Milliy kutubxona | Rasmiy
9.84K subscribers
13.1K photos
1.94K videos
467 files
6.44K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#INFOLIB_2025
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida “Edo.ijro.uz tizimi haqida asosiy tushunchalar va undan qanday foydalanish usullari” mavzusida oʻquv seminar bo‘lib o‘tdi

Mazkur o‘quv seminari davlat boshqaruvi tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish, ijro intizomini mustahkamlash hamda hujjat aylanish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida, UNICON SOFT MCHJ xodimlari tomonidan o‘tkazildi. U davlat organlari xodimlari hamda mas’ul ijrochilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda Edo.ijro.uz elektron ijro tizimining tuzilmasi, asosiy funksiyalari, foydalanuvchi imkoniyatlari hamda amaliy qo‘llanilish tajribalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga tizimda hujjatlar bilan ishlash tartibi, ijro intizomini nazorat qilish mexanizmlari, hisobot va tahliliy ma’lumotlarni shakllantirish jarayonlari, foydalanuvchilarning axborot xavfsizligini ta’minlash choralariga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — xodimlarning Edo.ijro.uz tizimi bilan ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning raqamli savodxonligini oshirish va ijro intizomini yanada takomillashtirishdan iboratdir.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
✈️Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍4🥰21🤩1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#INFOLIB_2025
2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Qizlar akademiyasi”, “UstozAI” loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi
 
Taqdimotda yosh kutubxonachilarga agentlik tomonidan amalga oshirilgan ko‘plab loyihalar, ularning yoshlarni keng qamrab olganligi va natijalari haqida so‘z bordi.
Shuningdek, hozirgi kunda yoshlar o‘rtasida dolzarb bo‘lib hisoblangan chet tillarni masofadan bepul o‘rgatishga yo‘naltirilgan “Ibrat farzandlari”, eng sara kitoblarning elektron, audio hamda video shakllarini taqdim etuvchi “Mutolaa”, yurtimizdagi barcha qizlarga ko‘mak sifatida faoliyat yuritayotgan “Qizlar akademiyasi”, zamonaviy kasblar, bepul kurslar, sertifikatlarga ega testlar majmuasi joylashgan “UstozAI” loyihalari haqida ma'lumot berildi.


📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥54🥰2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#INFOLIB_2025

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari uchun Respublika Bolalar kutubxonasida ekskursiya tashkil etildi
 
O'zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari tomonidan Bolalar kutubxonasiga tashkil etilgan ekskursiya davomida mehmonlar kutubxonada yaratilgan sharoitlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bolalar va yoshlarni jalb qilish maqsadida barcha xalqaro standartlarga javob beruvchi kutubxona maydonlari, antiqa va o‘tirib mutolaaga undovchi o‘rindiqlar, turli buyumlarni saqlash tizimlari, qulay partalar, ma'ruzalarni tinglash, o‘qish, dam olish uchun modullari ularda katta taassurot qoldirdi.
Mehmonlar mutolaa zallaridan tashqari kutubxonada mavjud komp'yuter sinflari, sohaga oid dasturiy ta'minotlar, RFID texnologiyalari bilan himoyalangan kitoblardan foydalanish tartibi, kutubxonaning kichik bosmaxonasi va ovoz yozish studiyasi bilan tanishdilar.

Ekskursiyadan katta taassurot olgan mutaxassislar Respublika bolalar kutubxonasida yaratilgan sharoitlar haqida o‘z muassasalarida foydalanuvchilarga so‘zlab berishlarini aytdilar.
 
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥52🤩1
#INFOLIB_2025

2025-yil 11-noyabr kuni “INFOLIB O‘ZBEKISTON–2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston texnologik metalllar kombinati burchagining ochish marosimi bo‘lib o‘tdi
Endilikda O‘zbekiston Milliy kutubxonasida TMK ilmiy ma'lumotlar markazi faoliyat boshlaydi. Unda mamlakatimiz va jahon konchilik sanoati, texnologik metallar va kritik minerallar sohasidagi eng yangi adabiyotlar va ilmiy tadqiqotlar bilan tanishishingiz mumkin.
TMK ilmiy ma'lumotlar markazi texnologik metallar va kritik xomashyo bo‘yicha ilmiy, texnik va statistik adabiyotlarni tizimlashtirilgan holda taqdim etish, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun zarur axborot resurslarini jamlash, tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, TMK faoliyatini ilmiy-nazariy asosda yorituvchi ochiq axborot makoni sifatida xizmat qiladi.
2024-yilda Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan tashkil etilgan TMK mamlakatning muhim xomashyo (CRM) salohiyatini birlashtirish, chuqur qayta ishlash va to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha milliy maqomga ega. Ushbu maqom “kon – metall – bozor” tamoyiliga asoslangan vertikal integratsiyalashgan model orqali amalga oshiriladi.

TMK oddiy kon qazib olish kompaniyasi emas – u qidiruv, qayta ishlash, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarishni o‘zida mujassam etgan keng qamrovli sanoat ekotizimidir.
Bugungi kunda kompaniya volfram, molibden, litiy, kobalt va grafit kabi 25 dan ortiq strategik xomashyo turlarini qamrab olgan 100 dan ziyod loyihalarni amalga oshirib, O‘zbekistonni global muhim xomashyo bozorining yangi markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Skanerlash va raqamlashtirish xizmati tomonidan Texnologik metallar kombinatining 190 ta kitobi skaner qilingan hamda elektron nusxalari pdf formatida taqdim etilgan.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥63🥰1
#INFOLIB_2025

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliykutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumidoirasida “Kutubxonachining psixologik resurslari: ruhiy kuch va ichki barqarorlik sirlari” mavzusidapsixologik.seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
 

Trener kutubxonachilarga mehnat samaradorliginioshirish jamoalarning uchta asosiy omilga bog‘liqligi, bular: tashkiliy va boshqaruv, texnik va texnologikhamda psixologik iqlim bilan bog‘liq inson omillarekanligini eslatib o‘tdi.

“Shu bilan birga, shunita'kidlash kerakki, bunday talablar to‘plamikutubxonachi uchun ijtimoiy nuqtai nazardan mutlaqoahamiyatli emas. Aslida, kasbiy mahorat fazilatlarizamonaviy kutubxona faoliyat ko‘rsatadigan ijtimoiysharoitlar ta'siri ostida shakllanadi va ularga mutolaamuhiti ta'sir qiladi”.
Shuningdek, ruhshunos kutubxonachining ruhiy holati, axloqining ustuvorligi, jumladan, quyidagi fazilatlardanamoyon bo‘lishini ta'kidladi: vijdoniylik, xushmuomalalik, ochiqlik, kamtarlik.

Kitobxonlarningustun g‘oyalari kutubxonachilarning kasbiy vaishbilarmonlik xususiyatlari asosida shakllanishini unutmaslik kerakligi aytildi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏43🔥3👍2
#INFOLIB_2025

2025-yil 11-noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Yosh kutubxonachilar V Forumi doirasida kutubxonachilik sohasi fidoiysi, dotsent Malohat Rahimovaning 90 yillik yubileyi munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi
 

Xotira kechasida O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Fundamental Kutubxonasi xodimlari, FA tizimidagi ITM kutubxonalari xodimlari, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU, O`zbekiston DSMI professor o`qituvchilari, talabalar, ustozning shogirdlari va yaqinlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar fidoiy inson, o‘z kasbining mohir ustasi, pedagog, olima Malohat Rahimovaning sharafli hayot yo‘li, mehnat faoliyati, pedagogik mahorati va insoniylik fazilatlari haqida xotirladilar.
1935- yil 14-iyunda Toshkent shahrida oddiy ishchi oilasida dunyoga kelgan Malohat Rahimova 1953-yilda o’rta maktabni tamomlab, O’rta Osiyo Davlat Universiteti, hozirgi Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitetning filologiya fakultetiga o’qishga kirdi. 1958-yildan “O’zSSR davlat kitob palatasi”da katta bibliograf lavozimida faoliyat boshlagach, u 1961-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutiga “Kutubxonashunoslik va bibliografiya” kafedrasiga “Kutubxona fondlari va kataloglari” fanidan o’qituvchi, keyinchalik katta o’qituvchi lavozimida ishlagan. 1972-yilda “O’zbekiston SSR ilmiy kutubxonalari tarixi va rivojlanishi  (1917-1941 yillar)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini himoya qilgan va tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan M.Rahimova mamlakatimiz kutubxomachilik ishida o’ziga xos o’ringa ega.

1974-yildan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent Davlat madaniyat institutining “Kutubxonashunoslik” kafedrasida faoliyatini boshlab, ko’p yillar kafedraga rahbarlik qilib kelgan. M.Rahimova “Bilimlar maskani”, “Hujjat fondlari”, “O’zbekiston kutubxonalarining resurslari va ulardan foydalanish”, “Bibliotechnie fondi”, “O’zbekistonda ilmiy kutubxonalarning rivojlanishi”, “Kutubxona fondlari” kabi ilmiy asarlar muallifi.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna
bo‘ling!
Telegram l🌐 Instagram📹YouTube l Facebook l🕊 Twitter l 🌐Website
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌5🔥31👍1