NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
921 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
▫️Matbuot anjumanidan▫️

🔷 Yer uchastkalarini xisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bu avvalom bor yer uchastkalarini ulardan foydalanishni muhofaza qilish yer munosabatlarini tartibga solish hamda aholini yerga bo‘lgan huquqlarini davlat tomonidan ximoyaga olinishi asosiy yo‘nalishlaridan xisoblanadi.
O‘bekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 2022 yil 1 yanvar holatiga jami 44 mln.892 ming 400 gektarni , shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4 miln 331 ming 700 gektarni tashkil qiladi. Ya’ni Resublikamizdagi jami yerlardan bor yo‘g‘i 9.7 foiz sug‘oriladigan yerlar tashkil etadi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️OAV biza haqimizda▫️

🇺🇿 “O'zbekiston24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi orqali Davlat kadastrlari palatasining "Yer hisobini raqamli iqtisodiyotga joriy etish jarayonlari" mavzusida o'tgan matbuot anjumani haqida reportaj efirga uzatildi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Matbuot_anjumani

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasida "Joriy yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar" mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda boshqarma boshlig‘i Xodjiyev Azim Avazovich jurnalistlar va blogerlarga Yer va kadastr sohasida bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

🔹Boshqarma boshlig‘i Yer xususidaqi qonun buzilishlar haqida xisobot berar ekan, u o‘z so‘zida, “Kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish barchamizning burchimiz hisoblanadi”, - deya ta’kidladi.

🔹Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlarning bergan savollariga boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshliqlari tomonidan javoblar berildi.

🔹Bugungi kundagi yerga oid qonunchilikni viloyatimiz aholisiga doimiy yetkazib borish, keng jamoatchilikka tushuntirish va targ‘ibot ishlari yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Matbuot_anjumani

Azim Xodjiyev: "Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi, uning tuman va shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi va ushbu yer uchastkalarida o‘zboshimchalik bilan imorat qurilishiga oid 1057 ta holatda 490 gektar qonunbuzilish holatlari aniqlandi"

Qonunbuzilish holatlari tahlil qilinganda ulardan:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 389 ta holatda 454 gektar;

🔹aholi punktlari yerlarda 286 ta holatda 5 gektar;

🔹sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 231 ta holatda 2.25 gektar;

🔹tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan
yerlarda 1 ta holatda 0.04 gektar;

🔹tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda 4 ta holatda 0.62 gektar;

🔹o‘rmon fondi yerlarda 15 ta holatda 4 gektar;

🔹suv fondi yerlarda 36 ta holatda 7 gektar;
zaxira yerlarda 95 ta holatda 17 gektarni tashkil etadi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Matbuot_anjumani

Azim Xodjiyev: Aniqlangan yer qonun buzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha 157 ta holatda 49.72 gektar yer maydonidagi o‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarda qurilgan qurilishlarni buzdirish bo‘yicha sudlarga kiritilgan daʼvo arizalariga asosan 36 ta holatda 1.63 gektar sudning hal qiluv qarori (noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha) qabul qilindi, 12 ta holatdagi 2.0 gektar rad etildi, qolgan 110 ta holatda 46,09 gektar maydonda sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi o‘rtasida “Yerlardan maqsadli foydalanish hamda davlat kadastrlarini yuritish sohasida qonuniylikni taʼminlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida” tasdiqlangan tartibga asosan 15.92 gektar maydondagi 12 ta qonunbuzilish holatlari prokuratura organlariga yuborildi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Matbuot_anjumani

ОАВ биз ҳақимизда

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи Ходжиев Азим Авазовичнинг оммавий ахборот воситалари вакиллари учун “Жорий йилнинг 9 ойи давомида амалга оширилган ишлар ва келгусидаги режалар” мавзусида ўтказилган Матбуот анжумани Наманган телерадиокомпаниясининг “Ҳафтанома” дастурида ёритилди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#Kadastr #Matbuot_anjumani

ОАВ биз ҳақимизда

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи вазифасини бажарувчи Ходжиев Азим Авазовичнинг оммавий ахборот воситалари вакиллари учун “Жорий йилнинг 9 ойи давомида амалга оширилган ишлар ва келгусидаги режалар” мавзусида ўтказилган Матбуот анжумани "Наманганская правда" газетасининг жорий йил 21 октябрьдаги № 42-сонида “Окунуться в мир землеустройства” сарлавҳали мақолада ёритилди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#kadastr_live #matbuot_anjumani

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "Yerlarni hisobga olish va yuritishda kadastr organlarining roli” mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

Matbuot anjumani tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram     🌐 Instagram      🌐YouTube    🌐  Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Matbuot_anjumani

"Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида"ги Қонун мазмун-моҳияти юзасидан Матбуот анжумани бўлиб ўтди

🔹 Бугун АОКАда Кадастр агентлиги директор ўринбосари Мирсаид Мирмақсудов, Агентлик бошқарма бошлиғи ўринбосари Зафар Раҳимов, Давлат кадастрлари палатаси бошқарма бошлиғи Санжар Абдураззоқов иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида «Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида»ги Қонун мазмун-моҳияти ҳақида маълумот берилди:

«Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш тўғрисида»ги Қонуннинг қабул қилиниши кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхати соҳасидаги муносабатларини тартибга солиш ва бу билан мулкдорларнинг ҳуқуқларини давлат томонидан кафолатлаш ва ҳимоя қилишни қонун даражасида амалга оширишдан иборат бўлиб, унда кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш соҳасига оид асосий тушунчалар, ваколатли органлар, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш, маълумотларни тақдим этиш тартиби, ҳуқуқ белгиловчи ҳужжатлар ва хусусиятлари, рўйхатдан ўтказувчилар мақоми, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишни ташкил этиш, низоларни судгача ҳал этиш, жавобгарлик мезонлари ёритилган.

🔹 Мазкур қонун 10 та боб, 74 та моддадан иборат бўлиб, қонунда қуйидагилар кўзда тутилган.

🔹Kўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш соҳасидаги мавжуд тартиботлар, ҳуқуқни белгиловчи ҳужжатлар, жараёнларнинг хусусиятлари умумлаштирилиб, кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқлар давлат реестри, рўйхатдан ўтказиш ишини ва бизнес жараёнларни электрон шаклда ахборот тизимлари орқали юритишга урғу берган ҳолда, ягона тўғридан тўғри амал қилувчи нормалар шаклига келтирилди.

🔹 Қонун 1) ер участкалари, 2) бинолар, иншоотлар, шу жумладан қурилиши тугалланмаган объектлар, 3) кўп йиллик дов-дарахтлар ҳамда 4) мулкий комплекс сифатида бутун корхоналарга нисбатан қўлланилиб, ер қаърига нисбатан татбиқ этилмайди. (1-модда)

🔹 Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишнинг асосий принциплари: 1) қонунийлик; 2) кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишнинг мажбурийлиги; 3) давлат рўйхатидан ўтказилган кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларнинг устуворлиги; 4) кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқлар тўғрисидаги ахборотнинг очиқлиги; 5) таққосланувчанлик ва мувофиқлик.(4-модда)

🔹Ушбу принциплардан келиб чиқиб, Давлат рўйхатидан ўтказиладиган ҳуқуқ ва чекловларнинг аниқ рўйхати белгиланмоқда. (10-модда) мулк ҳуқуқи; доимий эгалик қилиш ҳуқуқи; доимий фойдаланиш ҳуқуқи; мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи; ижара ҳуқуқи; иккиламчи ижара ҳуқуқи; хўжалик юритиш ҳуқуқи; оператив бошқариш ҳуқуқи; кўчмас мулкни ишончли бошқариш ҳуқуқи; бепул фойдаланиш ҳуқуқи; рента; ипотека; сервитут.

🔹 Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказишда юзага келган низоларни судгача ҳал этиш мақсадида комиссия ва Апелляция комиссиялари ташкил этилмоқда. Ушбу комиссиялар рўйхатдан ўтказишни бекор қилиши мумкин бўлади. (12-модда)

🔹Алоҳида 5-боб билан реестрни электрон шаклда давлат тилида юритиш, унга киритиладиган маълумотлар, реестрнинг сақланиши, реестрга киритиладиган тузатишлар, реестрдан маълумотларни ва кўчирмани бериш белгиланади. (23–29-моддалар)

🔹 Бир қатор қонун ҳужжатларидаги тегишли нормаларни тизимлаштириш мақсадида кўчмас мулкка бўлган ҳар бир ҳуқуқни давлат рўйхатидан ўтказиш учун асос бўладиган 60 дан зиёд ҳуқуқ белгиловчи ҳужжатларнинг аниқ рўйхати кўрсатилмоқда.

🔹Бугунги кундаги ер участкаларини хусусийлаштириш жараёни бошланганлиги муносабати билан хусусийлаштирилган ер участкасига бўлган ҳуқуқнинг бошқа шахсга ўтиши алоҳида 33-моддада белгиланмоқда. Бунда ер участкасига бўлган мулк ҳуқуқини тасарруф қилишнинг турли ҳолатлари, жумладан, сотиш, ҳадя қилиш, мерос, устав фондига киритиш, устав фондидаги улушини қайтариб бериш мумкин бўлади.

Қонун 2023 йил 1 мартдан кучга киради.
⚜️Davlat kadastrlari palatasining matbuot anjumani⚜️

⚡️ Ayni dam, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida "Davlat kadastrlari palatasining 2022-yilda amalga oshirgan ishlari va istiqboldagi rejalari" mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

🔹Matbuot anjumanidan jonli efirni quyidagi havola orqali tomosha qiling:
👉https://youtu.be/6G9XrYI4d3s

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani #DIQQAT_ELON

DIQQAT E'LON
!
HURMATLI OAV VAKILLARI!

🔹Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 10:00 da Namangan shahri, Marg'ilon ko'chasi, viloyat Elektr tarmoqlari AJ binosining majlislar zalida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🔹 Mavzu: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kadastr sohasini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlar uchun koʼrsatilayotgan kadastr xizmatini yanada takomillashtirish uchun joriy yilning oʼtgan davrida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini Ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikni  xabardor qilish haqida.

🔹 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gapparov Qodirxon Sattarovich.

🔹 Ushbu Matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#matbuot_anjumani

DIQQAT E'LON
!
HURMATLI OAV VAKILLARI!

🔹Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🔹 Manzil: Viloyat Elektr tarmoqlari AJ majlislar zalida.

🔹 Mavzu: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kadastr sohasini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlar uchun koʼrsatilayotgan kadastr xizmatini yanada takomillashtirish uchun joriy yilning oʼtgan davrida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini Ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikni  xabardor qilish haqida.

🔹 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gapparov Qodirxon Sattarovich.

🔹 Ushbu Matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#matbuot_anjumani

Matbuot anjumani: qonunchilikdagi yangiliklar

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining joriy yilning 22-avgust kunida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, 25-avgust kunidagi VM-424-son hamda 29-avgust kunidagi VM-426-son Qarorlari mazmun-mohiyati, yer nazorati va e-auksoin haqida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda “Yangi O‘zbekiston”, “Xalq so‘zi” Respublika gazetalari, Namangan televideniyasi, “Namangan haqiqati”, “Наманганская правда” gazetalari, UzA muxbiri, ,“Namangan 24” va boshqa Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.

🔹Matbuot anjumanda yig‘ilgan Ommaviy axborot vositalari hamda blogerlarga yuqorida keltirilgan qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar, qiziqtirgan savollariga masʼullar tomonidan javoblar berildi.

🔹Tadbir so‘ngida Kadastr sohasining zamonaviy o‘lchov vositalari ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🟢🟢🟢🟢 🎤🎤🎤🎤


🟢 Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida  🌟Kadastr agentligi, 💫Davlat kadastrlari palatasi hamda ⭐️Respublika aerogeodeziya markazi mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

➡️Mavzu: "Kadastr agentligi tizimida  2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi"

📲Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning YouTube va Facebookdagi sahifalari  orqali JONLI tomosha qiling.

⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

👍 Jonli efirni tomosha qilish

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 🎤🎤🎤🎤

🏛Ko'chmas mulk obyektlarini birma-bir identifikatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o'tkazish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani #infografika

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024-yilning 6 oyi davomida aerosuratlar asosida Qashqadaryo viloyatida 24 ming kv.km, Andijon viloyatida 4 ming 300 kv.km, Navoiy viloyatida 4 ming kv.km va Farg‘ona viloyatida 3 ming 200 kv.km Namangan viloyatida 2 ming 800 kv.km jami 38 ming 300 kv.km maydonda raqamli ortofotoplanlar yaratildi.

🗺 Yaratilgan ortofotoplanlar Mudofaa maqsadlarida, Favqulodda vaziyatlarni baholash, Topografik va qishloq xo‘jaligi hamda boshqa turdagi xaritalarini yaratish va yangilashda, Hududlarning o‘zgarishini kartografik monitoringini yuritishda, Davlat kadastrlari ma’lumotlarini yangilash ishlari uchun kartografik asos hisoblanadi.

⭐️Respublika aerogeodeziya markazi direktori-Akmal Omonov

#ayni_damda #matbuot_anjumani

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

DIQQAT E'LON
!
HURMATLI OAV VAKILLARI!

🔹Joriy yilning 30-iyul kuni soat 10:00 da Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarining matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🔹 Manzil: Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi majlislar zalida.

🔹 Mavzu: Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan joriy yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar haqida.

🔹 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Tursunbayev Muzaffar Akramjon o'g'li.

🔹 Ushbu Matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif qilamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Matbuot_anjumani

🆕 Matbuot anjumani. Yutuqlar, muammolar va rejalar.

✔️ Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bohodirovich va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Tursunbaevlarning “Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan joriy yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar haqida” – mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

✔️ Unda Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilhomjon Raxmatov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Namangan viloyati boshqarmasi vakili hamda Namangan teleradiokompaniyasi, “Namangan haqiqati”, “Namanganskaya pravda”, O‘ZA muxbirlari va erkin jurnalistlar qatnashdilar.

✔️ Matbuot anjumanida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida boshqarmaning Ma’muriy amaliyot bo‘limi boshlig‘i N.Almanov, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari haqida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov, yerlarni shaffof tarzda “E-auksion” plotformasiga joylashtirish. Faktlar va raqamlar haqida bo‘lim boshlig‘i U.Muxitdinovlarning ma’ruzalari tinglandi.

✔️ Shudan so‘ng boshqarma rahbarlari va mutaxassislar OAV vakillarning 20 dan ortiq savollariga javob berdilar. Matbuot anjumani savol javoblarga boy, qiziqarli bo‘ldi.

✔️ Tadbir so‘ngida OAV vakillari kadastr tizimida ishlatilayotgan axborot tizimlari bilan yaqindan tanishtirildi.
Kadastrchilar soha yangiliklarini aholi va tadbirkorlar yetkazishda OAV vakillari bilan hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM