NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Aholi murojaatlari doimiy e’tiborimizda

🔹Davlat kadastrlari palatasining Yangiqo‘rg‘on tuman filiali tomonidan tuman hokimligidan, tuman Xalq qabulxonasidan hamda bevosita filialga qabulga kelgan fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔹Filialga joriy yilning 4 oyida jami 211 ta murojaatlar kelib tushdi. Barcha murojaatlar rahbarlar va mutaxassislar tomonidan joylarga chiqib, xonadonlariga borilgan holda o‘rganildi. Ulardan 125 tasi yoki 60% ijobiy hal qilindi va 71 tasiga huquqiy tushuncha berildi hamda 15 ta murojaatni o‘rganish jarayoni davom etmoqda.

🔹Masalan, tumanning “Do‘stlik” MFY dan fuqaro Mirsaidova Muhabbat va “Nanay” MFY dan fuqaro Fozilov Ilhomlarining tuman Xalq qabulxonasiga kadastr masalasida qilgan murojaatlari hamkorlikda, Ishchi guruh tuzilgan holda joyida o‘rganilib, murojaatlarni ijobiy hal etish yuzasidan kerakli choralar ko‘rildi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Nazorat tadbirlari davom etmoqda


🔹Joriy yilning 1-may kunidan boshlab Namangan viloyatida kuchaytirilgan tartibda yer nazorati ishlari olib borilmoqda.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 75 marotaba uchishlar tashkil qilinib Ishchi guruhlar tomonidan 398 ta holatda 27,8 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

🔹Masalan, Norin tumani “Nurziyo” MFY hududida fuqaro E.A. tomonidan 300 kv.m. yer maydonini hech qanday hujjatlarisiz egallab olib devor bilan o‘rab olinganligi aniqlandi.

🔹Yana bir holatda “Otbozor” MFY hududida fuqaro I.S. tomonidan auksion savdolari orqali sotib olgan yer maydonidan 150 kv.m ortiqcha maydonni egallab olib, o‘zboshimchalik bilan beton poydevor quyish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

🔹Har ikki holat bo‘yicha MJtK 60-modda 3-qismi bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirildi hamda 15-kunda noqonuniy qurilmalarini bartaraf etish bo‘yicha yozma ogohlantirish berildi. Hozirda fuqarolar tomonidan ushbu holat o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf etildi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#OAV_biz_haqimizda #gazeta_sahifalarida

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Namangan tuman bo'limi yetakchi inspektori J.Asraqulovning "Yerdan noqonuniy foydalanmang" sarlavhali maqolasi tuman hokimligi ta'sisligida chop etiladigan"Istiqlol" gazetasining 23-maydagi 15-sonida chop etildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot

📋Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

👨‍💼Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

🔹 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

‼️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_targibot

❗️Qonunchilikka ko‘ra, o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi.

⚠️ Mazkur qoidadan istisnolar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi

🔹Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

🔹Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha 97 marotaba maxsus dronlar uchirilib, ular yordamida nazoratchilar tomonidan 490 ta holatda 60,9 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

🔹Viloyatning Norin tumani yer nazorati inspektorlarining bir kunlik ish faoliyatidan videolavhalarni ushbu videoda kuzatishingiz mumkin.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларимизга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soat - muhim tadbir


🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi boshlig‘i O‘.Qalandarova so‘zga chiqib, ichki mehnat tartib qoidalari va ishga vaqtida kelib ketish masalalariga to‘xtaldi.

🔹Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i, ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi I.Sarimsaqov va Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatovlar o‘z fikrlarini bildirdilar.

🔹Siyosiy-ma’rifat soati jonli va qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook