NAMANGAN KADASTR
1.17K subscribers
10.3K photos
932 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Forwarded from Adliya xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Farmon_va_ijro

📑O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni” 2021 yil 15 noyabrdagi O‘RQ-728-son Qonuni,

Ishtirokchilar: Yangiqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Parpiboyev

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari A.Ahmadaliyev

Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sh.Toshtemirov.
#Seminar #Farmon_va_ijro

Farmon va ijro

🔹 Bugun Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-avgustdagi «Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-198-sonli farmonidan kadastr tizimi uchun kelib chiqadigan vazifalarga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

🔹O‘quv seminarini boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi A.Nasriddinov olib bordi. Unda barcha tuman shahar filiallarining rahbar xodimlari, davlat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi mutaxassislar va kadastr muhandislari jami 55 nafar xodim qatnashdi.

🔹 Xabaringiz bor farmon bilan 2023-yilning 1-yanvardan boshlab Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi - UZKAD ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri hamda ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilandi.

🔹 Bunda UZKAD tizimiga “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestri, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestri, O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reyestri, «Davlat mulki» axborot tizimi, Garov reyestri, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning bo‘linmalari reyestri, litsenziyalar, ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlari va ko‘chmas mulk obyektlariga oid maʼlumotlar yuritilayotgan boshqa barcha Davlat axborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

🔹 Seminarda UZKAD tizimida ishlash qoidalari, tartibi va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimidagi maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi misollar bilan tushuntirildi.

🔹 Tadbir qatnashchilarining ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimida ishlashda uchrab turadigan bir qator muammoli savollariga mutaxassislar javob berdilar.

🔹 O‘quv-seminari qiziqarli va savol javoblarga boy va qatnashchilar uchun foydali bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook