NAMANGAN KADASTR
953 subscribers
9.38K photos
871 videos
9 files
4.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#маънавиятвамаърифат
#кунҳикмати

Эй бечора инсон! Ғурурга, ман-манликка берилма. Қорга ўхшаб бутун ер юзини қоплаб юборсанг ҳам қуёшнинг чиқиши билан йўқ бўлиб кетасан!

©Жалолиддин Румий
#маънавиятвамаърифат

Кимки бир кўнгли бузуғнинг
хотирин шод айлагай,
Онча борким, Каъба вайрон бўлса,
обод айлагай.

АЛИШЕР НАВОИЙ
#Kun_hikmati #маънавиятвамаърифат

Kun hikmati

🟢 Xafa bo'lmang! Oyog'ingizga botayotgan tikonlar siz qidirib borayotgan gulning xabarchasidir...

©️Jaloliddin Rumiy
#маънавиятвамаърифат

DIQQAT TEZKOR MUROJAAT!

Assalomu-alaykum hurmatli hamkasblar!

🔹 Yurtimizda qahraton qish hukm surmoqda. Joylarda suvlarni muzlashi, gaz va elektroenergiyasi yetkazib berishda muammolar kuzatilmoqda. Avtomobil yo‘llarida muzgarchilik sababli yurish qiyinlashgan.

🔹 Shu sababli Sizlardan hushyorlikni oshirishni, issiq kiyinishingizni, oila aʼzolaringizni ayniqsa yosh bolalarni ehtiyot qilishingizni so‘raymiz!

🔹 Hurmatli hamkasblar shu sovuq kunlarda qandaydir muammolarga duch kelsangiz boshqarmamiz Sizlarga moliyaviy ko‘mak berishga tayyor. Menga telefon orqali yoki telegram orqali ertayu kech murojaat qilishingiz mumkin. Birorta xodimlarimizni qiyin ahvolda qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi Q.Gapparov.
#маънавиятвамаърифат

ALISHER NAVOIY (9-fevral 1441-yil — 3-yanvar 1501-yil)

🔹Bugun 9 fevral, bobokalonimiz - shoir, mutafakkir, hazrat Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun.

🔹Hazrati Navoiy bobomizga hurmatimiz cheksiz, ularning har bir so‘zlari ko‘zimizga nur, qalbimizga hidoyat bag‘ishlaydi.

Odamiy ersang, demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

🔹Navoiy bobomiz aytganlaridek, hamisha xalq g‘amida bo‘laylik.

Yurtimiz tinch, xalqmiz omon bo‘lsin!

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

Bir asrning ikki buyuk siymolari

🔹 Bugun o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi ikki buyuk siymo – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarida "Alisher Navoiy va Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazinadir" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🔹Tadbirda boshqarmalar Matbuot xizmati xodimlari g'azal mulkining sultoni hazrat Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, ular umri davomida xalqqa xizmat qilib, bunyodkorlik, yaratuvchanlik kabi ishlari hamda o'zbek tili rivojiga qo'shgan hissalari haqida ma'ruzalar qildilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#маънавиятвамаърифат

NAMANGANDA BAHOR. Namanganda 21-martdan - 4-iyungacha 62- xalqaro gullar festivali bo‘lib o‘tadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

🌺Namanganda “Navro‘z” bayrami🌺

🇺🇿 Jonajon O‘zbekistonimizga bahor o‘zining gullari, chechaklari va ko‘m-ko‘k maysalari bilan kirib kelmoqda. Qishlardan chiqib barg yozayotgan daraxtlar ko‘ngillarga xush kayfiyat bag‘ishlaydi.

🌺 Muhtaram Prezidentimiz imzolagan qarorda yozilganidek “Navro‘zi olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi olijanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangdir”.

🌺 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ham "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" bosh g‘oyasi asosida boshqarma hovlisida “Navro‘z” bayrami tadbirlarini tantanali va ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar.

Batafsil

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#маънавиятвамаърифат

🌺NAMANGAN KADASTRDA NAVRO'Z🌺

🔷 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari  "Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!" bosh g‘oyasi asosida boshqarma hovlisida “Navro‘z” bayrami tadbirlarini tantanali va ko‘tarinki ruhda o‘tkazdilar.

🔹Faxriylar duoda, jajji bolajonlar ardoqda
🔹Osh musobaqasi. kadastrchi havaskor oshpazlar
🔹Bahoriy taomlar: sumalak, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara
🔹Qiziqarli o‘tgan sport musobaqalari

Shular va boshqa qiziqarli bayram tadbirlari haqida videolavhada.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

TAʼZIYA

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis Mahkamjon Nurmatovga turmush o‘rtog‘i

ZULFIYAXON ABDULHAYEVA ning

vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya bildiramiz.

🌙 Alloh taolo marhumani mag‘firat qilsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini jannatlaridan qilsin! Haq taolo marhumaning ahli oilasiga va yaqinlariga sabri jamil bersin!
Inna lillahi va innaa ilayhi rojiʼuun.

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov
#маънавиятвамаърифат

Kadastrchi bo‘laman Qorbobo!

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbarlari va boshqarmalarning Kasaba uyushmasi hamkorlikda kadastr tizimi xodimlarining farzandlari uchun Alisher Navoiy nomli Namangan viloyat teatrda 2024-Yangi yil bayrami tadbirlari tashkil qildilar. Kadastr sohasida mehnat qilayotgan 20 ortiq xodimlarning 45 nafar bolajonlari teatrlashtirilgan “O‘rmon ertagi” spektaklini qiziqib tomosha qildilar.

🔹 Spektakl yakunida sahnaga yugurib chiqqan 9 yoshli Muslimbekdan Qorbobo “Muslimbek bolajonim katta bo‘lsang kim bo‘lasan!” -degan savoliga, “kadastrchi bo‘laman Qorbobo!” – degani hamma kattalarga quvonch bag‘ishladi. Bayram shukuhi joylarda davom etmoqda.

🔹 Yangi yilning yaxshi niyatlar bilan boshlagan, yeng shimarib ishga kirishgan Namangan viloyati kadastr xizmati xodimlari xalqimizning og‘irini yengil qilishga astoydil bel bog‘laganlar.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook