NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #geoinnovatsiya #dron_shou

Кеча Тошкент шаҳрида 2 июль – Ўзбекистон Республикаси Давлат герби қабул қилинган кунга бағишланган «Дрон» шоу ўтказилди.

Унда Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги "Геоинновация маркази" давлат унитар корхонасининг 500 та дрони ёрдамида самода турли шакллар яратилди.

Дрон шоу юртдошларимизга байрам кайфиятини улашди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #BACKSTAGE

⚡️Bugun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida Soliq, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish sohalarining ilmiy ishlanma va innovatsion mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Ushbu tadbirda Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari - "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi rahbari Abdushukur Abdullayev ham ishtirok etdilar.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GEOINNOVATSIYA #DRON_SHOU

🇺🇿Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "MAGIC CITY" da DRON SHOU bo'lib o'tdi!

📹Jarayon qanday bo'lganini videorolikni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

💐Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

⚡️Saratovda dronlar shousi bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi boshqa davlatlarda ham dronlar shousini o'tkazishni boshladi. Joriy yilning 3-sentabr kuni Saratovdagi Volga daryosi ustiga 400 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkazildi.

🔰Shou yerning birinchi kosmonavti Yuriy Gagarin xotirasiga bag'ishlandi.

🪐Tomoshabinlar sayyoralararo bo'shliqlarni zabt etuvchi quyosh tizimi, "Vostok" kosmik kemasi yodgorligi timsollarini dronlar yog'dusi orqali ko'rishdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Geoinnovatsiya #foydali

🇺🇿 O‘zbekistonda dronlardan foydalanish bo‘yicha yangi qoida joriy qilindi.

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi Transport vaziri buyrug‘iga asosan 🛸dronlar parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatorida ushbu apparatni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qo‘llanma bo‘lishi shart.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

👌 Hozirgi vaqtda butun Dunyo nigohi qaratilgan Samarqandda DRONLAR SHOUsi bo'lib o'tdi.

🫥 Xabaringiz bor 16–20-oktabr kunlari Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari 18-oktabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Samarqand tumani hududida joylashgan Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi» da o'tkazilayotgan madaniy tadbirlar davomida🌟 Kadastr agentligining Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda "DRONLAR SHOU"si boʻlib oʻtdi.

💥Ushbu dronlar shousini shahrimiz aholisi va Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etayotgan barcha mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou #samarkand

⚡️XVI VERONA EVROOSIYO IQTISODIY FORUMIDA DRONLAR SHOUSI O'TKAZILDI.⚡️

⚜️Joriy yilning 2-3 noyabr kunlari Samarqand viloyatining Samarqand shahrida joylashgan “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning “Evroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Evroosiyo iqtisodiy forumi o'tkazildi.

📃Mazkur forum biznesni rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lib, tadbirkorlar o'rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

🔰O'nlab mamlakatlardan mingga yaqin ishtirokchi, xususan, O'zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish va o'zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o'rnatishdan manfaatdor italiyalik yirik tadbirkorlar delegatsiyalari uchun "Geoinnovatsiya markazi" DUKning malakali mutaxassislari tomonidan DRONLAR SHOUSI o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt
#Dron_shou #Geoinnovatsiya

Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" doirasida bayramona dron-shou bo‘lib o‘tdi

🔹Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” va Namangan viloyat hokimligi hamkorligida "Gullar festivali" doirasida tashkil etilgan tomoshada 500 ta dron ishtirokida navbatdagi shou bo‘lib o‘tdi.

🔹Ular yordamida 6 ta shakl hosil qilindi. O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i, Yangi O‘zbekiston monumenti, "So‘ngi qo‘ng‘iroq qo‘ng‘iroqchasi" hamda "Oq yo‘l bitiruvchi", "Talabalik oltin davrim" va "We love Uzbekistan" shakllari Namangan osmonida yaratildi.

🔹Soat 20:20 atrofida boshlangan shou 10 daqiqa davom etdi. Dron-shouni Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkiga to‘plangan minglab tomoshabinlar bevosita kuzatib bordilar.

🔹Dron shouga tayyorgarlik jarayonida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari amaliy yordam berdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dron_shou #Geoinnovatsiya #OAV_biz_haqimizda

Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" doirasida bo'lib o'tgan dron-shou tafsilotlari

🔹Kadastr agentligining “
Geoinnovatsiya markazi” va Namangan viloyat hokimligi hamkorligida "Gullar festivali" doirasida tashkil etilgan dron-shou "Milliy" telekanalining "Millar" dasturi nigohida.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook