NAMANGAN KADASTR
938 subscribers
9K photos
844 videos
9 files
3.95K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Navro_z #2022 #Bahor #Tabrik

Kadastr agentligi Navroʻz ayyomi bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Tabrik

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi!

Telegram Instagram Facebook
#Tabrik

Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi!

Telegram Instagram Facebook
🇺🇿 Qadrli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!

🇺🇿
Taraqqiy etib borayotgan zamonaviy dunyoda axborot deb atalmish bir kuchli qurol borki, bu tushunchasiz insoniyat na oʼtmishini, na bugunini va na kelajagini tasavvur qila oladi. Аyniqsa, hozirgi globallashuv jarayoni tobora kuchayib borayotgan fuqarolik hamjamiyatida birgina soʼzning inson hayotida naqadar ulkan taʼsir kuchiga ega ekanligining guvohi boʼlib turibmiz. Mana shunday shiddatli axborot ummonida tezkor tahlil, chuqur mushohada, kuchli zehn va xolis tanqidiy yondashuv orqali dunyoni anglashimizda, zamon bilan hamnafas boʼlishimizda siz - soha vakillarining xizmatlari beqiyosdir.
📹✏️27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni barchangizga muborak boʼlsin! Atrofimizdagi voqea-hodisalarni sogʼlom idrok bilan tahlil qila olishiga yaqindan koʼmaklashishdek masʼuliyatli va sharafli vazifani ado etishdagi jonkuyarligingiz doimo eʼtiborimizda. Jurnalistika deb atalmish mashaqqatli yoʼlda yurtimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz rivoji uchun qoʼshayotgan hissangiz va beminnat xizmatingiz uchun chuqur minnatdorligimni izhor etgan holda burchingiz va maqsadingiz yoʼlida shijoat bilan olgʼa qadam bosishingizga, sohani yuksak marralarga olib chiqish yoʼlidagi ijodiy loyihalaringizni amalga oshirishdagi saʼy-harakatlaringizga ulkan zafarlar tilab qolaman!

Hurmat bilan,

Davlat kadastrlari palatasi raisi
Mohir Valiyev

#DavKadastrPalata #OAV_xodimlari_kuni #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Qadrli yurtdoshlar va soha xodimlari!

🌙 Eng muqaddas kunlardan hisoblanmish Iyd al Adha - Qurbon hayiti barchamizga muborak bo'lsin.

Mazkur qutlug' ayyom - insonlar orasida o'zaro bag'rikenglik, hurmat-e'tibor, mehr-oqibat, shafoat tushunchalarining mustahkam qaror topishidagi o'rni beqiyosdir. Shukrona kunlarda xonadoningizdan tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizni qut-baraka aslo arimasin. Sizga va oilangizga sihat-salomatlik, totuvlik, oilaviy xotirjamlik va fayz-u barokat tilayman!

💐Ayyom muborak, aziz yurtdoshim!

Davlat kadastrlari palatasi raisi
Mohir Valiyev

#DavKadastrPalata #qurbon_hayiti #tabrik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#tabrik

🇺🇿Bugun kadastr sohasida o‘z o‘rniga ega, minglab shogirdlarga ustozlik qilgan va kuni kecha Toshkent axborot texnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Davlat tashkilotlarining arxiv faoliyatini axborot-hujjatli va metrologik taʼminlash usullari, modellari va algoritmlari” mavzusi bo‘yicha texnika fanlari doktori (dsc) dissertatsiyasini himoya qilgan ustozimiz Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari – “Geoinnovatsiya markazi” DUK direktori Abdullayev Abdushukur Hamidovichni tavallud topgan kunlari.

💐Shu munosabat bilan Kadastr agentligi oilasi va barcha tizim tashkilot xodimlarimiz nomidan ustozni muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog'lik tilaymiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligining Metodologiya boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Nishanov Bexzod Yusufovich tayinlandi.

🔠Bexzod Nishanov shu kunga qadar ushbu boshqarmaning boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi B.Nishanovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligining Yuridik boshqarmasi boshlig’i lavozimiga Amirqulov Djamshid Djumayevich tayinlandi.

🔠Djamshid Amirqulov shu kunga qadar Yuridik boshqarmaning bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi Dj.Amirqulovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚜️Aziz vatandoshlar va hamkasblar!

🇺🇿Barchangizni jamiyatimizning huquqiy jihatdan asosiy mezoni bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi bilan tabriklayman!
Yuksak faxr bilan e’tirof etish mumkinki, davlatimizda hozirgi kunda har jabhada ro‘y berayotgan faol o‘zgarishlar zamirida konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan me’yorlar majmui yotadi. Konstitutsiya xalqning madaniyati, davlatchiligi va milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettirgan mustahkam himoya qalqonidir.

🇺🇿 Vatanimiz taraqqiyoti va qonunlarimiz ustuvorligi yo‘lida mehnat qilayotgan hamkasblarimizning sohalarda xodimlarning va fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz. Barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, kelajakdagi rejalariga esa muvaffaqiyat va omadlar tilayman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi
Moxir Valiyev

#DavKadastrPalata #tabrik #Konstitutsiyaga_30_yil

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tabrik

⭐️Kadastr agentligi nomidan barcha kasbdoshlarimizni, yurtdoshlarimizni va Respublikamiz mehmonlarini kirib kelayotgan 2023-yil bilan samimiy tabriklayman.

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonidan 2023-yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb e'lon qilgani mamlakatimiz uchun siyosiy, iqtisodiy, madaniy va maʼnaviy tiklanish jarayonlarida muhim bosqich ekanligi va xalqimizga bo'lgan e'tiborning yana bir isbotidir. Prezidentimiz tomonidan xalqning farovonligi, muammolarini o‘z vaqtida samarali hal etish, aholi turmush darajasi hamda sifatini oshirish asosiy maqsad etib belgilandi.

Ortda qolgan yil boshqa sohalar qatori Kadastr sohasi uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi, deyish uchun barcha asoslar yetarli. O'tayotgan har bir daqiqada qo‘yilgan rejalarni tizimli ravishda amalga oshirish uchun xodimlarimiz bir yoqadan bosh chiqarib birga harakat qilishdi, ijobiy izlanishlar qilishdi. Shunday ekan, boshlanayotgan yangi yilda faoliyatimiz xayrli va muvaffaqiyatli bo‘lsin. Yaratgandan barchangizga salomatlik, oilalaringizga fayzu-baraka tilab qolaman!
Bugungi yorqin, bayramona Yangi yil shukuhi sizga doimo hamroh bo‘lsin!

🎄Yangi 2023-yilingiz bilan, aziz vatandoshlar!🎄

Hurmat bilan,
Farrux Pulatov
🌟Kadastr agentligi direktori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

💐TABRIKNOMA💐

Assalomu aleykum, aziz hamyurtlar, qadrli hamkasblar!

🔵 Sizlarni va sizlar orqali oila a'zolaringiz va yaqinlaringizni, e’tiqodi mustahkam otaxon-onaxonlarimizni, aka-uka, opa-singillarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

🔵 Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

🇺🇿 Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin!

🔵 Aziz hamkasblar! Sizlarni yurtga boʻlgan muhabbat va kasbga sadoqat tuygʻulari hech qachon tark etmasin. Ezgu intilish va ishlarimizda Alloh taolo hamisha madadkor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon
Pazilov
#tabrik

💐TABRIKNOMA💐

Assalomu alaykum Hurmatli hamkasblar!

🟢 Barchalaringizni bugungi qalbimizga shodlik, dasturxonlarga baraka, oilamizga tinchlik neʼmatlarini olib keluvchi Iydi Ramazon hayiti bayrami muborak bo‘lsin!

🟢 Orzu-niyatlarimiz ijobat bo‘ladigan shu kunlarda, hammalaringizga Yaratgan buyuk zot sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, dasturxonlaringizga to‘kin-sochinlik bersin!

🟢 Hammamizni rizqimizning kelishiga sabab bo‘layotgan kadastr sohamiz yanada rivojlansin! xalqimizga Yurtimizga xizmat qilishimizda zafarlar yor bo‘lsin!

🟢 Azizlar iydi Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

Davlat kadastrlari palatasining
Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov.
#tabrik

TABRIKNOMA

Bugun Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Pazilov Bahromjon Bohodirovichning tavallud kuni.

Hurmatli Bahromjon Bohodirovich!

💐Sizni bugungi tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

💐Ushbu saodatli kunda Yaratgandan Sizga sihat salomatlik, uzoq va sermazmun umr, xonadoningizga tinchlik totuvlik va barcha boshlagan xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Baxt va omad yor bo‘lsin!

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #mustaqillik_bayrami #32_yil #tabrik

💐🌟Kadastr agentligi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni  Mustaqilligimizning
32 yilligi bilan muborakbod etadi.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo va xalqimiz omon bo‘lishini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿 VATANIMIZ DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGANLIGINING 32 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_kuni #tabrik #kadastr

🌍22 aprel – Butunjahon Yer kuni

TABRIKNOMA

Hurmatli hamyurtlar, aziz hamkasblar!

🔹Bugun 22 aprel – Butunjahon Yer kuni bayramini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayram Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan, va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab  nishonlanmoqda.

🔹Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yilning 22- aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashdan maqsadi, sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzod va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishdir.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_kuni #soha_a_lochisi #tabrik

MUKOFOT MUBORAK!

🌍Bugun Kadastr agentligi direktori F.J.Pulatov boshchiliklarida 22 aprel – “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kadastr sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan xodimlar sohaning “Soha aʼlochisi” va “Soha iftixori” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🔹Taqdirlanganlar qatorida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yetakchi inspektori Jobirxon Maxmudov ham “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli hodisa bo‘ldi.

🔹Biz ham ko‘p sonli hamkasblari nomidan Jobirxon Maxmudovni sohaning yuksak mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz. Sihat salomatlik, faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Mukofot muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#tabrik

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli hamyurtlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🇺🇿Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

🇺🇿Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni  muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev