Milliy kutubxona | Rasmiy
9.35K subscribers
15.5K photos
2.09K videos
467 files
7.03K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#INFOLIB_2025

2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Bizni tushunishmaydi” nomli tiflofilm va “Mening o‘g‘rigina bolam” nomli audiospektakl namoyishi bo‘lib o‘tdi
Eshitish va gapirishda nuqsoni bor insonlar taqdiriga bag‘ishlangan ushbu film eshituvchi jamiyatga nafaqat ularning hayotini tasavvur qilish, balki ularning muvaffaqiyat va qiyinchiliklarini, shuningdek, hayotda o‘z o‘rnini topishda qanday qiyinchiliklarga duch kelayotganini tushunishga yordam beradi.
Film shunday insonlar haqida yaratilgan bo‘lsa-da, eshituvchi jamiyat uchun ham juda dolzarb – ma'rifiy mazmunga ega. Voqealar ham jozibali, ham o‘ylantiruvchi, shu bilan birga tomoshabinda ijobiy, tuyg‘ularni uyg‘otadi.

Tomoshabinlar munosabati haqida gapirganda, qiziqarli fikrlar bildirildi. Uni tomosha qilish orqali idrok etilayotgan film o‘zining jonli hikoyasi va tasvirlangan insoniy, tirik voqealari bilan kuchli ta'sirchan xarkter kasb etadi. Film professional va yuqori sifatda suratga olingan. Bu film bizlarni zamonamizda shunday nuqsoni bor insonlar juda ko‘p ekani, ularga yordam berishimiz, ular bilan do‘st bo‘lishimiz kerakligi haqida o‘ylashga majbur qiladi, chunki ular biz bilan bir xil.
Filmning asosiy g‘oyasi, menimcha, kar-soqovlar va eshituvchi odamlar o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirishdir. Bu film bizni bor narsamizni chuqurroq qadrlashga undaydi.
Tomoshabinlar film ijodkorlari yosh va iste'dodli rejissor Shokir Xoliqov, operator Akmal Mamatov, aktyorlarGo'zal Mahammadjonova va Bekzod Bo'riyevlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdalar va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir so‘ngida “Mening o‘g‘rigina bolam” nomli audiospektakl ham eshittirildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram l 📹YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8👌2😍2👍1🔥1🎉1💯1
#INFOLIB_2025

2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot va kutubxona xizmati samaradorligini oshirish uchun jahon nashriyotlarining elektron resurslari”mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida xalqaro elektron nashriyotlar — EBSCO, ProQuest, Oxford, kutubxona konsorsiumlari va boshqa ma’lumotlar bazalarining imkoniyatlari, ular orqali ilmiy axborotdan samarali foydalanish usullari hamda kutubxonachilar malakasini oshirishdagi ahamiyati yoritib berildi.
Mahorat darsining maqsadi — axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining raqamli resurslardan foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro tajribani amaliyotga joriy etish va axborot xizmatlari sifatini yangi bosqichga ko‘tarishdan iboratdir.
Mazkur mahorat darsi kutubxonachilar malakasini oshirishning samarali shakli bo‘lib, kitobxonlar uchun axborot xizmatlarini takomillashtirish uchun dunyoning yetakchi nashriyotlarining tegishli elektron nashrlarini qidirish, ularga kirish va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga qaratilgan.


U mutaxassislarga turli ma'lumotlar bazalari va to‘liq matnli manbalar orqali yanada samarali harakat qilishda yordam beradi, ma'lumot qidirish vaqtini tejaydi va foydalanuvchilarga tegishli ilmiy va madaniy materiallarni taqdim etadi. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram l 📹YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍4🔥2😍1
“Axborot-kutubxona va arxiv muassasalarini kompleks avtomatlashtirish bo‘yicha texnologik yechimlar” mavzusida seminar

Семинар на тему: “Технологические решения комплексной автоматизации информационно-библиотечных и архивных учреждений”

Sana: 12-noyabr, 2025
Vaqti: 14:00 - 17:00 (Islamabad, Karachi, Tashkent)

https://us02web.zoom.us/j/82968587309?pwd=Z7mtBHx9f809qUeviqjIxjoVDJJPyU.1

Meeting ID: 829 6858 7309
Passcode: 1
🔥3
#INFOLIB_2025

2025-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Axborot-kutubxona va arxiv muassasalarini kompleks avtomatlashtirish bo‘yicha texnologik yechimlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Ushbu seminarning maqsadi ishtirokchilarni kutubxona va arxiv axborotini qayta ishlash, saqlash hamda qidirish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilg‘or texnik yechimlar va dasturiy majmualar bilan tanishtirish.
Kutubxona va arxiv muassasalari rahbarlari hamda xodimlari uchun mazkur seminar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Axborot-kutubxona tizimlari” kafedrasi, O‘zbekiston Respublikasi “Uzarxiv” agentligi tomonidan tashkil qilindi.
Seminarda “Avtomatizirovannie resheniya” kompaniyasi mutaxassisi (Rossiya) Galina Gildebrantning “Kutubxonalarni avtomatlashtirish, boshqarish va monitoring qilish ekotizimi: Kultura.Pro va Ulibrary” va “RFID, sun’iy intellekt (AI) va kengaytirilgan reallik (AR) kutubxona xizmatini qanday o‘zgartirmoqda?”, “iBooks” kompaniyasi rivojlanish direktori (Sankt-Peterburg) Andrey Sokolovning “MyLoft – kutubxona elektron axborot resurslariga masofaviy kirish va ularni ommalashtirish vositasi sifatida”, “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupovning “Oʻzbekistonda Elektron arxiv tarmog‘i: muammo va yechimlar”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Sherzod Muxammadjonovning “Aqlli kutubxona RFID'dan boshlanadi: bosqichma-bosqich joriy etish”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti doktoranti Fayzi Bekkamovning “Kutubxona jarayonlarida sun’iy intellekt modullarini qo‘llash istiqbollari”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT kafedrasi dotsenti Shaxobiddin Abduzoirov va shu universitet talabasi Munira Ziyouddinovaning “Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini avtomatlashtirish uchun ochiq axborot-kutubxona tizimlari” mavvzularidagi ma'ruzalari tinglandi.

"Axborot-kutubxona va arxiv muassasalarini kompleks avtomatlashtirishning texnologik yechimlar" mavzusidagi seminar kutubxonalar va arxivlar ishini optimallashtirish uchun zamonaviy axborot texnologiyalarini ko‘rib chiqish va joriy etish, shu jumladan kataloglashtirish, to‘plamlar, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish, shuningdek hujjatlarni raqamlashtirish va saqlashga bag‘ishlangan. Unda resurslarni raqamlashtirish: skanerlash texnologiyalari, arxivni avtomatlashtirish: arxiv hujjatlarini hisobga olish, saqlash, qidirish va ularga kirishni ta'minlash bo‘yicha yechimlar, axborot resurslarini boshqarish: yagona ma'lumotlar bazalarini yaratish, kirishni boshqarish va axborot xavfsizligi, foydalanuvchilar uchun onlayn xizmatlar, resurslarga masofadan kirishni ta'minlash kabi jihatlar muhokama qilindi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram l 📹YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3👏3❤1🥰1🤩1💯1
#INFOLIB_2025
#Jarayon

2025-yil 11-12-noyabr kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi – 2025” koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi bo'lib o'tdi

Har yilgiday shaffof o‘tgan va O‘zbekiston Milliy kutubxonasining youtube kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilgan ko‘rik-tanlovda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar va tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari ishtirok etdilar. Ikki kun davom etgan ushbu ko'rik tanlov natijalari e'lon qilindi batafsil keyingi postlarda tanishishingiz mumkin.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram l 📹YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥7❤4👌2😍2🥰1