NamMQI rektori
957 subscribers
15.5K photos
722 videos
17 files
960 links
Наманган муҳандислик-қурилиш институти ректори Эргашев Шарифжон Тўланович
Download Telegram
Bitiruvchilar o‘rtasida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "NamMQI olimpiadasi" OTM bosqichi o‘tkazildi

Ushbu bosqichni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev ochib berdi va ishtirokchilarning har biri bilan alohida muloqot o‘tkazib, ularga muvaffaqiyat tiladi.

Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Diyorbek Akbaraliyev o‘quvchilarni olimpiada nizomi bilan tanishtirib, jarayon haqida kerakli tushunchalar berdi.

Olimpiada yakunida Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Ahliyor Mirodullayev 1-o‘rin, Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Saidkamol Avliyayev 2-o‘rin, Namangan shahridagi 7-maktab o‘quvchisi Mubosher Abduxalilov 3-o‘rinni egallab, institutning axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishiga imtiyoz bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Institut vakillari Toshkentdagi Gʻalaba bogʻi va “Shon-sharaf” muzeyida boʻldi

Institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligida bir guruh talabalar Xotira va qadrlash kuni arafasida Toshkentdagi Gʻalaba bogʻi va “Shon-sharaf” muzeyida boʻldi.

Talabalarga poytaxtda qad rostlagan ushbu bogʻ va muzey haqida batafsil maʼlumot berildi. Ular bu yerda namoyish etilayotgan harbiy qurol-aslahalar, xotira lavhalarini koʻzdan kechirdi.

Urush yillarining suronli haqiqatini oʻzida aks ettirgan bogʻ va muzey talabalarda katta taassurot qoldirdi.

NamMQI media markazi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NamMQI media markazidan qisqa video: Institut vakillari Toshkentdagi Gʻalaba bogʻi va “Shon-sharaf” muzeyida boʻldi.