Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NamMQI_AL
#21_oktyabr
Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!
Milliy qadriyatlarimiz va davlatchilik timsoli bo‘lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo‘qotmasin.
21-oktabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Tilimizni asraylik!

#NAMMQI_AL
#21_oktyabr_2
Til millat ko‘zgusi!
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida 21-oktyabr O‘zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kun erta tongda o‘qituvchi va o‘quvchilarni kutib olishdan boshlandi.
Akademik litsey faollari o‘zbek tiliga Davlat maqomi berilgan kunning 35 yilligini munosib qarshi oldilar. Erta tongda o‘zbek tilini madh etuvchi qo‘shiqlar, she‘rlar aytish orqali barcha ustozlarga a‘lo kayfiyat ulashdi.
Akademik litseyda "Til millat ko‘zgusi" shiori ostidagi tadbirlar davom etmoqda.

#21-oktyabr_4
Bugun akademik litsey faollar zalida o‘zbek va rus filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari boshchiligida "Ijtimoiy-gumanitar" (filologiya) yo‘nalishida ta‘lim olayotgan o‘quvchilar ishtirokida "Qadring baland bo‘lsin ona tilim" nomli ma‘naviyat-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek tiliga Davlat maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she‘r, qo‘shiq, qiziqarli ma‘lumotlar hamda raqslar orqali barchaga a‘lo kayfiyat ulashdi.
So‘z olgan o‘zbek va rus filologiyasi kafedra mudiri V.Dadaboyeva barchani bayram bilan qutlab, o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar faoliyatiga zafar tiladi.
Tadbir so‘nggida litsey qizlari hamda o‘g‘il bolalar o‘rtasida she‘r aytishuvi tadbirga yanada zavq berdi. Akademik litseyda bu kabi tadbirlar davom etadi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#NAMMQI_AL
#Ijodkor_o‘quvchi
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Xorijiy filologiya" yo‘nalishi 2-bosqich 210-guruh o‘quvchisi Toshpo‘latova Muazzam ijodidan.

#Test_jarayoni
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash maqsadida har oyda ikki marotaba ma‘muriyat tomonidan nazorat testi olinadi.
Ushbu test natijasiga ko‘ra o‘qituvchilarning faoliyatiga ham baho beriladi.
Qisqa vaqt oralig‘ida eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar va ularga ta‘lim bergan ustozi bilan ham tanishasiz.
Test jarayonidan fotolavhalar.!

#Psixologik_trening
Joriy yilning 24- oktabr kuni Akademik litsey psixologi Turdaliyeva Elvira tomonidan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 25 sentabrdagi 3/15-4/1-8343-son xati ijrosini ta'minlash maqsadida
2 - bosqich oʻquvchilaridan depressiyani aniqlash uchun "Sung" soʻrovnomasi va nevrasteniyani aniqlashning ekspress shkalasi so‘rovnomalari olindi. Soʻrovnoma natijasiga koʻra guruhda ajralib qolgan, korreksiyaga muhtoj boʻlgan oʻquvchilar roʻyxati shakllantiriladi.
Undan tashqari fanga oid savol-javoblar o'tkazildi va to'g'ri javob bergan o'quvchiga sovg'alar berildi.
Dars yakunida "Olma-olcha" mashqi bajarildi, maqsad diqqat va eshitish reaksiyasiga kirishish jarayonini rivojlantirish, ijobiy kayfiyatni shakllantirish.

#Ochiq_muloqot
Bugun Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi direktori R.Gulamov 1-bosqichda ta‘lim olayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdi va yaqindan muloqot qildi.
Ushbu uchrashuvdan maqsad o‘qituvchilarning faoliyatini o‘quvchilar orqali ham o‘rganish, o‘quvchilarni qiynayotgan muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan ba‘zi kamchiliklar, dars jarayoni, baholashdagi shaffoflik, "O‘quvchilar turar joyi"dagi shart-sharoitlar haqida yaqindan suhbatlashdi.
O‘quvchilar bu yerda ta‘lim olayotganidan hursandligi, ko‘p ustozlarning faoliyatidan mamnunligini bildirib davra suhbatiga yakun yasadi. Akademik litsey direktorining bu kabi davra suhbatlari davom etmoqda.

#Sertifikat
Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyida 450 nafardan ortiq o‘quvchilarga 50 nafarga yaqin pedagoglar ta‘lim va tarbiya berib kelmoqda. 2023-2024-o‘quv yilida litsey bitiruvchilarning 98% dan ortig‘i oliy ta‘lim muassasalari talabasiga aylandi. Buning siri o‘z fanini yuksak darajada bilgan, tajribali hamda fidoiy ustozlar mehnatidadir. Shunday ustozlardan biri, tarix fani o‘qituvchisi R.Kaxxarovdir. O‘z fanni bilish darajasi 100% ni tashkil qilgan ushbu pedagog eng yuqori ko‘rsatkich bilan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdi. Ustozning keyingi faoliyatiga zafarlar tilab qolamiz.

Namangan muhandislik-qurilish instituti akademik litseyi "Aniq fanlar" kafedrasining ikki nafar matematika fani o‘qituvchilari Karimov Ulug‘bek hamda Abdupattayev Rustamjonlar ham fanini bilish darajasi bo‘yicha eng yuqori ball bilan milliy sertifikatni qo‘lga kiritdilar. Bilimli va salohiyatli har ikki uztozlarning faoliyatiga omad tilab qolamiz.