#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Halollik — asosiy mezon
🌟 Kadastr agentligi va 💫 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning Norin tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazdilar.
🟢 Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazdi.
🟢 Bundan tashqari, kadastr sohasiga bevosita aloqador bo‘lgan yangi qonun - “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunda kadastr idoralarining o‘z vakolat doirasidagi bajaradigan ishlarini, ushbu qonun bilan ko‘chmas mulklarga huquq e’tirof etilishi jarayonida aynan bir tashkilotning xulosasi bilan hal bo‘lmasligini, hech bir xodim bu bo‘yicha va’da berishga huquqi yo‘qligi, bunda inson omili aralashmasligini inobatga olib ish yuritishlarini yana bir bor eslatib o‘tdi. Turli g‘arazli maqsadlarda kadastr xodimlarini yo‘ldan urishga urinadigan kimsalardan hushyorlikka chaqirdi.
🟢 Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning keyingi yillarda Xalqmizda kadastr idoralari haqida shakllanayotgan ijobiy fikrga o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va xolis yondashuvlari bilan munosib hissa qo‘shishlari lozimligi haqida gapirdi.
🟢 Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliglari, ularni murojaatlarini asossiz ravishda rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari lozimligi tushuntirildi.
🟢 Davra suhbati qiziqarli bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha yetarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Biz korrupsiyaga qarshimiz! Halollik — asosiy mezon
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.
📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
HUDUDLARDA YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILDI
#kadastr #seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar
#DavKadastrPalata #ochiq_muloqotlar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
Yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv-seminar
🟢 Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida, viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida o'quv seminar tashkil etildi.
🟢 Unda Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i B.Pazilov, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Tursunbayev, viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi N.Xabibullayev, boshqarmalarning bo‘lim boshliqlari hamda ZOOM platformasi orqali tuman va shahar filial rahbarlari, mutaxassislari qatnashdilar.
🟢 Seminarni Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i B.Pazilov ochib, so'zni viloyat Adliya boshqarmasi mas'ul xodimi N.Xabibullayevga berdi. U o'z so'zida Qonunning asosiy jihatlari, tartib-taomillari haqida batafsil ma'lumotlar berdi. Har bir tuman bo'yicha savollarga birma-bir javob berilib, o'rtaga tashlangan takliflarni o'rganib chiqish uchun inobatga olindi.
🟢 O‘tkazilgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar. Qonunni ijro qilish jarayonlarida Viloyat Adliya va Kadastr tizimi mas'ullari hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv-seminar
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🪙 Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:
🟢 Toshkent shahrida — BHMning 5 baravari miqdorida;
🟢 Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — BHMning 3 baravari miqdorida;
🟢 viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda — BHMning 2 baravari miqdorida;
🟢 boshqa aholi punktlarida — BHMning 1 baravari miqdorida.
❗️ Bir martalik to‘lovni to‘lashdan quyidagilar ozod etiladi:
🟢 bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yig‘imni to‘liq to‘lagan shaxslar;
🟢 I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
🟢 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik to‘lov belgilangan to‘lovning ellik foizi miqdorida undiriladi.
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM