NAMANGAN KADASTR
935 subscribers
9.33K photos
869 videos
9 files
4.02K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#FlowerFestNamangan #flower_fest_63 #маънавиятвамаърифат

🇺🇿 Xalq bilan, Yurt bilan hamnafas - kadastrchilar

🌹Namanganda har yili anʼanaviy o‘tkaziladigan 63-xalqaro gullar festivali tantanalari boshlandi.
Gullar shahri Namanganda go‘zallik va nafosat, qadriyat va muhabbat ramzi sanalgan gullarga alohida mehr qo‘yilgan. Har bir ko‘cha, xiyobon, tashkilot atrofi, xonadonlargacha chamanzor gulga burkangan.

🌹Taʼkidlash joizki, Namangan shahrida ilk bor gul ko‘rgazmasi 1961-yil tashkil etilib, u bayram sifatida anʼanaga aylandi. Keyingi uch yil ichida bog‘, gulchilik, gullar festivali misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.

🌹Gullar bayrami Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘idagi tashabbusi bilan 2018-yildan eʼtiboran “festival” maqomiga ega bo‘ldi va xalqaro miqyosda o‘tkazila boshlandi. Gul sayillariga qo‘shni davlatlar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, qolaversa Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Xitoy, Koreya, Pokiston, Turkiya, Hindiston kabi 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurdi va bu kabi mehmonlar oqimi davom etmoqda.

🌹Xalqaro gullar festivali tantanalari Namangan xalqaro aeroporti hududidan gullar avtoparadi bilan boshlandi. Unda davlatimiz bayrog‘i bilan bezatilgan anvoyi gullarga burkangan 200 dan ortiq transport vositalaridan iborat mashinalar karvoni tadbirni boshlab berdi.

🌹Dunyoning manaman degan davlatlari parad orqali o‘z harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilayotgan bir davrda, bizning tinchliksevar O‘zbekistonimizda gullar paradi orqali go‘zallikni, tinchlikni butun jahonga tarannum qilinmoqda.

🌹Bayram tadbiriga yig‘ilganlar Bobur bog‘ida tashkilotlarning gullar ekspozitsiyalari, shahar va tumanlarning o‘ziga xos anʼanalarini o‘zida ifoda etuvchi turfa gul dekoratsiya va kompozitsiyalari bilan tanishib, estetik go‘zallikdan bahramand bo‘lmoqdalar.

🔵 Bu tadbirlarda xalq bilan, yurt bilan hamnafas ishlayotgan - Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari ham o‘zlarining chiroyli gullar kompozitsiyasi bilan qatnashib, o‘zlari uchun ajratilgan bog‘ning markaziy joyni turfa gullarga burkadilar.

🌹Yurtimizdagi gulchilik anʼanalarini, qolaversa, Namangan viloyati shahar tumanlarining sayyohlik salohiyatini oshirish hamda ichki va tashqi turizm rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan 63-anʼanaviy xalqaro gullar festivali tadbirlari 23-iyunga qadar davom etadi.

🌹Hurmatli hamkasblar! Barchangizni gullar festivaliga oila aʼzolaringiz bilan taklif etamiz! Bo‘sh vaqtingizni va mehnat taʼtilingizni Namanganda maroqli o‘tkazing!

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot.

YER KODEKSINI O'RGANAMIZ

5-modda. Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining
vakolatlariga kiradi:

🔹tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
🔹yer resurslaridan belgilangan maqsadda, oqilona va samarali foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
🔹yer tuzishni, yerlarning monitoringini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
🔹ko‘p kvartirali uylar joylashgan va ularga tutash yer uchastkalarini umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun ko‘p kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
🔹diplomatik vakolatxonalarga hamda ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarga ushbu vakolatxonalarning binolarini, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohini qurish uchun yer uchastkalarini mulk etib realizatsiya qilish;
🔹yerga egalik qilish va undan foydalanish huquqlarini belgilangan tartibda Yer Kodeksining 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
🔹jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;

Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining yer munosabatlari sohasidagi qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

⭐️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan maxsus dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

Tafsilotlar MY5 telekanalining 📺“Markaziy studiya” informatsion dasturi lavhasida.

🌟Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilda 308 ta holatda yerlarni noqonuniy egallab olish, 41 holatda noqonuniy qurilish qilish aniqlandi.

Batafsil "NAVOIYMTRK" telekanalining "Diyor24" dasturida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastrda_bunyodkorlik_ishlari

Yangi qurilayotgan zamonaviy kadastr binolari xalqimiz xizmatida

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimidagi 12 ta tuman kadastr filiallarida 2018-yilgacha atigi 2 ta tuman filiali o‘z binosiga ega bo‘lib, qolgan 10 ta tuman filiallarida esa moslashtirilgan hamda ijaradagi binolarda faoliyat olib borilgan.

🔹Xizmat ko‘rsatish ham shunga yarasha yozda issiq, qishda sovuq, xodimlar uchun ham murojaatchilarga ham noqulay binolardagi xonalarda xizmat ko‘rsatilar edi.

🔹Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan sohaga bo‘lgan e’tiborlari va 2022-yilning 20-oktabrida qabul qilgan PQ-405-sonli qarorlariga muvofiq 2023-2026 yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash dasturiga asosan Namangan viloyatida ham bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

🔹Hozirgacha To‘raqo‘rg‘on, Chortoq tuman filiallarida yangi binolar qurilib ishga tushirildi. Shu kunlarda Norin, Namangan va Kosonsoy tuman filiallarida zamonaviy loyihalar asosida qurilish va rekonstruksiya ishlari yakunlanish arafasida.

🔹Biz yangi qurilayotgan Namangan tumani filiali binosini qurilishi va pardozlash ishlari bilan tanishdik.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔴 Jonli efirda - Kadastr yangiliklari

🇺🇿Namangan teleradiokompaniyasi FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosining "So'ragan edingiz" loyihasida bugungi kunda yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔹Ushbu suhbatda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Ibrohim Usmonov yuqoridagi mavzu yuzasida savollarga jonli efirda javob berdi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🌟Kadastr agentligi tomonidan hududlarda olib borilayotgan kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🌍 Yer strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta'minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Qonunchilikda yerlarni o'zboshimchalik bilan egallaganlik, ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

➡️Mazkur video rolik orqali hududlarda kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan choralar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Nazorat tadbirlari davom etmoqda. Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi


🔹Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, undan unumli foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

🔹Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha ish olib bormoqdalar.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 75 marotaba uchishlar tashkil qilinib, Ishchi guruhlar tomonidan 398 ta holatda 27,8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.


🔹Ushbu aniqlangan qonunbuzilishlarning 391 ta holatda 10 gektari, aholi punkti yerlarida, 7 ta holatda esa 18 gektari qishloq xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan. Aniqlangan barcha qonun buzilishi holatlariga tegishli ma’muriy choralar ko‘rildi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook