Milliy kutubxona | Rasmiy
9.66K subscribers
13.1K photos
1.94K videos
467 files
6.44K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#INFOLIB_2025
2025-yil 13-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida kutubxonalar uslubchilari uchun o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari uchun tashkil qilingan mazkur maktab dasturidan hududiy axborot kutubxona markazlari tomonidan 2023-2024 yillarda ishlab chiqilgan metodik qo’llanmalar tahlili, “Metodik qo‘llanmalarni tuzish texnologiyasi” mavzusida seminar hamda “Aholiga nostatsionar kutubxona xizmati ko‘rsatishni toʻgʻri tashkil etish va hujjatlarni yuritish” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘rin olgan.

Unda hududiy axborot-kutubxona markazlari tomonidan 2023-2024-yillarda ishlab chiqilgan metodik-bibliografik qo‘llanmalar yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalari muhokama qilindi, hududiy axborot-kutubxona markazlari tomonidan metodik qo‘llanmalarni talab darajasida ishlab chiqilishini ta’minlash maqsadida 2022-yil Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tayyorlangan “Metodik qo‘llanmalarni tuzish texnologiyasi” axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma yuzasidan tushuntirish olib borildi, aholiga nostatsionar kutubxona xizmatini ko‘rsatishni tashkil qilish masalalari xususida so‘z bordi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi - hozirgi kunda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari, hujjat yuritishdagi asosiy kamchiliklarni birgalashib ko‘rib chiqib aniq mexanizmini yaratish, hisobot kundaliklarini to‘g‘ri to‘ldirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berishdan iborat.

“Metodistlar maktabi” da 14 ta hududiy axborot-kutubxona markazlarining ilmiy-metodika xizmati xodimlari hamda o‘quv zallarida faoliyat olib boruvchi xodimlar ishtirok etdi.
Mutaxassislar uchun 3 ta mavzu asosida seminar-treninglar tashkil etildi. Bular:
• Hududiy axborot-kutubxona markazlari tomonidan 2023-2024-yillarda ishlab chiqilgan metodik-bibliografik qo‘llanmalar tahlili;
• Metodik qo‘llanmalarni tuzish texnologiyasi: muammo va yechimlar;
• Aholiga nostatsionar kutubxona xizmati ko‘rsatishni to‘g‘ri tashkil etish va hujjatlarni yuritish.
Seminar-trening tarzida o‘tkazilgan ushbu tadbirda oflayn tarzda 80 ga yaqin va onlayn tarzda 150 dan ortiq mutaxassis-xodimlar ishtirok etishdi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍96🔥2🥰1👏1🎉1👌1
#INFOLIB_2025

2025-yil 13-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Madaniy merosga ochiq yo'l: nodir nashrlarni saqlash, kataloglashtirish va raqamli texnologiyalar yordamida kitobxonlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish amaliyoti” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zArxiv agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda nodir adabiyotlar, ularning turlari, saqlanishi hamda tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar, arxiv hujjatlari va kutubxona manbalari, O'zbekistonda qo'lyozmalarni kataloglashtirish sohasining rivojlanishi haqida so‘z bordi.

Shuningdek, seminar davomida noyob hujjatli merosni “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha nomzodnoma tayyorlash hamda raqamli texnologiyalar yordamida nodir adabiyotlardan kitobxonlarning foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏2🔥1🥰1😍1
#INFOLIB_2025

2025-yil 13-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonining faksimil nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Faksimil nashr O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida saqlanayotgan XIX asrga oid qo‘lyozma nusxasi asosida tayyorlangan.
Bu noyob qo‘lyozmada shoirning besh dostoni matni o‘rin olgan. 428 varaqdan iborat ushbu qo‘lyozma yuqori sifatli Qo‘qon ipak qog‘ozida bitilgan. Matn qora siyohda, sarlavhalar qizil rangda, jadval chiziqlari esa oltin suvi bilan bezatilgan.

Sahifalar ko‘k, lojuvard, yashil, sariq kabi yorqin ranglarda gullar va o‘simlik tasvirlari bilan boyitilgan.
Ayniqsa, “Lison ut-tayr” va “Xamsa” dostonlariga ishlangan 47 ta rang-barang miniatyura asarning badiiy va tarixiy qiymatini yanada oshiradi.

Nashrga “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor” hamda “Saddi Iskandariy” dostonlari bilan bir qatorda, “Lison ut-tayr”ning ham kiritilgani alohida e’tiborli.
Tadbir davomida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganishning tarixiy ahamiyati, faksimil nashr jarayonidagi yondashuvlar va yangi ilmiy tadqiqotlar haqida mutaxassislarning chiqishlari tinglandi.
Adabiyotshunoslar, navoiyshunoslar, san’atshunoslar, yosh tadqiqotchilar va kitob ixlosmandlari faksimil nashrning ilm-fan hamda madaniyat rivojiga qo‘shadigan hissasi yuzasidan fikr bildirdilar.

Mazkur faksimil nashr nafaqat adabiy merosimizni keng targ‘ib qilishga, balki yosh tadqiqotchilar uchun ishonchli manba yaratishga ham xizmat qiladi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2👏1😍1