Milliy kutubxona | Rasmiy
9.32K subscribers
15.5K photos
2.09K videos
467 files
7.04K links
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasi

Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👉 https://natlib.taplink.ws

Murojaat uchun: @infonatlib_bot
Download Telegram
#Yoshlar_ijodi

Niyat

“Sizni yaxshi ko‘raman!” - dedi,
Nigohlarim yerga to‘kildi.
“Siz-chi, pari?” degan savoldan
Mag‘rur boshim yerga bukildi…

Ichimdagi isyonlar o‘chib,
Gullab ketdi, har yon — to‘rt taraf.
Botirimning qarashi go‘yo
Sevgi talab, sadoqat talab.

Bir toza ishq bo‘lib tug‘ildim,
Qayga boqmay u tomon yo‘ldir.
Ming yil kutdim, axir,
Xudojon,
Endi umrim baxtlarga to‘ldir...

Xudo nasib qilsa u ila
Kunda besh bor egilgum baxtga.
Salovatlar aytib pichirlay
“Baxtlimisan...” baxtliman deya...


✍️ Sabohat Saidrizo

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
❤7👍3🔥1👏1🤩1😍1
👍7🔥4❤2👏1🎉1👌1
#Kun_hikmati

✅ Aziz kitobxonlar, biz sizlarga buyuk shaxslar tomonidan qayd etilgan hikmatli fikrlardan berib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍11👏3🔥1
O'zbekiston Milliy kutubxonasining 2023-yil dekabr oyi uchun foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish ko'rsatkichlari

O'zbekiston Milliy kutubxonasiga 2023-yil dekabr oyida kelib tushgan yangi nashrlar

Kitoblarni nashr etishdan oldin O‘zbekiston nashriyotlari bilan hamkorlik (2023-yil, dekabr)

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍13🔥3👏1👌1
👏16😍3👍1🔥1🎉1
🗞 “Jadid” gazetasi – birlashmoq davrining minbari

📃 Prezidentimiz 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida jadid bobolarimizning milliy taraqqiyotni har tomonlama jadallashtirish, ziyoli va ijodkorlarni birlashtirishga daxldor tashabbuslari qatorida “Jadid” gazetasini ta’sis etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi hamda ushbu nashrni yangi yilning birinchi kunida chop etish taklifini ilgari surdi.

📌Davlatimiz rahbarining ezgu tashabbusi bilan 2024-yilning ilk kunida “Jadid” gazetasi chop etildi. Ushbu nashr Vatan va xalq manfaatlari yo‘lida jon fido qilgan millat oydinlari – jadid bobolarimiz hayoti va faoliyatini keng targ‘ib etishda o‘ziga xos tafakkur maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Batafsil

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
🔥4👍2👏1
👍13👏5🔥2🎉1😍1
✅ “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da ilk ekskursiya yoshlar uchun o‘tkazildi

🗓 2024-yil 6-yanvar kuni Yangiyo'l shahar 1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati bilan tanishtiruvchi ekskursiya o‘tkazildi.
Foydalanuvchilarni ro’yxatga olish va ma’lumotnoma - axborot xizmatlari ko’rsatish xizmati mutaxassislari tomonidan olib borilgan mazkur ekskursiyada foydalanuvchilar ro‘yxatga olish tartiblari, Milliy kutubxona kitob muzeyi, ko‘rgazmalar zali, kafedralar, o‘quv zallari, kataloglar va kartoteka zallari, elektron katalaoglar zali bilan tanishdilar. Shuningdek ular ilmiy-ta'limiy xorijiy elektron bazalar bilan ishlash bo‘yicha Milliy kutubxonaning bosma va elektron nashrlardan hamda elektron va an'anaviy kataloglardan foydalanish, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish qoidalari bilan ham tanishdilar.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍3🔥3😍1
#ETIROF

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi» ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

✅Ushbu ko'krak nishon bilan O'zbekiston Milliy kutubxonasining yetakchi mutaxassisi Ibragimova Gulchehra Shahobiddinovna ham taqdirlandi.

💐Biz ularni ushbu mukofot bilan O'zbekiston Milliy kutubxonasi Matbuot xizmati, qolaversa Milliy kutubxona jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz!

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇

Telegram l Instagram l YouTube l Facebook l Twitter l Web Sayt
👍18🎉7👏2