NAMANGAN KADASTR
1.04K subscribers
10K photos
915 videos
9 files
4.24K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✔️Bugun "15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi markaziy apparatida "Biz ziyolilar oilasi" shiori ostida "Oila muqaddas dargoh" mavzusida ko'rik tanlov bo'lib o'tdi.

▶️Tanlovda agentlik markaziy apparatida faoliyat yuritadigan rahbar xodimlar hamda ulaning oila a'zolari ishtirokida turli xil musobaqalari o'tkazildi.

Ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan mazkur musobaqada ishtirok etgan barcha oilalarga esdalik sovg'alari tarqatildi. 💐

Shu munosabat bilan 🌟Kadastr agentligi jamoasi butun O'zbekiston ahlini "Xalqaro oila kuni" bilan tabriklab qoladi.

#Kadastr_agentligi #xalqaro_oila_kuni #tadbir

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🌟Kadastr agentligi tomonidan hududlarda olib borilayotgan kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda.

🌍 Yer strategik jihatdan eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shuning uchun yerlardan maqsadli va samarali foydalanishda qonuniylikni ta'minlash davlatning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. Qonunchilikda yerlarni o'zboshimchalik bilan egallaganlik, ulardan noqonuniy foydalanganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

➡️Mazkur video rolik orqali hududlarda kuchaytirilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari davomida amalga oshirilgan ishlar va ko'rilgan choralar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning uchunchi sonida:
📍 Jizzax viloyati hamda 📍Namangan viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #3_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" radiosi nigohida.

🫥Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Mirzabayev tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #radio

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

📝 Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

📰 Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida soʻz yuki, masʼuliyati mujassam. Bugun mana shu fazilatlarni o‘zining hayotiy va kasbiy aqidasiga aylantirgan soha vakillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha ijod ahlini samimiy muborakbod etamiz.💐

📝 Oʻtkir qalami va qudratli soʻzi bilan matbuotimiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, xalqimiz dardu tashvishlarini xolisona yoritishni oʻzlarining sharafli va muqaddas burchi, deb bilgan soha vakillarining mehnatini har qancha eʼtirof etsak arziydi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb egalarini bayram bilan samimiy tabriklab barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaydi.

#Kadastr_agentligi #Bayram_tabrigi #27_iyun

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🟢Bugun 2-iyul 🅰 O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 32 yil to‘ldi.

📄“O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

🅰 O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g'o'zа shoxlаri vа bаrglаri, tog'lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O'zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog'ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn.

#Kadastr_agentligi #davlat_ramzi #gerb

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇 🎤🎤🎤🎤

🏛Ko'chmas mulk obyektlarini birma-bir identifikatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o'tkazish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #matbuot_anjumani #infografika

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM