NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yer_hisobi #bayonot #brifing

Кадастр агентлигининг "Ер ҳисобини таъминлаш ҳамда давлат кадастрларини шакллантириш борасида амалга оширилаётган ишлар" юзасидан баёноти.

Ахборот хизмати раҳбари Неъмат Атамуратов иштирокида брифинг.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan, tanqidiy va tahliliy, tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi va Viloyat hokimi Sh.Abdurazaqovning topshirig‘ini barcha qatnashchilarga yetkazib, umumiy holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida Davlat rahbarining 2023-yil 21-noyabrdagi Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha kengaytirilgan, tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilishda Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Hakimov, Viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov, Viloyat Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Ismatillayevlar qatnashdilar. A.Hakimov majlisga raislik qildi shu kungacha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

👉
BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda Yer resusrlaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar.

🔹Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Namangan viloyati kadastr tizmida jadal ishlar ketmoqda.

🔹Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev, yuqoridagi belgilab berilgan topshiriqlarni joylarda, tuman filiallarida bajarilishini nazorat qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun boshqarmaning Uychi va Uchqo‘rg‘on filiallarida bo‘lib, ish jarayonlari va hujjatlar bilan tanishdi.

🔹Filiallarda yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar fermer xo‘jaliklariga chiqib joyida tanqidiy tahlil qilindi, mutaxassislarga va xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi, bajarilishi nazoratga olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar.

🔹Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimida jadal ishlar ketmoqda.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev, yuqoridagi belgilab berilgan topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun boshqarmaning Namangan tumani kadastr filialidagi ishlar bilan tanishdi va tuman Ishchi guruhi bilan joylarga chiqib ish tashkil qilindi.

🔹Masalan, Namangan tumani Xalq deputatlari kengashi vakillari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, tumanning “Sherbuloq” massivida joylashgan 45 dan ortiq yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Yerga oid birlamchi hujjatlarida kamchiligi bo‘lmagan 21 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi. Tuman ishchi guruhi tomonidan yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va tegishli mutaxassislarga topshiriqlar berildi, bajarilishi nazoratga olindi.

🔹Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ish tashkil qilinib, natijasi kunma-kun tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlarida kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni hisobini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dolzarb masala

🔹Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar.

🔹Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev yuqoridagi topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish uchun Namangan tumanida tuman Ishchi guruhi bilan birgalikda ish olib bordi.

🔹Ishchi guruh tumanning “Sherbuloq” massivida joylashgan 45 dan ortiq yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashib, yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Yerga oid birlamchi hujjatlarida kamchiligi bo‘lmagan 21 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida ijara shartnomalari imzolandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari jadal ketmoqda

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrida Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimda jadal ishlar ketmoqda.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat Ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun Namangan, Norin, Uchqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on va Yangi Namangan tumanlari filialidagi ishlar bilan tanishdi. Tuman Ishchi guruhlari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘zorlarga chiqib joyida shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

🔹Yer hisobini yuritish, yerdan foydalanuvchilarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari tuman filiallarida ham rejali ish tashkil qilingan bo‘lib, bu o‘z samarasini bermoqda. Masalan, kuni kecha Chortoq tumanida, xalq deputatlari tuman kengashi vakillari, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, “Hazratishox” massivida joylashgan 161 ta yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 33 nafar yеr egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

🔹Hozirgacha amalga oshirilgan ishlar natijasi Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining navbatdagi oltmish to‘rtinchi sessiyasida ko‘rib chiqildi. Unda tuman ishchi guruhi tomonidan yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va tegishli qaror qabul qilindi hamda bajarilishi nazoratga olindi.
Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ish tashkil qilinib, natijasi kunma-kun tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati #yer_hisobi

Maqsadimiz xalqimizga halol xizmat qilish

🔹Avval xabar berganimizdak bugun Kadastr agentligi direktorining joriy yilning 12-iyundagi tegishli buyrug‘i bilan Maxmudov Jobirxon Hamidjon o‘g‘li Kadastr agentligi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov tuman kadastr bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu buyruqni o‘qib eshittirdi.

🔹Boshqarma boshlig‘i, tuman kadastr tizimida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, kamchiliklar ham borligini taʼkidlab, yangi tayinlangan rahbar bilan hamjihatlikda astoydil ishlash zarurligini uqtirdi.   

🔹Avvalambor aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishga yo‘l qo‘ymasliklari, asosiy vazifa qilib belgilab berildi.

🔹Bo‘lim va filial rahbarlariga, mutaxassislarga soha oldiga qo‘yilgan Prezident topshiriqlarini, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlarini, ijrosini so‘zsiz bajarish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish o‘ta muhim jarayon

🔹Avval xabar berganimizdek Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazilgan va unda kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab va Ishchi guruh tashkil qilindi.

🔹Boshqarma boshlig‘i, Ishchi guruhi bilan tumanda ishlarni tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun Namangan, Norin, Uchqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Pop va Yangi Namangan tumani kadastr filiallarida bo‘ldilar. Tuman Ishchi guruhlari bilan fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘larga chiqib joyida shartnomalar tuzish ishlarini tashkillashtirildi.

🔹Birgina misol, Uchqo‘rg‘on tumanida, jami 4181 ta yerdan foydalanuvchilarning kadastr hujjatlari o‘rganib chiqish va ularni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib hozirga qadar 2455 tasi yoki 58% ro‘yxatdan o‘tdi.

🔹Kuni kecha xalq deputatlari tuman kengashi vakillari, kadastr xizmati, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda "Oltin vodiy" massivida joylashgan 54 ta yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 22 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

🔹Bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlar uchun o‘ta zarur bo‘lgan Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ishlar qizg‘in ketmoqda, natijalar har kun boshqarma boshlig‘i, viloyat Ishchi guruhi rahbari M.Tursunbayev tomonidan tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari jadal ketmoqda

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimida jadal ishlar ketmoqda.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat Ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun barcha 14 ta tuman filiallarining kunlik ishlar tahlil qilib borilmoqda. Fermerlar va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘ egalari bilan uchrashib, shu joyning o‘zida shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshirmoqdalar.   

🔹Masalan, bugunga qadar Namangan shahar filialida, xalq deputatlari shahar kengashi vakillari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, shahar atrofidagi “Sherbuloq”, “Bunyodkor”, “Orzu”, “Yuksalish” va “Semiztepa” massivlarida joylashgan 1455 nafar yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 470 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi. 

🔹Hozirgacha amalga oshirilgan ishlar natijasi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

🔹Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ish tashkil qilinib, natijasi kunlik tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_hisobi #kadastr

🌐 Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan tasdiqlangan 41-sonli yig'ilish bayonida berilgan vazifalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish maqsadida Namangan viloyatida olib borilayotgan ishlarni nazorat qilish va amaliy yordam berish maqsadida Mingbuloq va Namangan tumanlarida yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini o‘rganildi.

✔️Muammoli masalalarda amaliy yordam berilib, fermer, dehqon xo‘jaliklariga tegishli yer maydonlarini joyiga chiqqan holda yer egalari bilan yer ijara shartnomalar tuzish ishlari zarurligi haqida tushunchalar berildi.

🔼Hozirda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha viloyatning qolgan hududlarida ham o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Bu haqida qo‘shimcha axborot beramiz.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM