Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
#Kadastr #RASMIY_MUNOSABAT
Bugun soat 10:21 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy telegram kanalida “Andijon tumanida fuqaroga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi” mavzusi bilan post eʼlon qilindi.
Mazkur postda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi B.Q. fuqaro M.ning yashash xonadonining kadastr hujjatlarini tayyorlab, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qaror chiqartirib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan.
Mazkur xabarda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi deb keltirilgan B.Q. aslida 2020-yil 25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasi 1-qismi (taraflarning kelishuviga ko‘ra) ishdan bo‘shagan bo‘lib, bugunga qadar Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib bormagan va qonunan u soha xodimi hisoblanmaydi.
Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Kadastr agentligi hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.
Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt

Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️Rasmiy munosabat▫️
◻️Ijtimoiy tarmoqlardagi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan ishchi guruh ajratilib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot bergandik.
Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, tartib intizom buzilganligi va ijro intizomining izdan chiqqanligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra:
➖Boshqarma ma’sullari tomonidan boshqarmaning moliyaviy holatini o‘rganmasdan ustama va moddiy yordam hamda rag‘batlantirishlar notug‘ri hisoblanganligi;
➖Zahira yer maydonlari uchun to‘lovlar undirilmaganligi;
➖Shuningdek, boshqarmaning xarajatlari moliyaviy ahvoliga qaramasdan daromadlar qismidan oshib ketganligi aniqlandi.
Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi sabab xodimlarda tushunmovchilik va e’tiroz yuzaga kelgan.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatiga yangi tayinlangan boshqarma boshlig‘i R. Mirzaxmedovga boshqarma ish faoliyatining samaradorligi va tartib intizomini yo‘lga qo‘yish uchun muddat belgilandi.
◻️Alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.
Ana shularni nazarda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududiy boshqarmalarining ko‘rsatkichlari yuzasidan doimiy o‘rganish va nazorat ishlarini olib boradi.
#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube

Telegram
DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Murojaatlar uchun:
Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03
Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Telegramm-bot @Dkpuz_bot
Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03
Telegram: t.me/DavKadastrPalata
Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/
YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata
Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
▫️Rasmiy munosabat▫️
⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ
Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.
Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?
Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.
📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.
#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube

#Kadastr #rasmiy_munosabat
ЗАХИРАДАГИ ЕРНИНГ ЭГАСИ ЧИҚДИМИ?!
Ижтимоий тармоқларда ерини ундан тортиб олишаётганидан норози фуқаронинг мурожаати айрим муҳокамаларга ва тушунмовчиликларга сабаб бўлди.
‼️Аслини билмай туриб хулоса қилишга шошилманг!
БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ👇
https://telegra.ph/Zahiradagi-erning-ehgasi-chi%D2%9Bdimi-02-21
🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
ЗАХИРАДАГИ ЕРНИНГ ЭГАСИ ЧИҚДИМИ?!
Ижтимоий тармоқларда ерини ундан тортиб олишаётганидан норози фуқаронинг мурожаати айрим муҳокамаларга ва тушунмовчиликларга сабаб бўлди.
‼️Аслини билмай туриб хулоса қилишга шошилманг!
БАТАФСИЛ БУ ЕРДА ЎҚИНГ👇
https://telegra.ph/Zahiradagi-erning-ehgasi-chi%D2%9Bdimi-02-21
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
Rasmiy munosabat
🔹Ijtimoiy tarmoqlarda “Yer berilgan, ammo masʼul xodim uy qurish mumkin emas deb sarson qilmoqda” sarlavhali maqolada “Namangan viloyati Pop tumani Uyg‘ur qishlog‘idan yozyapmiz. Popdan temiryo‘l o‘tgach, qishlog‘imizdagi ko‘p uylar buzildi. Nihoyat, 2020-yilga kelib aholiga uy, tomorqa berildi. Yer o‘lchovchi xodim kadastr va qarorga ko‘p xarajat bo‘ladi deb bizdan kattagina pul oldi. Orada o‘lchovlar noto‘g‘ri bo‘libdi deb o‘sha xodim ikki marta qayta o‘lchab, yo‘llarni tor qilib, yana besh-oltita odamga uchastka qilib sotdi. Endi u sabr qilinglar, keyin qurasizlar, hali qaror tayyormas deb uch yildan beri sarson qilmoqda. Yaqinda esa yer tomorqaga berilgan, ekin ekib yuraveringlar, keyinchalik ishlar bosdi-bosdi bo‘lsa, uy qurasizlar, dedi. Pulni qaytaring, aks holda prokurorga boramiz desak, pul bergan ham, olgan ham baravar javobgar bo‘ladi, qamalsam sizlar ham qamalasizlar deb qo‘rqitmoqda. Holatni o‘rganib, adolatli qaror chiqarishlarini iltimos qilamiz” -deb murojaat tarqatilgan.
🔹Ushbu murojaatni joyida o‘rganish va huquqiy baho berish uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tuzildi. O‘rganish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook

NAMANGAN KADASTR
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI
📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.
☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13
🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u

Yer talashmang – haq bo‘lsangiz hujjatni ko‘rsating!
🔹Avval xabar berganimizdek ijtimoiy tarmoqlarda 2023-yil 30-may kuni “Yer berilgan, ammo masʼul xodim uy qurish mumkin emas deb sarson qilmoqda” sarlavhali maqolada “Namangan viloyati Pop tumani Uyg‘ur qishlog‘idan yozyapmiz. Popdan temiryo‘l o‘tgach, qishlog‘imizdagi ko‘p uylar buzildi. Nihoyat, 2020-yilga kelib aholiga uy, tomorqa berildi. Yer o‘lchovchi xodim kadastr va qarorga ko‘p xarajat bo‘ladi deb bizdan kattagina pul oldi. Orada o‘lchovlar noto‘g‘ri bo‘libdi deb o‘sha xodim ikki marta qayta o‘lchab, yo‘llarni tor qilib, yana besh-oltita odamga uchastka qilib sotdi. Endi u sabr qilinglar, keyin qurasizlar, hali qaror tayyormas deb uch yildan beri sarson qilmoqda. Yaqinda esa yer tomorqaga berilgan, ekin ekib yuraveringlar, keyinchalik ishlar bosdi-bosdi bo‘lsa, uy qurasizlar, dedi. Pulni qaytaring, aks holda prokurorga boramiz desak, pul bergan ham, olgan ham baravar javobgar bo‘ladi, qamalsam sizlar ham qamalasizlar deb qo‘rqitmoqda. Holatni o‘rganib, adolatli qaror chiqarishlarini iltimos qilamiz” -deb murojaat tarqatilgan edi.
🔹Ushbu murojaatni joyida o‘rganish va huquqiy baho berish uchun Pop tuman hokimligining tuman qurilish bo‘lim boshlig‘i O.Xoliqov, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari G‘.Ergashev, tuman uy-joy va komunal xo‘jalik bo‘limi vakili I.Abrorov, “Uchuyli” MFY raisi Q.Turdaliyev va Kadastr agentligi Pop tuman bo’limi boshlig’i R.Toshboyev, DKP Pop tuman filiali rahbari J.Esonaliyevlardan iborat ishchi guruhi tuzilib mazkur ishchi guruh bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari masʼul xodimlari M.Nurmatov, Sh.Toshtemirovlar birgalikda o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar.

Telegraph
Yer talashmang – haq bo‘lsangiz hujjatni ko‘rsating!
Avval xabar berganimizdek ijtimoiy tarmoqlarda 2023-yil 30-may kuni “Yer berilgan, ammo masʼul xodim uy qurish mumkin emas deb sarson qilmoqda” sarlavhali maqolada “Namangan viloyati Pop tumani Uyg‘ur qishlog‘idan yozyapmiz. Popdan temiryo‘l o‘tgach, qishlog‘imizdagi…
#rasmiy_munosabat
Rasmiy munosabat
🔹Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati, Chust shahri, Sabzazor ko‘chasi 165-uy masalasida, "1982-yildan hozirgi kunga qadar biz ushbu xonadonda o‘sib ulg‘aydik otam onam va besh farzand hammamiz uylanib qizlar turmushga chiqib ketgan. Hozirgi kunda ushbu hovli otam Mamadjonov Shukurjonning otalari Mamadjonov Muxtorjonning nomlarida bo‘lib otamning kenja ukalari 1976-yilda Namangan viloyati Chust shahrida tug‘ilgan Mamadjonov Shuxrat Muxtorovich tomonidan qalbaki hujjatlar asosida fuqaro Abdilaziz degan shaxs nomiga notarial idoralar orqali rasmiylashtirib olingan”- degan mazmundagi murojaat tarqaldi.
🔹Ushbu murojaatning kadastrga oid qismini o‘rganish uchun masʼul xodimlardan iborat Ishchi guruh tuzildi. O‘rganish yakuni bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

RASMIY MUNOSABAT
🔹Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati, Chust shahri, Sabzazor ko‘chasi 165-uy masalasida, "1982-yildan hozirgi kunga qadar biz ushbu xonadonda o‘sib ulg‘aydik otam onam va besh farzand hammamiz uylanib qizlar turmushga chiqib ketgan. Hozirgi kunda ushbu hovli otam Mamadjonov Shukurjonning otalari Mamadjonov Muxtorjonning nomlarida bo‘lib otamning kenja ukalari 1976-yilda Namangan viloyati Chust shahrida tug‘ilgan Mamadjonov Shuxrat Muxtorovich tomonidan qalbaki hujjatlar asosida fuqaro Abdilaziz degan shaxs nomiga notarial idoralar orqali rasmiylashtirib olingan”- degan mazmundagi murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi rasmiy munosabati.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani Yettikon mahalla, Hamroh ko‘chasi, 168-uyning nizoli masalasi bo'yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
➡️Batafsil
Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
RASMIY MUNOSABAT
🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani Yettikon mahalla, Hamroh ko‘chasi, 168-uyning nizoli masalasi bo'yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
➡️Batafsil
Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from KADASTR AGENTLIGI - RASMIY
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT
Lavhada ko’tarilgan masalalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat
#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM