NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.68K photos
898 videos
9 files
4.13K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿Hurmatli vatandoshlar va soha xodimlari!

⚜️ Beqiyos va go'zal diyorimizda mana 31 yildirki, bo'layotgan ulkan o'zgarishlar, ko'plab sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, aholi ijtimoiy himoyasiga qaratilayotgan yuksak e'tibor, yoshlarga nisbatan olib borilayotgan oqilona siyosat Yangi O'zbekiston nomini jahon arenalarida bir necha pog'ona yuqoriga olib chiqqanining guvohi bo'lib turibmiz.
Bunda shubhasiz, eng ulug' va aziz ne'mat - mustaqillikning ahamiyati beqiyosdir.
Fursatdan foydalanib, Davlat kadastrlari palatasi siz azizlarni istiqlolimizning 31 yillik ayyomi bilan chin dildan qutlaydi! Ushbu munavvar ayyomda oilangizni tinchlik-farovonlik, qalbingizni bayram shukuhi, xonadonlaringizni esa qut-baraka aslo tark etmasin!

🇺🇿 Bag'rikeng va dono xalqimiz birdamligi aslo yo'qolmasin, mustaqilligimiz doimo abadiy bo'lsin!

Davlat kadastrlari palatasi
raisi Mohir Valiyev
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!

Sizni va Siz orqali oila aʼzolaringizni, barcha yaqinlaringizni eng ulug‘, eng qutlug‘ bayram - istiqlolimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.

Bu yillar davomida mamlakatimizni rivojlantirish, aholining turmush tarzini yaxshilash uchun butun xalqimiz mehnat qildi.

Bugun ana shu mehnatlarning samarasini bayram qiladigan kun. Bayramda hammaga yaxshi kayfiyat tilayman. Mustaqilligimizning 50-80 yilligini ham birgalikda nishonlash, ko‘plab hamkasblarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlash va tabriklash nasib qilsin.

Sizga va oila aʼzolaringizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt, xonadoningizga fayzu-baraka, tinchlik totuvlik tilayman!

Yurtimiz tinchligi, elimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilib kelajagimizni birgalikda quramiz.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GEOINNOVATSIYA #DRON_SHOU

🇺🇿Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan "MAGIC CITY" da DRON SHOU bo'lib o'tdi!

📹Jarayon qanday bo'lganini videorolikni tomosha qilib bilib olishingiz mumkin.

💐Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
Ер ва кадастр: назорат ишлари қай даражада?

📍
https://uza.uz/posts/403996

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tube‌‌
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ayrim kadastr xizmatlari mobil ilova orqali ishga tushirildi

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlarni soni 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

👉Mobil ilovani yuklab olish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ishonch_raqam #1097

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🇺🇿Aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini tartibga solish maqsadida Kadastr agentligining 1097 qisqa raqami orqali fotosurat, videoyozuvlarni jo'natish belgilandi.

📌Shuningdek Kadastr agentligi tomonidan @e_yernazorat_bot telegram bot orqali yoki Kadastr.uz sayti orqali ham murojaatingizni qabul qilish yo'lga qo'yildi.

📝Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega va mas'ullar tomonidan o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Huquqiy_bilim

Oʼzboshimchalik bilan qurilgan imorat — qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan uy-joy, boshqa bino va inshootlar hisoblanadi.

Telegram Instagram Facebook
#Huquqiy_bilim

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер участкаси нима?

❗️Жавоб
:
🔹Қонунчиликда белгиланган тартибда ажратилмаган (реализация қилинмаган) ер участкалари;

🔹Берилган (реализация қилинган) ер участкасининг чегаралари ваколатли органлар томонидан натурада (жойнинг ўзида) белгиланмаган ер участкалари;

🔹Ер участкасига бўлган ҳуқуқни тасдиқлайдиган ҳужжатлар берилмаган ҳолда фойдаланилган ер участкалари ўзбошимчалик билан эгалланган ер участкалари ҳисобланади.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun bo‘sh turgan yer uchastkalari “Yerelektron” axborot tizimiga kiritildi.

"Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi belgilangan" – deydi Q.Bobojonov.

📌Batafsil: https://uza.uz/posts/403985

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ko‘chmas mulk obyektlari🔹

🟦 2022 yil 1 avgust holatiga jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari soni va turlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ushbu videoinfografikada tanishishingiz mumkin.

🟦 Unda mahallalar, obyektlar, umumiy yer maydoni va qurilish osti maydoni haqidagi ma’lumotlar respublika bo‘yicha jamlangan.

#DavKadastrPalata #info #ko_chmas_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида асосий озиқ-овқат маҳсулотлари нархлари барқарорлигини таъминлаш ва захирасини яратиш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Иқлимнинг кескин ўзгараётгани, кўп давлатларда қурғоқчилик бўлгани оқибатида бутун дунёга озиқ-овқат етишмовчилиги хавф солмоқда.

Халқаро майдондаги вазият туфайли глобал ишлаб чиқариш занжирларининг узилиши, логистикадаги муаммолар сабабли кўпчилик давлатлар озиқ-овқат маҳсулотлари экспортига чекловлар қўяётганини ҳам кўриб турибсизлар.

Вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари бундай шароитда ўз ҳудудида ички талабни тўлиқ таъминлаш ва экспортни ошириш бўйича имкониятларини ҳисоб-китоб қилиши шарт.

Лекин, ҳали кўп ҳокимлар буни тушуниб етмаяпти”, деди давлатимиз раҳбари сўзининг аввалида.

Бу йил 80 минг гектар майдон пахта ва ғалладан қисқартирилиб, аҳолига бўлиб берилди. Бугун имзоланган Президент қарорига кўра йил якунига қадар яна 20 минг гектар экин майдони аҳолига бўлиб берилади. Келгуси йилда 100 минг гектар экин майдони аҳолига танлов асосида ажратилади. Бунинг ҳисобига, 1 миллион 200 минг нафар аҳолини банд қилиш учун шароит яратилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда Андижон, Бухоро, Хоразм вилоятлари бу ерлардан самарали фойдаланиб, 3 мартагача ҳосил олиб, ички бозорни таъминлаш билан бирга экспортини 1,5 бараварга оширгани таъкидланди.

Ислоҳотлар натижасида республикада парранда гўшти, тухум, балиқ, гуруч маҳсулотлари билан таъминлаш даражаси анча яхшиланди.

Мисол учун, сўнгги 3 йилда:

- балиқ етиштиришни Андижон 4 минг тоннадан 25 минг тоннага, Бухоро 3,5 минг тоннадан 23 минг тоннага оширган;

- парранда гўштини Самарқанд 22 минг тоннадан 100 минг тоннага, Тошкент вилояти 31 минг тоннадан 90 минг тоннага етказган;

- тухум ишлаб чиқаришни Сирдарё 127 миллион донадан 200 миллион донага, Наманган 480 миллион донадан 700 миллион донага, Фарғона 350 миллион донадан 600 миллион донага кўпайтириб, тўлиқ ўзини-ўзи таъминлаяпти.

Лекин, айрим вилоят ҳокимлари бу ишларни тўғри ташкил қила олмагани қайд этилди.

Нима, бу вилоят ҳокимлари ҳудудига қанча озиқ-овқат етишмаслиги, қанча импорт кираётганини билмайди-ми?”, дея савол қўйди Президент.

Ички бозор 25 турдаги озиқ-овқат маҳсулотлари импортига боғлиқ бўлиб қолаётгани қайд этилди.

Президентимиз бу ҳолатни қаттиқ танқид қилиб, мутасаддиларга вилоят, туман ва шаҳар ҳокимлари билан бирга бир ой муддатда ушбу 25 турдаги импорт маҳсулотларини ўзимизда ишлаб чиқариб, кўпайтириш бўйича лойиҳа пакетларини тақдимот қилиб, ҳукумат қарорини чиқариш топширилди.

Келгуси йил олти ой якуни билан бу борада ўзгариш қилмаган вилоят ҳокимлари ишдан олиниши кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Давлатимиз раҳбари соҳадаги вазифалар ва янги имкониятларни айтиб ўтди.

Энг аввало:

- жорий йилда қўшимча ажратилаётган 20 минг гектар ва келгусида бериладиган 100 минг гектар экин майдонлари ҳисобидан импортни қисқартириш;
- озиқ-овқат маҳсулотлари экишни камида 300 минг гектарга етказиш.

Умуман, озиқ-овқат учун мўлжалланган ерларга экинларни жойлаштиришни бундан буён Боғдорчилик агентлиги белгилаб беради.

Мутасаддиларга 15 сентябрдан бошлаб ҳоким ёрдамчилари тавсиясига кўра, сабзавот, дуккакли ва мойли экинлар бўйича уруғлик, ўғит, ёқилғи, ўсимликлар ҳимояси ҳамда айланма маблағ учун 150 миллион сўмгача гаровсиз кредит ажратишни йўлга қўйиш топширилди.

Бунда, ушбу маблағларнинг ярмини нақд пулда ажратишга рухсат берилади. Бунинг учун, Боғдорчилик агентлигига қўшимча 300 миллиард сўм ажратилади.

Молия вазирлиги, Қишлоқ хўжалиги вазирлигига мева-сабзавотчиликни кредитлашнинг мутлақо янги тизимини жорий қилиш топширилди.

Эндиликда картошка, сабзавот, ёғ-мой экинлари экадиган кластер ва деҳқонларга ҳосилни суғурталаш харажатининг 50 фоизи давлат ҳисобидан қоплаб берилади.

Бунинг учун, келгуси бир йилда Қишлоқ хўжалиги жамғармасидан 50 миллиард сўм йўналтирилади.

Бундан буён пахта ва ғалладаги каби озиқ-овқатга кредит беришда суғурта полиси кредит таъминоти ҳисобланади.

“Бу янгилик кўплаб деҳқонларимизнинг ишини юргизиб, Қишлоқ хўжалиги жамғармасида ишлатилмай турган 700 миллиард сўмдан самарали фойдаланишга имконият яратади”, деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
#Huquqiy_bilim

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi

📌Murojaatlar qabul qilinadi:
▪️ D
avlat xizmatlari markazi;
▪️ YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑 Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERI(elektron raqamli imzo)si bilan tasdiqlaydi.

🔰Xizmatdan foydalanuvchi
yuridik va jismoniy shaxslarga Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Telegram Instagram Facebook
Namangan viloyati bo'yicha 2 556 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

▪️Mingbuloq tumanidan 122 ta (koʼrish)
▪️Kosonsoy tumanidan 253 ta (ko'rish)
▪️Namangan tumanidan 106 ta (koʼrish)
▪️Norin tumandan 92 ta (koʼrish)
▪️Pop tumandan 482 ta (koʼrish)
▪️To'raqo'rg'on tumanidan 216 ta (ko'rish)
▪️Uychi tumanidan 141 ta (ko'rish)
▪️Uchqo'rg'on tumanidan 113 ta (ko'rish)
▪️Chortoq tumanidan 353 ta (ko'rish)
▪️Chust tumanidan 291 ta (ko'rish)
▪️Yangiqo'rg'on tumanidan 196 ta (ko'rish)
▪️Namangan shahridan 191 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.
#Kadastr #xalqaro_forum #fazoviy_ma'lumotlar

🇺🇿Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr va kartografiya federal xizmati taklifiga binoan Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tayotgan VII Sharqiy iqtisodiy forumda (SHIF) ishtirok etmoqda.

Forum doirasida “Hududning kuchi: fazoviy maʼlumotlar Uzoq Sharq rivojlanishining kaliti sifatida” nomli sessiya tashkil qilingan bo‘lib, mazkur sessiyada ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlantirish va hududlarni investitsion salohiyatini oshirish maqsadida yer resurslari va fazoviy maʼlumotlarni boshqarish bo‘yicha xorijiy analog tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan aktual masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Savol_javob

САВОЛ: Тузилган ижара шартномасини Давлат рўйхатидан ўтказилиши учун қанча муддатга тузилган бўлиши керак?

ЖАВОБ: Бир йилдан ортиқ муддатга тузилган кўчмас мулк объектларини ижарага бериш шартномаси давлат рўйхатидан ўтказилади. Шартнома давлат рўйхатидан ўтказилган вақтдан эътиборан тузилган деб ҳисобланади ва кучга киради.

(Ўзб.Рес. Вазирлар Маҳкамасининг 02.09.2020 йилдаги 535-сонли қарори)

Telegram Instagram Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #foydali

Yer uchastkalarini o’zboshimchalik bilan egallaganlik uchun qanday javobgarlik bor?

📹Bu savolga javobni videorolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqanddagi “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazi ''Euronews'' nigohida

Telegram Instagram Facebook