Milliy kutubxona | Rasmiy
9.86K subscribers
13.1K photos
1.94K videos
467 files
6.44K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#INFOLIB_2025

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliykutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumidoirasida “Kutubxonachining psixologik resurslari: ruhiy kuch va ichki barqarorlik sirlari” mavzusidapsixologik.seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
 

Trener kutubxonachilarga mehnat samaradorliginioshirish jamoalarning uchta asosiy omilga bog‘liqligi, bular: tashkiliy va boshqaruv, texnik va texnologikhamda psixologik iqlim bilan bog‘liq inson omillarekanligini eslatib o‘tdi.

“Shu bilan birga, shunita'kidlash kerakki, bunday talablar to‘plamikutubxonachi uchun ijtimoiy nuqtai nazardan mutlaqoahamiyatli emas. Aslida, kasbiy mahorat fazilatlarizamonaviy kutubxona faoliyat ko‘rsatadigan ijtimoiysharoitlar ta'siri ostida shakllanadi va ularga mutolaamuhiti ta'sir qiladi”.
Shuningdek, ruhshunos kutubxonachining ruhiy holati, axloqining ustuvorligi, jumladan, quyidagi fazilatlardanamoyon bo‘lishini ta'kidladi: vijdoniylik, xushmuomalalik, ochiqlik, kamtarlik.

Kitobxonlarningustun g‘oyalari kutubxonachilarning kasbiy vaishbilarmonlik xususiyatlari asosida shakllanishini unutmaslik kerakligi aytildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43🔥3👍2
#INFOLIB_2025

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida kutubxonachilik sohasi fidoiysi, dotsent Malohat Rahimovaning 90 yillik yubileyi munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
 

Xotira kechasida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fundamental Kutubxonasi xodimlari, FA tizimidagi ITM kutubxonalari xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, O`zbekiston DSMI professor o`qituvchilari, talabalar, ustozning shogirdlari va yaqinlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar fidoiy inson, o‘z kasbining mohir ustasi, pedagog, olima Malohat Rahimovaning sharafli hayot yo‘li, mehnat faoliyati, pedagogik mahorati va insoniylik fazilatlari haqida xotirladilar.
1935- yil 14-iyunda Toshkent shahrida oddiy ishchi oilasida dunyoga kelgan Malohat Rahimova 1953-yilda o’rta maktabni tamomlab, O’rta Osiyo Davlat Universiteti, hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitetning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1958-yildan “O’zSSR davlat kitob palatasi”da katta bibliograf lavozimida faoliyat boshlagach, u 1961-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga “Kutubxonashunoslik va bibliografiya” kafedrasiga “Kutubxona fondlari va kataloglari” fanidan o’qituvchi, keyinchalik katta o’qituvchi lavozimida ishlagan. 1972-yilda “O’zbekiston SSR ilmiy kutubxonalari tarixi va rivojlanishi  (1917-1941 yillar)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini himoya qilgan va tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan M.Rahimova mamlakatimiz kutubxomachilik ishida o’ziga xos o’ringa ega.

1974-yildan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining “Kutubxonashunoslik” kafedrasida faoliyatini boshlab, ko’p yillar kafedraga rahbarlik qilib kelgan. M.Rahimova “Bilimlar maskani”, “Hujjat fondlari”, “O’zbekiston kutubxonalarining resurslari va ulardan foydalanish”, “Bibliotechnie fondi”, “O’zbekistonda ilmiy kutubxonalarning rivojlanishi”, “Kutubxona fondlari” kabi ilmiy asarlar muallifi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌5🔥31👍1
#INFOLIB_2025

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida “Jamoa shartnomasining mehnat munosabatlaridagi o‘rni” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
 
Yosh kutubxonachilar uchun Jamoa shartnomasining mehnat munosabatlaridagi o‘rniga bag‘ishlangan seminarda bugungi kunda, ish beruvchi va mehnat jamoasi o‘rtasida yuzaga keladigan mehnat munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish nihoyatda muhim dolzarb masalalardan biriga ekanligi e'tirof etildi.

Zero, mehnat munosabatlarida yuzaga keladigan qo‘shimcha muzokara hamda kelishuvlar orqali mehnat jamoasining umumiy huquq hamda manfaatlari ta’minlanadi.
Trener yosh kutubxonachilarga Jamoa shartnomasi, uni qabul qilish tartibihaqida batafsil ma'lumot berdi.
“Jamoa shartnomasi – korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat hisoblanadi. Jamoa shartnomasida xodimlarga oid qo‘shimcha imtiyozlar, mehnatga oid munosabatlar va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar tartibga solinadi. Jamoa shartnomasini tuzishdan oldin ish beruvchi va xodimlarning vakillik organi o‘rtasida muzokaralar olib boriladi. Muzokoralar olib borish jamoa shartnomasi ishlab chiqishdagi dastlabki bosqich sanaladi”.

Shuningdek, u Jamoa shartnomasini tuzishda taraflar sifatida bir tarafdan, xodimlar manfaatini ifodalovchi – kasaba uyushmasi yoki o‘zlari vakolat bergan boshqa vakillik organi, ikkinchi tarafdan, bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar ishtirok etishi muhimligi, ya'ni Jamoa shartnomasi bir shaxs tomonidan ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi qonun normalariga muvofiq emasligi ta'kidlandi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121🔥1