NAMANGAN KADASTR
1.12K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Savol_javob

САВОЛ: Тузилган ижара шартномасини Давлат рўйхатидан ўтказилиши учун қанча муддатга тузилган бўлиши керак?

ЖАВОБ: Бир йилдан ортиқ муддатга тузилган кўчмас мулк объектларини ижарага бериш шартномаси давлат рўйхатидан ўтказилади. Шартнома давлат рўйхатидан ўтказилган вақтдан эътиборан тузилган деб ҳисобланади ва кучга киради.

(Ўзб.Рес. Вазирлар Маҳкамасининг 02.09.2020 йилдаги 535-сонли қарори)

Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📹Bu savolga javobni videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazi ''Euronews'' nigohida

Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

⚡️Saratovda dronlar shousi bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi boshqa davlatlarda ham dronlar shousini o'tkazishni boshladi. Joriy yilning 3-sentabr kuni Saratovdagi Volga daryosi ustiga 400 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkazildi.

🔰Shou yerning birinchi kosmonavti Yuriy Gagarin xotirasiga bag'ishlandi.

🪐Tomoshabinlar sayyoralararo bo'shliqlarni zabt etuvchi quyosh tizimi, "Vostok" kosmik kemasi yodgorligi timsollarini dronlar yog'dusi orqali ko'rishdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#Namangan #Kadastr #Yer_nazorati

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan olib borilayotgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida joriy yilning o'tgan davri mobaynida 984 ta holatda 250 gektar yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olingani ma'lum bo'ldi va ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko'rildi.

Bu haqida batafsil ma'lumot infografikada.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Kadastr agentligi organlari tomonidan maʼmuriy amaliyot sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MAʼLUMOT

🔰Joriy yilning 8 oyi davomida Kadastr agentligi organlari tomonidan yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 24 973 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

📌Xususan:

💠ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 14 973 nafar shaxs;
💠yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 2 556 nafar shaxs;
💠o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 1 743 nafar shaxs;
💠tegishli ruxsat bo‘lmay, shuningdek tegishli organlarga bilan kelishmasdan turib obyektlar qurganlik uchun 5 470 nafar shaxs maʼmuriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Президент Фармонининг мазмуни ва моҳияти.

Жорий йилнинг 24 август санасида Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Мулк ҳуқуқининг дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилиш, мулкий муносабатларга асоссиз аралашувга йўл қўймаслик, хусусий мулкнинг капиталлашув даражасини ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-198-сон Фармони қабул қилинди.

Фармонга мувофиқ, 2022 йил 1 сентябрьдан эътиборан мулк дахлсизлиги муҳофазасини янада мустаҳкамлаш ҳамда хусусий мулкнинг капиталлашув даражасини оширишни назарда тутувчи бир қатор янги тартиблар жорий қилинди. Шу жумладан:
#Namangan #Kadastr #siyosiy_marifat_soati

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan fuqarolik xizmatchilari uchun haftaning har juma kuni tashkil etilayotgan o‘quv soatining bugungi sonida ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
▫️Davlat ro‘yxatidan o'tgan ▫️

🔘 Davlat kadastrlari palatasi hududlar bo‘yicha 2022 yil 31avgust - 8sentabr kunlaridagi ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan jami ma’lumotlarni taqdim etadi. Yuqorida ro‘yxatdan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📊 O'tgan vaqt oralig'ida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 2 819 tani tashkil etdi.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Кадастр агентлиги органлари давлат ер ва кадастр назоратини амалга оширишда ўзларига юкланган асосий вазифаларга мувофиқ қуйидаги функцияларни бажаради

🔹ерлардан мақсадли фойдаланиш бўйича давлат назоратини амалга оширади;

🔹ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказилишини таъминлашга қаратилган ер назоратини амалга оширади;

🔹ер участкаларини ўзбошимчалик билан эгаллаб олинишига йўл қўймасликка қаратилган самарали ер назоратини амалга оширади;

🔹ер участкаси чегараларини (чегара нуқталарини) ўзбошимчалик билан ўзгартиришга йўл қўймаслик чораларини кўради;

🔹аэрокосмик суратлар ва учувчисиз учиш аппаратларидан фойдаланган ҳолда ерларни масофадан туриб зондлашни, шунингдек, геодезик ўлчов ускуналари ёрдамида ерларни ўрганишни ташкил этади ва амалга оширади;

🔹кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқлар давлат рўйхатидан ўтказилишини таъминлашга қаратилган самарали кадастр назоратини ташкил этади ва амалга оширади;

🔹кадастр йиғмажилди (паспорти) белгиланган тартибда шакллантирилиши ва расмийлаштирилишини назорат қилади;

🔹давлат кадастрларини юритиш тартибларига риоя қилинишини назорат қилади.

Кадастр агентлиги органлари ўз ваколатлари доирасида қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ бошқа вазифа ва функцияларни ҳам амалга оширишлари мумкин.

Асос: Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 14 апрелдаги “Давлат ер ва кадастр назоратини амалга ошириш тартиби ҳамда давлат геодезия назоратини амалга ошириш тартиби тўғрисидаги низомларни тасдиқлаш ҳақида”ги 183-сон қарори.

Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Kelajakka yo‘l🔹

💠 Kadastr sohasida olib borilayotgan islohotlarga yurtdoshlarimiz qanday munosabat bildirmoqdalar? Sohaga islohotlar qanday joriy qilinmoqda?

💠 O‘zbekiston telekanalining “Kelajakka yo‘l” dasturida ushbu savollarga yurtimiz aholisi va Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari javob berishgan.

📹 Mazkur ko‘rsatuvni to‘liq ravishda 11-sentyabr kuni soat 20:20da takroriy beriladigan efir orqali tomosha qilishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda #kelajakka_yo_l

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
❗️Давлат ер назорати қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда қуйидаги асосларга кўра ўтказилади

🔹ер мониторинги жараёнида ер тўғрисидаги қонунчиликнинг бузилиши кузатилганда

🔹махсус автоматлаштирилган ахборот тизими орқали ҳамда аэрокосмик суратларни солиштириш йўли билан ер тўғрисидаги қонунчиликнинг бузилиши қайд этилганда

🔹жисмоний ёки юридик шахсларнинг ер тўғрисидаги қонунчилик бузилиши ҳолатлари тўғрисидаги асосланган мурожаатларига мувофиқ

🔹оммавий ахборот воситалари ёки бошқа ташқи манбаларда (ижтимоий тармоқлар ва веб-сайтларда) ерга оид ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги маълумотлар эълон қилинганда

🔹суд, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар, шунингдек, бошқа давлат органлари ва ташкилотлардан ерга оид ҳуқуқбузарликлар тўғрисида далолат берувчи ахборот тушганда.

Ерга оид ҳуқуқбузарликларни аниқлаш, ҳужжатлар тўпламини шакллантириш, уларни ўз вақтида ва объектив кўриб чиқиш мақсадида электрон ҳужжатлар алмашинуви «Е-YERNAZORAT» ААТдан фойдаланиб амалга оширилади.

Telegram Instagram Facebook
#Huquqiy_bilim

Ko‘chmas mulk obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo‘lishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjatdir.

⚜️Ko‘chmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar

🔹vujudga kelganda
🔹boshqa shaxsga o‘tganda
🔹cheklanganda
🔹bekor bo‘lganda
🔹ko‘chmas mulk obyektining huquqiy holati o‘zgarganda

Huquq vujudga kelgan kundan boshlab bir oy muddatda huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqlari haqidagi axborotning rasmiy manbasi bo‘lib, bu axborotning ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.

Telegram Instagram Facebook