NAMANGAN KADASTR
939 subscribers
9.26K photos
865 videos
9 files
4.01K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#kadastr #yer_kuni #kollej

🌍 “22-aprel ˗ Butunjahon yеr kuni munosabati bilan Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining yangidan rekonstruksiya qilingan binosining ochilishi marosimi o’tkazildi.

Tadbirda 🌟Kadastr agentligi hamda uning tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar, shuningdek, maktab o’quvchilari va kollej talabalari ishtirok etishdi.

🏦Kollejda kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 😅 yilgacha muddatda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlanadi.

➡️Kollej quyidagi kasb va ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:
⭕️Geodeziya yo’nalishi:
⭕️Geodeziya mutaxassisi
⭕️Topograf

⭐️ Kadastr yo’nalishi:
⭕️Yer mulk munosabatlari mutaxassisi
⭕️Ko’chmas mulk inventarizatori
⭕️Ko’chmas mulkni baholash va davlat ro’yxatiga olish mutaxassisi

➡️ Barcha yo’nalishlar bo’yicha o’qish muddati 1,5 yil. O’qitish to’lov shartnoma va davlat granti asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilar Respublikaning barcha hududlaridan qabul qilinadi. O’quvchilar zamonaviy jihozlangan va qulay sharoitga ega bo‘lgan yotoqxona bilan ta’minlanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_kuni #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

📣 DIQQAT, EʼLON 📣

🔹 Joriy yilning 22-aprel kuni soat 11:00 da Namangan Muhandislik Qurilish instituti 7-o'quv binosida “Butunjahon yer kuni munosabati bilan "Yer bizning yagona uyimiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tadi.

🔹Unda viloyat Kadastr tizimi rahbarlari, mutaxassislari hamda talaba yoshlar ishtirok etadilar.

🔹Tadbirda rahbar va yoshlar uchrashuvi, zamonaviy yer o'lchov asboblari ko'rgazmasi namoyish etiladi, qiziqarli viktorinalar tashkil qilinadi hamda mutaxassislar sohaga doir ma'lumot beradilar.

🔹Ushbu tadbirga barcha yoshlarni hamda sohaga qiziquvchilarni taklif qilamiz.

Manzil: Namangan viloyati, Uychi tumani.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_kuni #tabrik #kadastr

🌍22 aprel – Butunjahon Yer kuni

TABRIKNOMA

Hurmatli hamyurtlar, aziz hamkasblar!

🔹Bugun 22 aprel – Butunjahon Yer kuni bayramini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayram Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan, va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab  nishonlanmoqda.

🔹Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yilning 22- aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashdan maqsadi, sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzod va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishdir.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_kuni #soha_a_lochisi #tabrik

MUKOFOT MUBORAK!

🌍Bugun Kadastr agentligi direktori F.J.Pulatov boshchiliklarida 22 aprel – “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kadastr sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan xodimlar sohaning “Soha aʼlochisi” va “Soha iftixori” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🔹Taqdirlanganlar qatorida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yetakchi inspektori Jobirxon Maxmudov ham “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli hodisa bo‘ldi.

🔹Biz ham ko‘p sonli hamkasblari nomidan Jobirxon Maxmudovni sohaning yuksak mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz. Sihat salomatlik, faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Mukofot muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #yer_kuni #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Bo‘lg‘usi yosh kadastrchilar bilan qiziqarli uchrashuvlar


🌍 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida Namangan Muhandislik-qurilish institutining Qurilish fakulteti bilan hamkorlikda 22-aprel – Butunjahon Yer kuni bayrami yuqori saviyada nishonlandi.

🔹Institut binosida tashkil qilingan bayramona tadbir avvalida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B. Pazilovning Namangan Muhandislik-qurilish institut Qurilish fakulteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔹Shundan so‘ng soha mutaxassislari, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari, Namangan muhandislik-qurilish institut Qurilish fakulteti ustozlari M.Mansurov, S.Razzaqovlar, kafedra mudirlari va 110 nafardan ortiq talabalar qatnashgan bayramona tadbir boshlandi.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_kuni #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

🌍Bugun “22-aprel Butunjahon yer kuni munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari hamda Namangan Muhandislik-qurilish institutining Qurilish fakulteti bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan tadbirlardan videolavhalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yer_kuni

22-aprel — “Butunjahon yer kuni” tadbirlari

🌍 22-aprel — “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari bilan Namangan Muhandislik Qurilish Institutining Qurilish fakulteti hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirlar tafsiloti Namangan teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" dasturida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook