#INFOLIB_2025
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida kutubxonachilik sohasi fidoiysi, dotsent Malohat Rahimovaning 90 yillik yubileyi munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
Tadbirda so‘zga chiqqanlar fidoiy inson, o‘z kasbining mohir ustasi, pedagog, olima Malohat Rahimovaning sharafli hayot yo‘li, mehnat faoliyati, pedagogik mahorati va insoniylik fazilatlari haqida xotirladilar.
1974-yildan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining “Kutubxonashunoslik” kafedrasida faoliyatini boshlab, ko’p yillar kafedraga rahbarlik qilib kelgan. M.Rahimova “Bilimlar maskani”, “Hujjat fondlari”, “O’zbekiston kutubxonalarining resurslari va ulardan foydalanish”, “Bibliotechnie fondi”, “O’zbekistonda ilmiy kutubxonalarning rivojlanishi”, “Kutubxona fondlari” kabi ilmiy asarlar muallifi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✅Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website

Xotira kechasida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fundamental Kutubxonasi xodimlari, FA tizimidagi ITM kutubxonalari xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, O`zbekiston DSMI professor o`qituvchilari, talabalar, ustozning shogirdlari va yaqinlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar fidoiy inson, o‘z kasbining mohir ustasi, pedagog, olima Malohat Rahimovaning sharafli hayot yo‘li, mehnat faoliyati, pedagogik mahorati va insoniylik fazilatlari haqida xotirladilar.
1935- yil 14-iyunda Toshkent shahrida oddiy ishchi oilasida dunyoga kelgan Malohat Rahimova 1953-yilda o’rta maktabni tamomlab, O’rta Osiyo Davlat Universiteti, hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitetning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1958-yildan “O’zSSR davlat kitob palatasi”da katta bibliograf lavozimida faoliyat boshlagach, u 1961-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga “Kutubxonashunoslik va bibliografiya” kafedrasiga “Kutubxona fondlari va kataloglari” fanidan o’qituvchi, keyinchalik katta o’qituvchi lavozimida ishlagan. 1972-yilda “O’zbekiston SSR ilmiy kutubxonalari tarixi va rivojlanishi (1917-1941 yillar)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini himoya qilgan va tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan M.Rahimova mamlakatimiz kutubxomachilik ishida o’ziga xos o’ringa ega.
1974-yildan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining “Kutubxonashunoslik” kafedrasida faoliyatini boshlab, ko’p yillar kafedraga rahbarlik qilib kelgan. M.Rahimova “Bilimlar maskani”, “Hujjat fondlari”, “O’zbekiston kutubxonalarining resurslari va ulardan foydalanish”, “Bibliotechnie fondi”, “O’zbekistonda ilmiy kutubxonalarning rivojlanishi”, “Kutubxona fondlari” kabi ilmiy asarlar muallifi.
bo‘ling!
✅Telegram l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌5🔥3❤1👍1
#INFOLIB_2025
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida “Jamoa shartnomasining mehnat munosabatlaridagi o‘rni” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Zero, mehnat munosabatlarida yuzaga keladigan qo‘shimcha muzokara hamda kelishuvlar orqali mehnat jamoasining umumiy huquq hamda manfaatlari ta’minlanadi.
Trener yosh kutubxonachilarga Jamoa shartnomasi, uni qabul qilish tartibihaqida batafsil ma'lumot berdi.
Shuningdek, u Jamoa shartnomasini tuzishda taraflar sifatida bir tarafdan, xodimlar manfaatini ifodalovchi – kasaba uyushmasi yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organi, ikkinchi tarafdan, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar ishtirok etishi muhimligi, ya'ni Jamoa shartnomasi bir shaxs tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi qonun normalariga muvofiq emasligi ta'kidlandi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✅Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida “Jamoa shartnomasining mehnat munosabatlaridagi o‘rni” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Yosh kutubxonachilar uchun Jamoa shartnomasining mehnat munosabatlaridagi o‘rniga bag‘ishlangan seminarda bugungi kunda, ish beruvchi va mehnat jamoasi o‘rtasida yuzaga keladigan mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish nihoyatda muhim dolzarb masalalardan biriga ekanligi e'tirof etildi.
Zero, mehnat munosabatlarida yuzaga keladigan qo‘shimcha muzokara hamda kelishuvlar orqali mehnat jamoasining umumiy huquq hamda manfaatlari ta’minlanadi.
Trener yosh kutubxonachilarga Jamoa shartnomasi, uni qabul qilish tartibihaqida batafsil ma'lumot berdi.
“Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanadi. Jamoa shartnomasida xodimlarga oid qo‘shimcha imtiyozlar, mehnatga oid munosabatlar va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar tartibga solinadi. Jamoa shartnomasini tuzishdan oldin ish beruvchi va xodimlarning vakillik organi o‘rtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokoralar olib borish jamoa shartnomasi ishlab chiqishdagi dastlabki bosqich sanaladi”.
Shuningdek, u Jamoa shartnomasini tuzishda taraflar sifatida bir tarafdan, xodimlar manfaatini ifodalovchi – kasaba uyushmasi yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organi, ikkinchi tarafdan, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar ishtirok etishi muhimligi, ya'ni Jamoa shartnomasi bir shaxs tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi qonun normalariga muvofiq emasligi ta'kidlandi.
bo‘ling!
✅Telegram l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤1🔥1
#INFOLIB_2025
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida “Ranglar jilosi” mavzusida rassom Erkin Orol bilan uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
U tasviriy san'atning portret, manzara va natyurmort yunalishlari buyicha ijod qiladi. Erkin Orol O'zbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlardagi xalqaro ko'rgazmalarda muntazam qatnashib kelmoqda va o‘z shaxsiy ko'rgazmasini ham tashkil etib kelmoqda.
Tadbir davomida Erkin Orol asarlari xususiy kollektsiyasidan o'rin olgan rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✅Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida “Ranglar jilosi” mavzusida rassom Erkin Orol bilan uchrashuv va mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy uchrashuv davomida mohir rassom o‘z ijod yo‘li, rassomchilik san'atiga kirib kelish tarixi, tasviriy san'atdagi yo‘nalishi, ustozlari va shogirdlari haqida so‘zlab berdi.
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining dastgohli rangtasvir yo'nalishi bo'yicha taxsil olib, bakalavr hamda magistr darajasini olgan Erkin Orol akademiklar Baxtiyor Boboev, Akmal Ikromjonov, Sobir Raxmetov hamda O'zbekiston xalq rassomi Muhammadxon Nuriddinov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Imyar Mansurov, rassom Boboniyoz Qurbonovlar qo‘lida tahsil olgan.
U tasviriy san'atning portret, manzara va natyurmort yunalishlari buyicha ijod qiladi. Erkin Orol O'zbekiston Respublikasida va xorijiy davlatlardagi xalqaro ko'rgazmalarda muntazam qatnashib kelmoqda va o‘z shaxsiy ko'rgazmasini ham tashkil etib kelmoqda.
Mahorat darsida yosh kutubxonachilar o‘qilgan asarlar yuzasidan suratlar chizish va o‘z taassurotlarini badiiy tasvir orqali ifodalash bo‘yicha kerakli maslahatlar oldilar.
Tadbir davomida Erkin Orol asarlari xususiy kollektsiyasidan o'rin olgan rasmlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
bo‘ling!
✅Telegram l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3❤1🤩1
#INFOLIB_2025
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliykutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumidoirasida “Nozik barmoqlar jilosi” mavzusidakashtachilik va abru bahor bo‘yicha mahoratdarslari bo‘lib o‘tdi.
Yosh kutubxonachilar uchun tashkil etilgan mahoratdarsida kashtachilik asoslari, kashtachilik san'ati, kashta tikishning o'ziga xosligi, vositalari, gul vanaqshlardan foydalanish, rang tanlash haqidama'lumotlar berildi.
Dastur davomida kitobat sanʼatida qoʻlyozma kitobsahifalarini bezash sanʼati, shuningdek shu usuldayaratilgan muqovalar, ya'ni abri bahor san'atigabag‘ishlangan mahorat darsi ham bo‘lib o‘tdi.
📱 Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✅Telegram l🌐 Instagram l 📹 YouTube l✅ Facebook l🕊 Twitter l 🌐 Website
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliykutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumidoirasida “Nozik barmoqlar jilosi” mavzusidakashtachilik va abru bahor bo‘yicha mahoratdarslari bo‘lib o‘tdi.
Yosh kutubxonachilar uchun tashkil etilgan mahoratdarsida kashtachilik asoslari, kashtachilik san'ati, kashta tikishning o'ziga xosligi, vositalari, gul vanaqshlardan foydalanish, rang tanlash haqidama'lumotlar berildi.
Mahorat darsi davomida kashtachilikning qiziqarlitarixi, qadimdan to hozirgi kungacha bosib o‘tganyo‘li, tarixda nom qoldirgan mohir usta-kashtachilar vabu san'atning nozikliklari haqida so‘z bordi.
Dastur davomida kitobat sanʼatida qoʻlyozma kitobsahifalarini bezash sanʼati, shuningdek shu usuldayaratilgan muqovalar, ya'ni abri bahor san'atigabag‘ishlangan mahorat darsi ham bo‘lib o‘tdi.
Undayosh kutubxonachilar mazkur san'at tarixi bilan birqatorda maxsus idishdagi daraxt yelimining suvdagieritmasiga turli rangdagi boʻyoklar moʻyqalamyordamida navbat bilan sepilib, maxsus taroq bilanhosil qilingan rasm ustiga qogʻoz yopib, bir nechadaqiqadan soʻng bir-biriga o‘xshamagan naqshlartushirilgan muqovalar tayyorlash usulini o‘rganiboldilar.
bo‘ling!
✅Telegram l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4❤2🥰1🎉1