NAMANGAN KADASTR
983 subscribers
9.52K photos
892 videos
9 files
4.1K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

Farg‘ona viloyati boshqarmasi Buvayda tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida «Ponsod» MFY da fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 35 kv.m yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Olib borilgan tushuntirishlar hamda yozma ko‘rsatmadan so‘ng yer maydon fuqaro tomonidan bartaraf etildi.

Andijon viloyati Shahrixon tumani inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlarida “Tumor” MFY hududida fuqaro tomonidan 300,0 kv.metr yer maydonni o‘zboshimchalik bilan egallab olib noqonuniy ravishda qurilish ishlari olib borilganligi holati aniqlandi. Shundan so‘ng yer qonunbuzarlikni sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi hamda uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o‘zida bartaraf etildi.

Namangan viloyati Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida “Namangan” massivi hududida“Gultepa oltin balig‘i” xususiy korxonasi tomonidan o‘ziga ajratilgan yerga tutash bo‘lgan davlat zaxirasidagi va boshqa xususiy korxonaga qarashli jami 0,7 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash orqali noqonuniy bino va baliq yetishtirish uchun beton to‘siqli sun’iy hovuzlar tashkil qilib olganligi aniqlandi. Oqibatda tuproq unumdorligi jihatidan 68 bonitetga teng sug‘oriladigan ekin yer maydoniga 68 mln. so‘mdan ziyod moddiy zarar keltirilgan. Ushbu holat yuzasidan tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan vakolat doirasida choralar ko‘rilib, to‘plangan ish hujjatlari huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida "G‘ovshun" MFY hududida olib borilgan nazorat tadbirlari davomida fuqaro tomonidan M-37 magistral yo‘lining muhofaza zonasida 30 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy qurilmalar qurganligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani ixtiyoriy buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 33 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TANLOV EʼLON QILINADI!

Kadastr agentligi  Davlat kadastrlari palatasining Eng faol va ilg'or hududiy boshqarmasiga OVOZ BERING!

Eng koʻp ovoz toʻplagan hududiy boshqarmalar mustaqillik bayrami arafasida “ENG FAOL VA ILGʻOR HUDUDIY BOSHQARMA - 2024” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlanadi. 

Soʻrovnoma 2024-yil 25-avgust soat 23:00 ga qadar davom etadi.

Quyida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari:

OVOZ BERING!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Arxiv

Namangan viloyatida “Namunali arxiv” faoliyati


💫 Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan “2024-yil Davlat kadastrlari palatasida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔼 Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024-yil 29-mart kuni tasdiqlangan “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi doirasida 2024-yil davomida qayta jihozlanadigan tuman, shahar filiallar idoraviy arxivlarida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmaning To‘raqo‘rg‘on tuman filiali idoraviy arxivi tanlab olinib, qayta jihozlandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_angiliklar

❗️Bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida huquq e’tirof etilishi mumkin deb topilgan bo‘lsa mulk huquqi e’tirof etiladi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo‘lib o‘tdi

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati" da ishtirok etdilar.

🔹O'quv soatidan so‘ng yig‘ilishda so‘z olgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jonlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish,  korrupsiyaning oldini olish, yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida, o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lishi hamda o‘z ustida ishlashi, ko‘proq kitob o‘qishni targ‘ib qilishdan iborat ekanligini uqtirib o‘tdilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев Кўксарой қароргоҳида тор доирада учрашув ва Давлатлараро олий кенгашнинг биринчи мажлисини ўтказдилар.

В резиденции «Куксарой» Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёева и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев провели встречу в узком составе и первое заседание Высшего межгосударственного совета.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #muzokara

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X