning san'atda qoldirgan izlari, yaratgan fil'mlari, gavdalantirgan obrazlari, bastalagan kuylari haqida hikoya qiluvchi kitoblar bilan bir qatorda o‘zbek kino, teatr va musiqa san'ati tarixi, buguni bilan tanishtiruvchi kitoblar o‘rin olgan.
“Istiqbol” o‘quv zalida “Yangi sahifalar dunyosi” deb nomlangan ko‘rgazmada biznes, psixologiya, pedagogika, tarix, siyosatshunoslik, jurnalistika sohalariga oid yangi nashrlar bilan bir qatorda jahon adiblari shohasarlarining o‘zbek tilidagi tarjimalari ham taqdim etilgan.
“Yangi kitob bilan uchrashuv” deb nomlangan ko‘rgazmada esa “Tafakkur” o‘quv zaliga kelgan yangi kitoblar bilan tanishish mumkin. Mazkur ko‘rgazmadan taniqli yozuvchi va shoirlarning yangi asarlari qayta nashr qilingan kitoblari kitobxonlar e'tiboriga havola qilingan.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislarining ijodiy yondoshuvi tufayli paydo bo‘lgan kitobxon portali, jahon va o‘zbek adabiyotining tarixi, buguni va kelajagi haqidagi ko‘rgazma, o‘quv zallari peshtoqlarida mutolaaga jalb etuvchi motivasion bezaklar Haftalik mehmonlarida alohida qiziqish uyg‘otdi.
bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍5🔥3🥰2🎉1👌1
#INFOLIB_2025 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kutubxona boʻylab ekskursiyalar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tashrif buyurganlarni audio- va info-kiosklar, interaktiv panellarlardan foydalanish, ular orqali o‘zlariga kerakli ma'lumotlarni olish va kitoblar buyurtma qilish tartiblari bilan tanishtirdilar. Shuningdek, ularga o‘quv zallarida yaratilgan qulay sharoitlar bilan bir qatorda kutubxona xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatlari haqida ham keng ma'lumot berildi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️ Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
Ekskursiya davomida mehmonlar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining tarixi, faoliyati, imkoniyatlari, xizmat turlari, kitob fondi va foydalanish qoidalari bilan tanishdilar.
Ro‘yxatga olish tartiblari bilan boshlangan va Milliy kutubxona kitob muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kafedralar, o‘quv zallar, kataloglar va kartoteka zallari, elektron katalaoglar zali bo‘ylab davom etgan mazmunli va batafsil ekskursiya “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligiga kelganlarda katta taassurot qoldirdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tashrif buyurganlarni audio- va info-kiosklar, interaktiv panellarlardan foydalanish, ular orqali o‘zlariga kerakli ma'lumotlarni olish va kitoblar buyurtma qilish tartiblari bilan tanishtirdilar. Shuningdek, ularga o‘quv zallarida yaratilgan qulay sharoitlar bilan bir qatorda kutubxona xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatlari haqida ham keng ma'lumot berildi.
Haftalik davomida kutubxona foyesida Milliy kutubxona tarixi, buguni, uning tasarrufidagi kutubxonalarda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar, respublikamizda foydalanishga topshirilgan zamonaviy kutubxonalar haqida videoroliklar namoish etib borildi.
bo‘ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🔥3😍3👍1