NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)
1.66K subscribers
79K photos
1.39K videos
79 files
5.24K links
Download Telegram
#NamMQI_AL
#Sport

Namangan viloyati professional ta‘lim muassasalari o‘rtasida "Barkamol avlod" sport o‘yinlariga start berilgan va bosqichma-bosqich tur o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda.

Kuni kecha "Yuridik" texnikumida o‘tkazilgan shahar saralash bosqichida Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi o‘g‘il bolalar jamoasi futbol o‘yinida ishtirok etdi. Qizg‘in va shiddat bilan o‘ynagan litsey jamoasi barcha jamoalarni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladilar va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
#NamMQI_AL
#Ochiq_eshiklar_kuni

Bugun Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida OCHIQ ESHIKLAR KUNI keng miqyosda o‘tkazildi.

Viloyatimizning barcha tumanlaridan akademik litseyda o‘qish istagi bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilari tashrif buyurdi.

Kelgan mehmonlar akademik litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari hamda faoliyat yuritayotgan turli xil to‘garaklardan lavhalarni ko‘rdilar.

Tadbir so‘ngida shu kunga qadar erishilgan barcha yutuqlar, litsey hayoti, qolaversa, xorijda o‘qishini davom ettirayotgan bitiruvchilarimiz haqida batafsil ma‘lumotga ega bo‘ldilar va bilimlarini sinash maqsadida test sinovlarini ham topshirdilar.

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida OCHIQ ESHIKLAR KUNI davom etadi...
#NamMQI_AL
#QORA_DORI_2024

Namangan viloyati hokimining 2024-yil 23-apreldagi 01/20-294 son xatiga asosan Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida "Qora dori-2024" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan viloyati Narkologiya dispanseridan bosh narkolog J. Sheraliyev, NamMQI psixologi M.Nurqulov va akademik litseyning 100 nafar o‘quvchilari va o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Davra suhbatida mutahassisilar o‘quvchilarga giyohvandlikning zararli oqibatlari, u yo‘lga kirib qolishni oldini olish choralari, buning oxiri o‘lim bilan tugashi haqida batafsil ma‘lumot berdilar va o‘zlari bilan olib kelgan tarqatma materiallarni taqdim qildilar.

Akademik litseyda "Qora dori-2024" tadbiri davom etmoqda.
#NamMQI_AL
#Tomsk_OTM

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyiga Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyatida joylashgan Oliy ta‘lim muassasasi mutaxassislari tashrif buyurdilar.

Tashrifda u yerda joylashgan oliygohlar, chet davlatdan o‘qish istagini bildirgan talabalar uchun imtiyozlar, shart-sharoitlar haqida batafsil ma‘lumot berdilar.
#NamMQI_AL
#9_may

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 3/15-160-sonli xatida ko‘rsatilgan vazifalarni ijrosini ta‘minlash maqsadida,Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida rang-tasvir va grafika san'ati yo‘nalishi bo‘yicha ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 1-o‘rinni 108-guruh o‘quvchisi To‘xtaboyeva muhtasar egalladi.

9-may "Xotira va qadrlash kuni" tadbirlari davom etmoqda.
#NamMQI_AL
#9_may

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim,  fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-apreldagi 3/15-160-sonli xatida ko‘rsatilgan vazifalarni ijrosini ta‘minlash maqsadida, Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida "Tillar" kafedrasi mudirasi V.Dadaboyeva boshchiligida 2-jahon urushiga oid erkin mavzuda insholar tanlovi o‘tkazildi. Bunda litseyning barcha guruhlari qamrab olindi. Shu guruhlar ichida eng mazmunli insho yozgan guruhlar 103, 106, 109, 110, 208, 209-guruh o‘quvchilari deb topildi.

Akademik litseyda 9-may---"Xotira va qadrlash kuni" tadbirlari davom etmoqda.
#NamMQI_AL
#9_may

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Aniq fanlar" (iqtisod) yo‘nalishi 105-guruh o‘quvchilari Diyora Abduvaliyeva boshchiligida 9-may--"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Xotira hiyoboniga hamda Shon-shuhrat muzeyiga tashrif buyurdilar. Ekskursiya davomida o‘quvchilar 2-jahon urushi yillari, urush qatnashchilari, ularning Vatan uchun mardonov jasorati haqida batafsil ma‘lumot olib qaytdilar.
#NamMQI_AL
#Strategiya_2030

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi guruh sardorlariga "O‘ZEKISTON STRATEGIYASI 2030" mavzusida seminar darsi tashkil etildi.

Tarix fani o‘qituvchisi, to‘garak rahbari R.Qaxxarov strategiyada ko‘rsatilgan ijtimoiy sohaga oid barcha ma‘lumotlarni berdi.

Akademik litseyda bunday seminar darslari guruhlar kesimida davom etadi.
#NamMQI_AL
#Test

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida bitiruvchi kurslar uchun test sinovi o‘tkazildi.

Bu test sinovini o‘tkazishdan maqsad, o‘quvchilar o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarga qay darajada bilim egallaganligi va saralash imtihonlariga ko‘nikma hosil qilishi edi. O‘ylaymizki maqsadimizga erishdik.

Akademik litsey va Agentlik hamkorligi davom etadi.
#NamMQI_AL
#Yutuqlarimiz

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyining "Xorijiy filologiya" yo‘nalishi, 210-guruh o‘quvchisi Jo‘rayeva Mohlaroy muddatidan oldin ikki nufuzli oliygohning talabasi bo‘ldi!

Mohlaroy Buyuk Britaniyaning nufuzli oliygohlaridan BRITISH MANAGEMENT UNIVERSITY IN TASHKENT hamda WEBSTER UNIVERSITY IN TASHKENT oliygohlariga hujjat topshirib yuqori natijalar ko'rsatib, ustozlari bergan bilimni oqladi.

Mohlaroyning fan ustozlari hamda guruh rahbari Nargiza Jakbarovaga chuqur  minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz!
#NAMMQI_AL
#Yutuqlarimiz

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Aniq fanlar" kafedrasi mudirasi, 206-guruh rahbari NARGIZA HUSANOVAning bir guruh o‘quvchilari yana yutuqlarga erishdi.

Aniq fanlar "Iqtisod" yo‘nalishida ta‘lim olib kelayotgan 206-guruh o‘quvchilar ingliz tili fanidan til bilish sertifikatlarini, ya‘ni, Milliy sertifikatlarni yana bir bora qo‘lga kiritdilar. Bu yutuqlarning sababchisi ISMOILOVA MUBORAKXON ISRAILOVNA dir. Ustozning mehnatlari besamar ketmadi. O‘quvchilar olgan bilimlarini oqladilar.

Bu yutuqlar ortida turgan barcha ustozlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
#NAMMQI_AL
#Yutuqlarimiz

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Aniq fanlar" (iqtisod) yo‘nalishi 206-guruh o‘quvchilari Xamidov Ahmadjon hamda Ergashev Nodirbeklar nafaqat guruhning balki, akademik litseyning eng namunali, odobli, izlanuvchan o‘quvchilardan biridir.

Bu ikki o‘quvchi ham oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishdilar. Bu yutuqlarda albatta ustozlari Nargiza Husanova, Muborak Ismoilova hamda Malika Arslanovalarning mehnati, o‘rni beqiyosdir. Ustozlarga minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.
#NAMMQI_AL
#Yutuqlarimiz

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi mudirasi NARGIZA JAKBAROVAning shogirdlari, 210-guruh o‘quvchilari ham Ingliz tilini bilish bo‘yicha Milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar.

O‘quvchilarning bu yutuqlarida fan o‘qituvchilari Muattar Satimbayeva hamda Gulshoda Bozarovalarning mehnati beqiyosdir.

Yutuqqa erishgan barcha o‘quvchilarning oliy ta‘lim muassasalariga o‘qishga kirishlarida omad tilab qolamiz.
#NAMMQI_AL
#Test

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi bitiruvchi kurs o‘quvcilariga o‘zlari tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu test sinovlarini o‘tkazishdan maqsad bitiruvchilarimiz qay darajada bilib egallaganligi va o‘zlari istagan oliygohlarga tayyorligini aniqlash edi. O‘ylaymizki maqsadimiz amalga oshdi.

Test jarayonidan lavhalar.
#NAMMQI_AL
#Yotoqxona

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "O‘quvchilar turar joyi"da ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quv yili davomida o‘zining namunali xulqi, odob-axloqi qolaversa yashash xonasini ozoda va shinam tutgan yoshlar munosib taqdirlandi.

"O‘quvchilar turar joyi"da faoliyat olib borayotgan tarbiyachi hamda nazoratchilar faoliyati ham o‘rganilib, akademik litsey direktorining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
#NAMMQI_AL
#YUTUQLARIMIZ

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyining yana bir guruh o‘quvchilari yutuqqa erishdilar.

"Ijtimoiy-gumanitar" (filologiya) yo‘nalishi, 209-guruh o‘quvchilari Rus tilini bilish darajasi bo‘yicha Milliy sertifikatga ega bo‘ldilar.

O‘quvchilarning bu yutuqlarida "Tillar kafedrasi" mudirasi, rus tili fani o‘qituvchisi Volida Dadaboyevaning mehnati beqiyos.

Usozning faoliyatiga hamda shogirdlarining keyingi o‘qishlariga omad tilab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz bu o‘quvchilarimiz ingliz tili fanini bilish sertifikatlarni ham avvalroq qo‘lga kiritganlar. Har uch qizimizda ham asosiy fan (rusva ingliz tili)lardan Milliy sertifikatlari mavjud.
#NAMMQI_AL
#Yutuqlarimiz

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Ijtimoiy-gumanitar" kafedrasi mudirasi NARGIZA JAKBAROVANING o‘quvchilaridan yana biri 210-guruh o‘quvchisi Turg‘unov Bobur muddatdan oldin BRITISH MANAGEMENT UNIVERSITY IN TASHKENT talabasi bo‘ldi.

Boburning o‘qishiga omad tilab, barcha ustozlariga minnatdorchilik bildirib qolamiz!
#NAMMQI_AL
#Yutuqlarimiz

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Aniq fanlar" yo‘nalishi 2-bosqich 204-206-guruh o‘quvchilari matematika fanini hamda ingliz tilini bilish bo‘yicha Milliy va IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdilar.

Ushbu o‘quvchilarimizning ustozlari Muborakxon Ismailova, Nargiza Husanova, Asliddin Bahriddinovlarga minnatdorchilik bildirib, bunday shogirdlar yutug‘i bardavom bo‘lishini istab qolamiz.

Ma‘lumot uchun 206-guruh o‘quvchisi Xamidov Ahmadjon Ingliz tilidan ham Milliy sertifikatni qo‘lga kiritgan edi.
#NAMMQI_AL
#So‘nggi_qo‘ng‘iroq

Bugun Respublikamizning barcha hududlaridagi akademik litseylarida o‘quv yili yakunlandi. Jumladan Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida ham o‘quv jarayonlari yakunlandi.

Shu munosabat bilan ertalab tonggi saflanish tashkil etildi va o‘quv yilida odob-axloqi, o‘qishi, jamoatchiligi bilan namuna bo‘lgan 1-bosqich o‘quvchilar taqdirlandi.

So‘zga chiqqan direktor o‘rinbosari, kafedra mudirlari hamda fan o‘qituvchilari bitiruvchilar oldida turgan Davlat imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib olishini bildirib, kelgusi mustaqil hayotida zafarlar yor bo‘lishini tiladilar.

2-bosqich o‘quvchilari so‘z olib, 2 yillik o‘quv maskan hayoti haqida gapirib, barcha ustozlariga minnatdorchilik bildirdilar va 1-bosqich o‘quvchilari so‘nggi qo‘ng‘iroq ostida bitiruvchilarni oxirgi darsga kuzatdilar.
#NamMQI_AL
#O‘quv_seminar

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida guruh rahbarlar uchun Davlat mustaqilligining 33 yilligini va "Bilimlar kuni"ni keng nishonlash hamda "Mustaqillik darsi"ni sifatli tashkil etish yuzasidan o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.

Seminarni litsey direktorining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.Yuldasheva ochib, barchani Mustaqilligimizning 33 yilligi hamda "Bilimlar kuni" bayrami bilan tabrikladi.

Akademik litsey tarix fani o‘qituvchisi R.Qaxxarov, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari M.Sulaymonova hamda M.Isaqovalar o‘zlarining tajribalaridan kelib chiqib, yangi va yosh guruh rahbarlarga darsni sifatli, qiziqarli tashkil etish metodikalarini o‘rgatdilar.

Ushbu amaliy seminarda o‘quv yili davomida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilanib, amaliy seminar yakuniga yetdi.