NAMANGAN KADASTR
1.18K subscribers
10.3K photos
932 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Европа Иқтисодий Комиссиясининг (БМТ ЕИК) Ер маъмуриятчилиги, уй-жой ва шаҳарсозлик қўмитасининг таклифига биноан, 🌟Кадастр агентлиги директори Ф. Пўлатов бошчилигидаги делегация Женевада бўлиб ўтаётган БМТ ЕИК Ер маъмуриятчилиги, уй-жой ва шаҳарсозлик қўмитасининг 85-сессиясида иштирок этмоқда.

Сессияда:
➡️ер ва мулк бошқаруви сиёсатини такомиллаштириш бўйича ўтказилган семинар ва вебинарлар муҳокамаси;

➡️ер маълумотлари хавфсизлиги, ер бошқаруви ва экотизимлардаги чорловлар;

➡️ноқонуний қурилмаларни расмийлаштириш йўналишида амалга оширилган ва режалаштирилаётган тадбирлар муҳокамаси;

➡️ер ва уй-жой маълумотлари бошқаруви бўйича мамлакатлар профилларини тузишнинг жорий ҳолати, 2025-2026 йилларда ер, уй-жой ва шаҳарсозлик бўйича профиллари яратилиши танланган давлатларни эълон қилиш масалалари ўрин олди.

🫥Шунингдек, сессияда Ўзбекистонда ер маъмуриятчилиги, жумладан рақамлаштиришда амалга оширилган ислоҳотларга бағишланган тақдимот амалга оширилди.

🫥Ташриф доирасида БМТнинг Ер бошқаруви бўйича ишчи гуруҳи раиси Виктория Эббот, Европа ва МДҲ давлатларининг ер, геодезия, кадастр ва қурилиш соҳалари бўйича масъул идора раҳбарлари, академик давра вакиллари билан ўзаро мулоқот ва учрашувлар бўлиб ўтди.

#Kadastr_agentligi #BMT

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 📑📑📑📑 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi hamda uning tizim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lib borishni istaysizmi?

🔗Ushbu havola orqali Siz 🌟Kadastr agentligining istalgan hududiy hamda tizim tashkilotlari yangiliklarida xabarodor bo'lib borishingiz mumkin.

➡️ A'zo bo'lish 📩

#Kadastr_agentligi #Ijtimoiy_tarmoqlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.

◼️Shovkat Komil o'g'li – 1990 -yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi Sh.Olimovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📌 Noturar joyni turar joy toifasiga o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligini bilasizmi?

📹 Batafsil videoda.

#Kadastr_agentligi #Ijtimoiy_rolik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan hamda huquqiy hujjatlarga ega bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqini e'tirof etish uchun qo'yiladigan 8 ta talab bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Geodezik_punkt #javobgarlik

GEODEZIK PUNKTLARDAN VA ULARNING AHAMIYATI

✔️Geodeziya punkti – yer yuzasiga (yerga, bino yoki boshqa sunʼiy inshootga) maxsus tarzda o‘rnatiladigan va geodezik usullar bilan aniqlangan koordinatalari aniq bo‘lgan nuqta.

🌐 Geodeziya punkti geodeziya tarmog‘ining elementi bo‘lib, u yer relefini topografik suratga olish va bir qator boshqa geodeziya ishlari uchun geodezik asos bo‘lib xizmat qiladi va maqsadiga ko‘ra rejali, balandli va gravimetrik usullarga bo‘linadi.

⚡️Qonunchilikka ko'ra, egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, – fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

Qonunchilikka ko'ra ko'chmas mulk obyektlariga tatbiq etiladigan huquq turlari hamda muddatlari bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

⌛️ Qonunning kuchga kirishiga 7 kun qoldi.

📌 O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-son QONUNning kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr.

Qonunga ko'ra qanday o'zboshimchalik bilan qurilgan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqi e'tirof etiladi?

🔘2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘 2018-yil I-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘"Bir martalik aksiya" doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘2021-yil 8-iyungacha tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
🔘 Bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
🔘 Davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2023-yil may oyida “Cert international”
tashkiloti tomonidan 🌟Kadastr agentligiga ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati taqdim etilgan edi.

➡️Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari “Cert international” tashkiloti mutaxassislari tomonidan Agentlikda xalqaro standartlar bo'yicha auditorlik o'rganishlar o'tkazildi.

O'tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko'ra 🌟Kadastr agentligi ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga loyiqlik darajasi yana bir bor e'tirof etildi.

#Kadastr_agentligi #iso_37001_2016

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM