NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
​​#davlat_tili #tilga_e'tibor

❗️❗️❗️KADASTR AGENTLIGIDA DAVLAT TILIGA E’TIBOR.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoniga asosan Kadastr agentligi tizimida ish yuritish to‘liq lotin alifbosida asoslangan o‘zbek tilida olib borishga o‘tilmoqda.
Bunda har bir xodimning bilim va ko‘nikmasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifa hisoblanishini inobatga olib, Kadastr agentligida Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.

📝 Хodimlar katta bo'lmagan guruhlarga bo‘lingan holda o‘quv holda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib o‘zbek adabiy tili me’yorlari, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi, davlat tilida ish yuritish asoslari, rasmiy hujjatlar va ularni yozish bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlari, ko‘nikma va mahoratlarini oshirishmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!!!

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Namangan #seminar #davlat_tili

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqramasi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida boshqarmaning bo‘lim boshliqlari va hujjatlar bilan ishlashga masʼul mutaxassislari ishtirokida Davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq ish yuritish” bo‘yicha o‘quv-seminari bo‘lib oʼtdi.
O‘quv seminari davomida agentlikning viloyat boshqarmasidan mas’ul F.Nurmirzayev, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi I.Sarimsaqov tomonidan seminar ishtirokchilariga O‘zbek tili yozuvining tarixi, O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqesini tubdan oshirish bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risida, shuningdek, hujjatlarni rasmiylashtirishda qo‘yiladigan talablar hamda Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida ish yuritish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llash masalasida maʼruzalar qilindi hamda kiril va lotin alifbosidagi o‘zgarishlar bo‘yicha qoidalar tushuntirib o‘tildi.

Matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Markaziy_apparati #Davlat_tili #Ona_tilim_faxrim

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN ONA TILIM!

21 oktabr O'zbek
tili Davlat tili deb e'lon qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi barcha hamyurtlarimizni muborakbod etadi.
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #davlat_tili

21-oktabr O'zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun.

Gullasin Vatanim, yashnasin elim,
Baxt-u saodatdan yayrasin dilim,
Armoni yo‘q inson bo‘lay dunyoda,
Dilim quvonchini so‘ylasin tilim.

Ona tilim obro‘sin ko‘taray ko‘kka,
Men ham intilaman doim yuksakka,
Vatanga muhabbat tilga sadoqat,
Har kimni yetkazar ezgu tilakka.

Kadastr agentligi jamoasi O'zbek ahlini bayram bilan muborakbod etadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook