NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
922 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soha a'lochilari hamda iftixorlari taqdirlandi

💐Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar qatorida tizimning munosib vakillarini e'tirof etish maqsadida Kadastr agentligi binosida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bunda Kadastr agentligi tomonidan tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan eng namunali va tajribali xodimlar uchun "Soha a'lochisi" hamda "Soha iftixori" ko'krak nishonlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.

🏅Mazkur tadbirda eng munosib soha vakillari sifatida jami 25 nafar xodim ko'krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

🔠Bu kabi eʼtibor va eʼtirofning bo‘lishi nafaqat qilingan ishlar uchun rag‘bat, balki kelgusi ishlarda yana-da muvaffaqiyatga erishish uchun ham turtki bo‘lishiga ishonamiz va bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishida yakdilmiz !

⭐️Kadastr agentligi tomonidan alohida e'tirof etilib, ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.
💐💐💐Mukofotlar muborak bo'lsin!


#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #Soha_a_lochisi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555-son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌍 “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida "Korrupsiya - taraqqiyot dushmani" mavzusida videoroliklar tanlovi bo'lib o'tadi.

➡️Tanlovdan ko'zlangan maqsad sohada korrupsion holatlarni oldini olish, sohada faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarning kreativ g'oyalarini o'rganishdan iborat.

Tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan video roliklar Agentlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limiga taqdim etiladi. 🌟Kadastr agentlik buyrug‘iga muvofiq tuzilgan maxsus komissiya tomonidan kelib tushgan barcha video roliklar mavzu dolzarbligi, go‘yaning mukammalligi, ijro mahorati hamda boshqa bir qancha mezonlar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.

Komissiya aʼzolarining yakuniy xulosalariga ko‘ra finalga munosib deb topilgan videoroliklar saralab olinadi.

#Kadastr_agentligi #video_roliklar_tanlovi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #arxiv

Arxivlar soha poydevori

📃 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisining “Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularning hisobini yuritish” to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, 2024-yil tizimda “Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish va ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni yo‘lga qo‘yish yili” deb e’lon qilindi.

🇺🇿 Namangan viloyat boshqarmasining 12 ta filiallarida idoraviy arxivlar mavjud bo‘lib, jami 611 252 ta hujjatlar saqlanib kelinmoqda, ulardan 572 171 ta turar joylar va 39081 tasi noturar joylar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘ma jildlaridir.

🫥 Tasdiqlangan reja-grafikka asosida Mingbuloq, Namangan, Chortoq hamda Uchqo‘rg‘on tuman filiallari saqlanayotgan kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish va ularni hisobini to‘g‘ri hisobga olish bo‘yicha ishchi guruhlar tuzilib, buyruqqa muvofiq uslubiy qo‘llanma talablariga asosan ish tashkil qilindi.

😄 Filiallar idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kadastr yig‘ma jildlarini raqamlashtirish, ularni to‘g‘ri hisobga olish bo‘yicha va hujjatlarning holati bo‘yicha arxiv ishi muhandislari uchun joyiga chiqqan holda 4 marta o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

😄 Hozirga qadar Uchqo‘rg‘on tuman filialida hujjatlarning to‘g‘ri saqlanishi va holati, ya’ni 33 933 ta turar joy va 2357 ta noturar joy obyektlarning kadastr yig‘ma jildlarini hisobi yuritilib, arxivida saqlanayotgan hujjatlar to‘liq o‘rganib chiqildi.

😄 Bundan tashqari, Mingbuloq tuman filiali 9594 ta turar joy, Namangan tuman filialida 4907 ta turar joy va Chortoq tuman filialida 12567 ta turar joy obyektlarining kadastr yig‘ma jildlari hisobga olindi.

😄 Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Raisi tomonidan tasdiqlangan “Namunaviy idoraviy arxiv” loyihasiga asosan To‘raqo‘rg‘on tuman filiali tanlanib, arxiv xonasiga maxsus temir eshik o‘rnatildi, kirish-chiqishni nazorat qilish maqsadida feys kontrol tizimi joriy qilindi. Arxiv xonalarini masofadan kuzatish imkonini beruvchi kuzatuv kameralar o‘rnatildi. Arxiv xonasidagi harorat va namlikni avtomatik ravishda o‘lchovchi vositalar bilan jihozlandi. Hujjatlarni tizimli va tartibli joylashtirish uchun yangi stellajlar o‘rnatildi. “Namunaviy arxiv” loyihasi Namanganda o‘z muddatida yakuniga yetkazildi.

😄 Joriy yilning 8 oyi davomida yuqori turuvchi organlar hamda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilingan jami 144 ta murojaatlar ijrosi o‘z vaqtida sifatli to‘liq ta’minlandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Allaberganov Atabek Validjanovich Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

🫥A.Allaberganov 1999-yilda Urganch Davlat Universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari sohasida falsafa doktori (PhD).

🫥Kadastr agentligi jamoasi Atabek Validjanovichni samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM