NAMANGAN KADASTR
1.12K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#huquqiy_bilim

📣DIQQAT E'LON!

HURMATLI FUQARO HAMDA TADBIRKORLAR!

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning narxlari haqida ma'lumot beramiz
.
(Huquqiy asos: VMning 10.07.2014-yildagi 186-son qarori)

Noturar bino va inshootlarga oid qismiga:

🔹Umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;
🔹Umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi;
🔹Umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 17,25 baravari;
🔹Umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 34,5 baravari;
🔹Umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 57,5 baravari;
🔹Umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk - bazaviy hisoblash miqdorining 80,5 baravari.

Turar joy fondiga oid qismiga:

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.
Yakka tartibdagi turarjoy
🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,15 foizi.

Yer uchastkalariga va ko‘p yillik dov-daraxtlarga
:

🔹Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bepul;
🔹Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari;
🔹Ko‘p yillik dov-daraxtlar - bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Bilasizmi #huquqiy_bilim

📣DIQQAT E'LON!

HURMATLI FUQARO HAMDA TADBIRKORLAR!

Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishning muddatlari haqida ma'lumot beramiz
.
(Huquqiy asos: VMning 02.09.2020-yildagi 535-son qarori)

🇺🇿Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔷ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
🔷yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

🔷umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🔷umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

🔹 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Huquqiy_bilim

Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari

Davlat xizmatchilari:
🔹fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei kamsitilishiga olib keluvchi taʼsir choralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi;
🔹halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi;
🔹jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni taʼminlashi;
🔹davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishi;
🔹o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rishi, tanqid uchun taʼqibga yo‘l qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida foydalanishi;
🔹davlat organlari va tashkilotlari, davlat xizmatchilari va boshqa shaxslarga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan taʼsir o‘tkazmasligi;
🔹o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olmasligi;
🔹davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
🔹xizmat intizomiga qatʼiy rioya qilishi, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanishi;
🔹aholining davlat xizmatlari isteʼmolchisi sifatidagi talablariga muvofiq doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi;
🔹qonun bilan intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;
🔹kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi;
🔹siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida xizmat mavqei va imkoniyatlaridan foydalanmasligi kerak.

Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunali nizomidan.

(Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 595-son qarori)

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi;
🔹mamlakat shaʼnini eʼzozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish;
🔹tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qatʼiy himoya qilish;
🔹o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiisteʼmolchilikka yo‘l qo‘ymaslik;
🔹xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish;
🔹yuqori davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
🔹ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
🔹har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashish;
🔹xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik;
🔹davlat xizmatchilari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida o‘zining rahbariga zudlik bilan maʼlum qilish;
🔹chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik;
🔹o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning taʼsiridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish.

(Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi 595-son qarori)

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

📣DIQQAT E'LON!

HURMATLI FUQARO HAMDA TADBIRKORLAR!

Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirma berish narxlari haqida ma'lumot
.


Turar joylar uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 2,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan turar joy uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;

Noturar joylar uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;.
🔹Yuridik shaxslar uchun - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari.

Yer uchastkalari uchun reyestridan ko‘chirma berish:
🔹Jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 1,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning noturarjoy obyektlari uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari;
🔹Jismoniy shaxslarning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga (yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xo‘jaligi bundan mustasno) qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga - bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari.

Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi bo‘yicha servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish - bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari.

Ko‘p yillik dov-daraxtlari davlat reyestridan ko‘chirmalar berish:
🔹Jismoniy shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 3,0 baravari;
🔹Yuridik shaxslarga - bazaviy hisoblash miqdorining 5,0 baravari.

(Huquqiy asos: VMning 10.07.2014-yildagi 186-son qarori)

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#Huquqiy_bilim

Oʼzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshootlar hisoblanadi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 60-moddasi (3-qismi)ga asosan;

📌Oʼzboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash boʼlgan va tutash boʼlmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:

🔹Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari;

🔹Mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_bilim

Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

Davlat xizmatchilari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

🔹O‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan saqlanish;

🔹davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa maʼlumotlarning oshkor etilmasligini taʼminlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik;

🔹axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jahon axborot tarmog‘i va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini taʼminlashning belgilangan tartibiga amal qilish;

🔹biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid maʼlumotlarning xavfsiz saqlanishini taʼminlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish;

🔹ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik;

🔹fuqarolar va hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi maʼlumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik;

🔹mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qatʼiy rioya etish;

🔹o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish;

🔹jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish;

🔹jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;

🔹mehnat jamoasida ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga ko‘maklashishi;

🔹mehnat jamoasida hamkasblarining shaʼni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi kerak.

(Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori)

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 1-martdan rasman kuchga kirdi

🔹Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida 803-sonli muhim qonun imzolangan edi. Qonun 2023-yil 1-martdan rasman kuchga kirdi.

🔹Ushbu Qonunning maqsadi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

🔹Qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni, yaʼni yer uchastkalariga, binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga hamda mulkiy majmua sifatidagi korxonaga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi.

🔹Mazkur qonun bilan Kadastr agentligi - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasida maxsus vakolatli davlat organi etib, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ etib belgilangan.

🔹Unda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalaridagi ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi mutaxassislar tomonidan ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi yoki Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazkur qonundagi asoslarga ko‘ra rad etadi.

🔹Shuningdek, Davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, rieltorlik tashkilotlari, tijorat banklari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – vositachilar etib belgilandi.

🔹Ushbu Qonun bilan ko‘chmas mulklarga oid nizolarni sudgacha hal etish komissiyasi va apellyatsiya komissiyalarini tashkil etilishi va ish yuritish tartibi belgilab qo‘yildi.

🔹Ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga asos bo‘luvchi 60 dan ortiq huquqiy hujjatlarning aniq ro‘yxati qonunda keltirilgan, yaʼni barcha davrlarda, 2021-yil 1-avgustdan keyingi davrdagi, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilingan davrdan keyingi va undan oldingi davrlarda asos bo‘luvchi hujjatlarning aniq ro‘yxati ko‘rsatilgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

⚡️Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi

🔹 Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

🔹 Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

🔹 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 mln. soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,5 mln. soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Huquqiy_bilim

Huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi

🔹 Joriy yilning 1-mayidan boshlab ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtiriladi.

Unga ko‘ra:
Huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, o‘ttiz kun ichida 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook