NAMANGAN KADASTR
1.02K subscribers
9.86K photos
909 videos
9 files
4.2K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
😀😃😄😆😊

Bilishingiz
muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer nazorati

⚠️ Yer nazorati Uchqo‘rg‘onda qanday tashkil qilinmoqda.

✔️ Bugun Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishamiz. Xabaringiz bor Uchqo‘rg‘on tumani aholi zich joylashgan tumanlardan biri. Tumanda ayniqsa tuman markazida har qarich yer hisobda.

✔️ Shu sababli inspektorlari tadbirlarida asosiy eʼtiborni avtomobil yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlar va noqonuniy o‘rnatilgan savdo shoxobchalariga  qaratmoqdalar.

‼️ Birgina misol, kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida Uchqo‘rg‘on tumani “Ko‘prikboshi” MFY dagi Ko‘prikboshi ko‘chasi hududida quyidagilar aniqlandi:

-  Fuqaro t.A tomonidan serqatnov avtomobil yo‘lining muhofaza qismidagi 12 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan savdo do‘koni o‘rnatib olingan.

- Fuqaro H.G. shu ko‘chaning piyodalar yo‘lakchasida o‘zboshimchalik bilan 36 kv. metr yer maydonda savdo rastasi tashkil qilgan.

- Fuqaro A.I. shu ko‘chaning  muhofaza qismiga huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 24 kv. metr yer maydonga yopiq qurilma qurgan.

- Fuqaro Q.B. o‘zboshimchalik bilan ko‘chaning qatnov qismiga yaqin joyda 26 kv. metr yer maydonga savdo do‘koni qurib, egallab olgan.

 ‼️ Ularga Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan o‘zboshimchalik bilan, serqatnov avtomobil yo‘llarining muhofaza qismida savdo do‘konlari va savdo rastalari tashkil qilmaslikni deb so‘rab qolamiz.

✔️ Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

💎 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktyabrdagi 578-sonli qarori asosida Davlat kadastrlari palatasi tomonidan "Yer hisobot" ААT dasturi ishga tushirilgan bo'lib, hozirda viloyat kadastr tizimidagi hududiy filiallar yer hisobini yurituvchi mutaxassislari tomonidan yer fondi toifalari, turlari va ulardagi o‘zgarishlar, yer uchastkalarining o‘rni va maydonlari, shunga ko'ra, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida yerning taqsimlanishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar kiritish ishlari amalga oshirilmoqda.

💎 Ushbu axborot tizimiga maʼlumotlarni huquqiy hujjatlari asosida to‘g‘ri va sifatli kiritilishi bo‘yicha viloyatning hududiy filiallarida boshqarma Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i O.Usmanov va bosh mutaxassislari o‘rganishlar o‘tkazdilar va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdilar.

💎 Bundan tashqari, yer hisobotiga tegishli barcha maʼlumotlarni arxivlarda sifatli saqlash, "Uzkad" axborot tizimdagi yer balanschi rolidagi jarayonlarni muddatida ijrosini taʼminlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️ Sherbuloq massivida yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

✔️ Kadastr agentligining Namangan tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi:

✔️ Yaqinda tumanning “Sherbuloq” massivida davlat zaxirasida bo‘lgan 12 gektar yer maydonning 1,9 gektariga hozircha shaxsi aniqlanmagan fuqarolar tomonidan hech bir huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan hovli joylar uchun beton poydevorlar qurilgani va 0,48 gaktar yerni devor bilan o‘rab olingani aniqlangan va tegishli choralar ko‘rilgan edi.

‼️ Bugun Tuman kadastr bo‘limi va tuman IIB va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat tuman Ishchi guruhi tomonidan shu hududda Fuqaro A.U. tomonidan molxona binosi uchun 0,30 gektar yerni beton poydevorlar bilan o‘rab olingani aniqlandi. Fuqaroga bu ishning oqibatlari tushuntirlgandan so‘ng, u o‘z hisobidan yer o‘z holiga keltirdi. Fuqaroga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

✔️ Bizni kuzatib boring! Yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🔷 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning Namangan shahri aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

🔷 Vaqti: 25-iyul 2024-yil soat 10-00 da boshlanadi.

🔷 Manzili: Namangan shahri Chamanzor MFY binosida.

🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🆕 NTV da kadastr xizmati yangiliklari?

 
💎 Bugun Namangan viloyati teleradiokompaniyasi jurnalistlarining

 - Xabarimiz bor so‘ngi vaqtlarda yer nazorati masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Shu yo‘nalishda Namangan tumanida  joriy yilning 1- yarim yilligida qanday ishlar amalga oshirildi?

-  Yer resurlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish masalalarida viloyatimizda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

💎 Kabi savollarga Kadastr agentligi Namangan tumani yer nazorati bo‘limi boshlig‘i N.Toshpo‘latov va Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Matbuot kotibi Sh.Toshtemirovlar jonli efirda javob berdilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ Yer nazorati To‘raqo‘rg‘onda qanday tashkil qilinmoqda.

🔼 Bugun Kadastr agentligi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishamiz. Xabaringiz bor To‘raqo‘rg‘on tumani aholisi zich, yer resurslari chegaralangan  tumanlardan biri. Tuman aholi punktlarida yerning har qarichi hisobda.

🔼 Shu sababli inspektorlari tadbirlarida asosiy eʼtiborni avtomobil yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlar va noqonuniy o‘rnatilgan savdo shoxobchalariga  qaratmoqdalar.

⁉️ Masalan, shu kunlarda, kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida To‘raqo‘rg‘on tumani hududida quyidagilar aniqlandi:

- Tumanning “Oltin vodiy” massivi “Saroy” MFY ni hududida fuqaro t.A tomonidan yo‘lining muhofaza qismida 90 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan beton poydevor qurgan.  

- Fuqaro H.G. shu ko‘chaning piyodalar yo‘lakchasida o‘zboshimchalik bilan 120 kv. metr yer maydonda savdo rastasi tashkil qilgan.

- Tumanning “Gulqishloq” MFY ni hududida, fuqaro N.A.tomonidan o‘zboshimchalik bilan ko‘chaning piyodalar yo‘lagini 24 kv. metrini egallab yengil tipda savdo do‘koni qo‘yib olgan.  

- Fuqaro t.U. tomonidan shu MFY ni hududida o‘zboshimchalik bilan 60 kv. metr yer maydonini egallab yengil tipda qurilma qurib olingan.  

‼️ Ushbu fuqarolarga Kadastr agentligi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etishga kirishdilar va yo‘lni ochib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminlamoqdalar.  Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

 ‼️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan o‘zboshimchalik bilan, serqatnov avtomobil yo‘llarining muhofaza qismida savdo do‘konlari va savdo rastalari tashkil qilmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

 ‼️ Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM