NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.7K photos
903 videos
9 files
4.14K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Forwarded from NAMANGAN KADASTR
#kadastr_xizmati

Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalaning!

Xizmat turi:
Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

Bu qanday ishlaydi?

🔹Ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi (obyektni kadastr raqamini kiritiladi hamda arifmetik amal javobini yozib, tekshirish tugmasi bosiladi).

🔹Xizmatdan foydalanuvchilar - jismoniy va yuridik shaxslar;
🔹Xizmatni ko'rsatish muddati - avtomatik tarzda;
🔹Xizmat narxi - bepul;
🔹Xizmatni ko'rsatish uchun kerak bo'ladigan hujjatlar - talab etilmaydi.

👉Xizmatdan onlayn foydalanish👈

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

📰 Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida soʻz yuki, masʼuliyati mujassam. Bugun mana shu fazilatlarni o‘zining hayotiy va kasbiy aqidasiga aylantirgan soha vakillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha ijod ahlini samimiy muborakbod etamiz.💐

📝 Oʻtkir qalami va qudratli soʻzi bilan matbuotimiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, xalqimiz dardu tashvishlarini xolisona yoritishni oʻzlarining sharafli va muqaddas burchi, deb bilgan soha vakillarining mehnatini har qancha eʼtirof etsak arziydi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb egalarini bayram bilan samimiy tabriklab barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaydi.

#Kadastr_agentligi #Bayram_tabrigi #27_iyun

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢Bugun 2-iyul 🅰 O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.

📄“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🅰 O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g'o'zа shoxlаri vа bаrglаri, tog'lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog'ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.

#Kadastr_agentligi #davlat_ramzi #gerb

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish o‘ta muhim jarayon

🔹Avval xabar berganimizdek Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazilgan va unda kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab va Ishchi guruh tashkil qilindi.

🔹Boshqarma boshlig‘i, Ishchi guruhi bilan tumanda ishlarni tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun Namangan, Norin, Uchqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Yangi Namangan tumani kadastr filiallarida bo‘ldilar. Tuman Ishchi guruhlari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘larga chiqib joyida shartnomalar tuzish ishlarini tashkillashtirildi.

🔹Birgina misol, Uchqo‘rg‘on tumanida, jami 4181 ta yerdan foydalanuvchilarning kadastr hujjatlari o‘rganib chiqish va ularni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib hozirga qadar 2455 tasi yoki 58% ro‘yxatdan o‘tdi.

🔹Kuni kecha xalq deputatlari tuman kengashi vakillari, kadastr xizmati, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda "Oltin vodiy" massivida joylashgan 54 ta yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 22 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

🔹Bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlar uchun o‘ta zarur bo‘lgan Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ishlar qizg‘in ketmoqda, natijalar har kun boshqarma boshlig‘i, viloyat Ishchi guruhi rahbari M.Tursunbayev tomonidan tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #ochiq_muloqot

❗️DIQQAT OCHIQ MULOQOT!

 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar!


🔷 Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi  mutasaddilari ishtirokida, joriy yilning 5-iyul kuni soat 11-00 da “Yer uchastkalarini E-auksion platformasi orqali savdoga chiqarish” mavzusida onlayn ochiq audio muloqot rejalashtirilgan.  

🔷 Kadastrga oid savollaringiz bilan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi https://t.me/namkadastr  telegram kanali orqali o‘tkaziladigan ushbu audio muloqotda qatnashing va mutaxassislarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolingizni berib, javob oling!

Matbuot xizmati.
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari jadal ketmoqda

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimida jadal ishlar ketmoqda.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat Ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun barcha 14 ta tuman filiallarining kunlik ishlar tahlil qilib borilmoqda. Fermerlar va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘ egalari bilan uchrashib, shu joyning o‘zida shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshirmoqdalar.   

🔹Masalan, bugunga qadar Namangan shahar filialida, xalq deputatlari shahar kengashi vakillari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, shahar atrofidagi “Sherbuloq”, “Bunyodkor”, “Orzu”, “Yuksalish” va “Semiztepa” massivlarida joylashgan 1455 nafar yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 470 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi. 

🔹Hozirgacha amalga oshirilgan ishlar natijasi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

🔹Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ish tashkil qilinib, natijasi kunlik tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 🎤🎤🎤🎤

🏛Ko'chmas mulk obyektlarini birma-bir identifikatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o'tkazish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani #infografika

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_pasporti

✔️ Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining tuman filiallariga joriy yilning yarim yillik davri mobaynida kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha jami 39 969 ta murojaat kelib tushdi.

Shundan
🔼 21 364 ta murojaat ijobiy hal etilib, kadastr pasportlari shakllantirilib berilgan.

Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi tumanlarda qayd etilgan:

✔️ Namangan shahar– 3 041 ta;

✔️ Kosonsoy tumani – 2 085 ta;

✔️ Yangiqo‘rg‘on tumani –1 902 ta.

‼️ Maʼlumot uchun, kadastr pasporti shakllantirish bo‘yicha arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #kadastr

🌐 Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganildi.

✔️Muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan yer ijara shartnomalar tuzish ishlari zarurligi haqida tushunchalar berildi.

🔼Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bu haqida qo‘shimcha axborot beramiz.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastrchilar xalq xizmatida

🌟 Kadastr agentligi 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman filiali tomonidan aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini joyida o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Chortoq tuman hokimligi va tuman Xalq qabulxonasidan hamda bevosita filialga qabulga kelgan fuqarolar murojaatlari, joyiga chiqib “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✔️ Tumandagi mavjud 57 ta MFY larini barchasiga kadastr xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

🔼Chortoq tuman filialiga joriy yilning 7 oyi davomida jami 580 ta murojaatlar kelib tushgan. Barcha murojaatlar rahbarlar va mutaxassislar tomonidan joyida, xonadonlariga borib o‘rganildi. Ulardan 415 tasi yoki 72% da masala ijobiy hal qilindi va 153 tasiga huquqiy tushunchalar berildi hamda 12 ta murojaatni o‘rganish jarayoni davom etmoqda.  

 ✔️ Birgina misol, tumandagi "Muchum Keskanyor texservis" MMTP hududidagi "Pahlavon Rustam Satimboy" fermer xo'jaligi yerlarining chegaralariga aniqlik kiritish maqsadida fermer xo'jaligi rahbari tomonidan qilgan murojaat bo‘yicha joyida o'rganilib, ijobiy hal qildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_pasporti

Namangan viloyatida shakllantirilgan
kadastr pasportlari statistikasi

🇺🇿Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: yanvar-iyul, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 34 124 ta
       Shakllantirilgan: 19 840 ta

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUDUDLARDA YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILDI

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni keng jamoatchilikka targ'ib qilish, mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida seminarlar tashkil etildi.

🇺🇿 Seminar o'tkazilgan hududlar:
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Toshkent shahri

#kadastr #seminar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Arxiv

Namangan viloyatida “Namunali arxiv” faoliyati


💫 Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan “2024-yil Davlat kadastrlari palatasida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan arxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

🔼 Jumladan, Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan 2024-yil 29-mart kuni tasdiqlangan “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasi doirasida 2024-yil davomida qayta jihozlanadigan tuman, shahar filiallar idoraviy arxivlarida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmaning To‘raqo‘rg‘on tuman filiali idoraviy arxivi tanlab olinib, qayta jihozlandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Hashar

Namanganlik
Kadastr xodimlari umumxalq xayriya hasharida

🫥 Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bugun yurtimizda umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda.

🌱Ushbu hashar ishlarida namanganlik kadastr xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

🌱 Hashar davomida Kadastr boshqarmasi binosi, barcha tuman, shahar bo‘lim hamda filial binolari va uning atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

🌱 Jumladan, yo'l chetidagi to'siqlar oqlanib, bino atrofida ekilgan daraxtlarga ishlov berildi. Yer maydonlaridan begona o'tlar olib tashlandi. Atrof yanada orasta holatga keltirildi.

🌱 Kadastr tizimida anʼanaviy tarzda o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱Mamlakatimiz bo'ylab umumxalq hashari

⭐️Kadastr agentligi tizim tashkilotlari hamda hududiy boshqarmalari xodimlari "Mustaqillik bayrami"ni munosib nishonlash maqsadida "Mahalla obod-yurt obod" shiori ostida o‘tkazilgan xayriya hasharida faol ishtirok etishmoqda.

🔠 Hashar xalqimizning eng qadimiy va boqiy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida xalqimizning vatanni sevish, yurtni obod etish, o‘zgalarni eʼzozlash va farovon turmush barpo etishga intilishi mujassam.

Hududlarimizda ko'tarinki ruhda tashkil etilgan hashar tafsilotlari bilan mazkur havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Buxoro viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Samarqand viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Toshkent viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Navoiy viloyati
➡️ Toshkent shahri

#Kadastr_agentligi #umumxalq_hashari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝📝📝📝🟢🟢🟢🟢

▶️ Ayni damda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida sayyor qabul boshlandi.

🟢Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich boshchiligida sayyor qabul o'tkazilmoqda.

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM