NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿Yurt obodligi hashar bilan🇺🇿

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalar ularning tuman-shahar bo‘limlari hamda filiallarining 450 nafardan ortiq xodimlari 30-aprel "Umumxalq xayriya hashari" da faol qatnashmoqdalar.

🔹Hozirgacha joylarda jami 3500 kv.metr gulxonalar o‘tlardan tozalanib, chopib, tartibga keltirildi, 250 metrdan ortiq ariqlar tozalandi, 850 tup gul ko‘chatlari ekildi, binolarda 120 kv.metr oynalar yuvildi va ish joylari tartibga keltirildi. To‘raqo‘rg‘on va Chortoq tumanlarida yangi qurilayotgan binolarda ham ishlar qizg‘in ketmoqda.

🔹Ushbu xayriya hasharida Namanganlik barcha kadastr tizimi xodimlari hamjihatlikda, ko‘tarinki kayfiyatda qatnashib Yurtimiz obodligiga o‘zlaring kamtarona hissalarini qo‘shish niyatidalar.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида

Ўзбекистон Республикаси Президентининг қ а р о р и


📍 http://uza.uz/posts/369140

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 25-29 aprel kunlarida jami 2 421 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 31
▫️Andijon viloyati - 115
▫️Buxoro viloyati - 206
▫️Samarqand viloyati - 30
▫️Sirdaryo viloyati - 60
▫️Surxondaryo viloyati - 231
▫️Qashqadaryo viloyati - 147
▫️Toshkent shahar - 533
▫️Toshkent viloyati - 417
▫️Navoiy viloyati - 28
▫️Namangan viloyati - 135
▫️Xorazm viloyati - 135
▫️Jizzax viloyati - 203
▫️ Farg‘ona viloyati - 110
◽️Davlat kadastrlari palatasi -40

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon #hayit_bayrami #islom #kadastr

Qadrli yurtdoshlar!

🌙Barchamizga musulmon ahlining muqaddas bayrami Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Ushbu bayramning shukuhi xonadoningizda abadiy qolsin. Oilangiz tinch, dasturxoningiz to‘kin-sochin bo‘lsin. Sizni aʼlo kayfiyat va mustahkam sog‘liq hech qachon tark etmasin.

Hurmat bilan, Kadastr agentligi jamoasi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Tabrik

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi!

Telegram Instagram Facebook
#Tabrik

Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni Ramazon Hayiti bilan tabriklaydi!

Telegram Instagram Facebook
Aziz yurtdoshlar!

🇺🇿 Sizlarni, butun xalqimizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Iyd al-Fitr-Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz.

🌙 Bu qutlug‘ bayramda hammamizni avvalo shunday fayzli va barokatli kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtdoshlarimizning shu muborak oyda qilgan ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin!

🌙 O‘z diniy qadriyatlarimizni ulug‘lab, e’zozlab yashashga barcha imkoniyatlar yaratilgan Davlatimizda – yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shadigan asosiy hissamizdir.

Zamin uzra ushbu muqaddas ayyomni tantana qiladigan barcha mo‘min musulmonlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor tabriklaymiz. Vatanimiz, xonadonlarimizda tinchlik, ahillik, fayzu baraka bardavom bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
📧SAVOL: Assalomu alaykum. Savolim bor edi. Ko‘p qavatli uylarga tutash yerlarni temir panjaralar bilan у́rab olish qonuniy xisoblanadimi?

🧾JAVOB: Ko‘p qavatli uylardagi yerlar umumiy foydalanish yerlari bo‘lib ushbu yer maydonlari hukumat qarorlari va boshqa qonunchiliklar asosida ko‘p qavatli xonadonlardagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar tasarrufiga aholi roziligi bilan beriladi. Har qanday o‘zgarish va qayta qurishlar Vazirlar Mahkamasining 370-son qarori talablari asosida Arxitektorlar tomonidan tasdiqlangan loyihaga ko‘ra amalga oshiriladi. Siz yuqorida qayd etgan temir panjaralar loyihaga ko‘ra o‘rnatilgan taqdirda belgilangan qonunchiliklar asosida rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube