NAMANGAN KADASTR
934 subscribers
8.99K photos
844 videos
9 files
3.94K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon #hayit_bayrami #islom #kadastr

Qadrli yurtdoshlar!

🌙Barchamizga musulmon ahlining muqaddas bayrami Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Ushbu bayramning shukuhi xonadoningizda abadiy qolsin. Oilangiz tinch, dasturxoningiz to‘kin-sochin bo‘lsin. Sizni aʼlo kayfiyat va mustahkam sog‘liq hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan, Kadastr agentligi jamoasi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Tabrik

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi!

Telegram Instagram Facebook
#Tabrik

Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi!

Telegram Instagram Facebook
Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Sizlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Iyd al-Fitr-Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

🌙 Bu qutlug‘ bayramda hammamizni avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtdoshlarimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

🌙 O‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashashga barcha imkoniyatlar yaratilgan Davlatimizda – yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan asosiy hissamizdir.

Zamin uzra ushbu muqaddas ayyomni tantana qiladigan barcha mo‘min musulmonlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklaymiz. Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
📧SAVOL: Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Ko‘p qavatli uylarga tutash yerlarni temir panjaralar bilan у́rab olish qonuniy xisoblanadimi?

🧾JAVOB: Ko‘p qavatli uylardagi yerlar umumiy foydalanish yerlari bo‘lib ushbu yer maydonlari hukumat qarorlari va boshqa qonunchiliklar asosida ko‘p qavatli xonadonlardagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar tasarrufiga aholi roziligi bilan beriladi. Har qanday o‘zgarish va qayta qurishlar Vazirlar Mahkamasining 370-son qarori talablari asosida Arxitektorlar tomonidan tasdiqlangan loyihaga ko‘ra amalga oshiriladi. Siz yuqorida qayd etgan temir panjaralar loyihaga ko‘ra o‘rnatilgan taqdirda belgilangan qonunchiliklar asosida rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ўзбекистон ва Тожикистон Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Етакчилар муқаддас Рамазон ҳайити билан бир-бирини самимий қутлаб, мамлакатларимизнинг биродар халқларига тинчлик-осойишталик, бахт-саодат, фаровонлик ва равнақ тиладилар.
Ўзбекистон ва Тожикистон ўртасидаги дўстлик, яхши қўшничилик ва стратегик шериклик муносабатларини янада мустаҳкамлашнинг долзарб масалалари кўриб чиқилди.

Президенты Узбекистана и Таджикистана провели телефонный разговор.
Лидеры обменялись теплыми поздравлениями в связи со священным праздником Рамазан хайит, искренне пожелав братским народам наших стран мира, счастья, благополучия и процветания.
Рассмотрены актуальные вопросы дальнейшего укрепления узбекско-таджикских отношений дружбы, добрососедства и стратегического партнерства.

#Mirziyoyev #muloqot #Tojikiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
КУН ТАРИХИ: 5 МАЙ САНАСИ БИЛАН БОҒЛИҚ МУҲИМ ВОҚЕАЛАР

🙏 Ассалому алайкум!

🗓 Бугун - 2022 йил 5 май, пайшанба куни.

Қуйида ушбу сана билан боғлиқ муҳим воқеалар, байрамлар, шахслар ҳақидаги айрим тарихий маълумотлар билан танишасиз:

🔹 5 май - Халқаро миқёсда ногиронлиги бўлган инсонлар ҳуқуқи ҳимояси учун кураш куни;
Бутун дунё миқёсида Халқаро доялар куни;
Япония ва Жанубий Корея давлатларида Болалар куни;
Туркияда Навбаҳорни кутиб олиш байрами нишонланади.

🔹 1818 (вафоти 1883) йил - дунё танийдиган назариётчи олим Карл Маркс таваллуд топган.

🔹 1821 йил - француз давлат арбоби Наполеон Бонапарт вафот этган. У 1769 йилда туғилганди, Бонапарт ҳақида 10 мингдан зиёд китоб ёзилган.

🔹 1912 йил - Швеция пойтахти Стокгольм шаҳрида V ёзги Олимпия ўйинлари бошланган эди.

🔹 1912 йил - кўпчиликнинг ёдидан ўрин олган, айтгани-айтган, дегани-деган бўлган нашр - “Правда” газетаси чоп этила бошлаган.

🔹 1916 (вафоти 2002) йил - Ўзбекистон санъат арбоби, давлатимиз мадҳиясининг басталовчиси, таниқли композитор Мутал Бурхонов туғилган.

🔹 1918 (вафоти 2005) йил - академик Матёқуб Қўшчонов оламга келган.

🔹 1921 йил - аёллар беҳад эъзозлайдиган хушбўй атир - “Шанель №5” чиққан.

🔹 1949 йил - Европа Кенгаши ташкил этилган.

🔹 1994 йил - юртимизда “Ўзбекистон Қаҳрамони” унвони ва “Олтин юлдуз” медали, “Мустақиллик”, “Дўстлик” орденлари, “Жасорат”, “Шуҳрат” медаллари таъсис этилган.

🔹 2000 йил - "I Love You" компьютер вируси жаҳон иқтисодиётига 10 миллиард долларлик зиён етказишга улгурган.

Матбуот хизмати.
▫️Adliya loyihasi ▫️

🔘 Davlat boshqaruv organlarida korrupsion sxemalarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi. Muhokama davom etmoda.

🔘 Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentiligi bilan hamkorlikda davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirishga oid Prezident qarori loyihasini tayyorladi.

🔘 Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Siz ham unda ishtirok eting!

#DavKadastrPalata #jamoatchilik_fiki #regulation

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
📩 Бугун вазирлик, идора ва ташкилотларга мурожаат қилиш ёки бирор муаммо ҳақида хабар бериш учун унинг жойлашган манзилига бориш, қабулга ёзилиш шарт эмас! Бунинг учун вазирлик ва идораларда ишонч телефонлари ва алоқа ботлари ташкил қилинган.

☑️Расмий хабарлар канали томонидан обуначиларнинг мурожаатларидан келиб чиқиб, барча вазирлик ва идораларнинг мавжуд ишонч телефони ва алоқа ботлари ҳақидаги маълумотлар тўпланди.

‼️Қуйида рўйхат билан танишиб, мурожаатингизни йўллашингиз мумкин!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Korrupsiya - taraqqiyot dushmani!▪️

💠 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy matbuot xizmatlari korrupsiyani oldini olishga qaratilgan choralar qatorida huquqiy bilim beruvch, mulohazaga chorlovchi ijod namunalarini yaratishda davom etmoqda.

🎞Tadbirkorlikning asosi halollikka qurilsa u bardavom bo‘ladi! - DKP matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikda ana shu fikr olg'a surilgan.

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Flower_Fest_Namangan_2022
GULLAR DIYORIGA XUSH KELIBSIZ!

22 - maydan 5 - iyunga qadar davom etadigan 61-Xalqaro Gullar festivali Sizni chorlaydi!

Obuna bo'ling👉 @aokanamangan
#Kadastr #brifing

📢 06-may, juma kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan yer va kadastr nazorati tadbirlari

● Vaqti: 16:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Ижтимоий_сўровнома

🔹Namangan shahri aholisi va tadbirkorlari o‘rtasida “Kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun qayerga murojaat qilish kerak?” degan savol bilan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnomadan videolavha.

Matbuot xizmat.
Telegram Instagram Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing

Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan yer va kadastr nazorati tadbirlari bo‘yicha Agentlikning axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov ma'lumot berdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Manzillar yagona reestrini shakllantirish▫️

💠 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

💠 Navbatdagi yig‘ilishda “Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 1010-son qarorining mazmun va mohiyati yig‘ilganlarga yana bir bor tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️

🌐 Namangan viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha?

Nanamgan viloyatining umumiy maydoni — 743.3 ming gektar

1. Kosonsoy tumani — 50.5 ming gektar
2. Mingbuloq tumani — 56.3 ming gektar
3. Namangan tumani — 23.9 ming gektar
4. Norin tumani — 21.1 ming gektar
5. Pop tumani — 305.2 ming gektar
6. To‘raqo‘rg‘on tumani — 30.6 ming gektar
7. Uychi tumani — 30.7 ming gektar
8. Uchqo‘qg‘on tumani — 29.9 ming gektar
9. Chortoq tumani — 36.9 ming gektar
10.Chust tumani — 91.9 ming gektar
11.Yangiqo‘rg‘on tumani — 48.3 ming gektar
12.Namangan shahri — 17.9 ming gektar

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube