NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
934 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish


🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov ishtirokida Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

🔹Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Mingbuloq tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Profilaktik tadbirlar bilan birga filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Tadbir yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish


🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov ishtirokida Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.

🔹Bugun ana shunday tadbir viloyatning To'raqo'rg'on tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Profilaktik tadbirlar bilan birga filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Tadbir yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya – eng katta dushmanimiz 

🔹Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Tadbirlarda  boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov ishtirok etmoqda.

🔹Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Chust tuman filialida bo‘lib o‘tdi. Unda filial rahbari  ishtirokida fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Xodimlarning kadastr xizmati ko‘rsatish ishini yaxshilash bo‘yicha fikrlari va takliflari boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev tomonidan tinglandi va tegishli topshiriqlar berildi.    

🔹Profilaktik suhbat davomida so‘nggi yillarda kadastr sohasini takomillashtirish yo‘nalishida qabul qilinayotgan farmon va qarorlar haqida maʼlumot berildi. Shu bilan birga filialda xodimlar o‘rtasida korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar axloq odob normalariga, xizmat madaniyatiga va ijro intizomiga qatʼiy rioya etishlarini, ichki muhitni sog‘lomlashtirish va joylarda arxiv hujjatlarini saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi kabi masalalarga eʼtiborni kuchaytirish lozimligi tushuntirildi.

🔹Filialda Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining buyruq va ko‘rsatmalarining ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi.

🔹Topshiriqlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

 Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish

🔹Rejaga asosan Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidov va tuman rahbarlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar bo‘lib o‘tmoqda.

🔹Kuni kecha ana shunday tadbirlardan biri Pop tuman filialida aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan doimiy ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Unda fuqarolar murojaatlarni o‘rganish chog‘ida va ular bilan muloqot vaqtida xizmat madaniyatiga amal qilish, korrupsion vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida alohida uqtirildi.

🔹Profilaktik suhbat davomida xodimlarga muhtaram Prezidentimiz tomonlarida kadastr sohasiga berilayotgan katta ahamiyat, qabul qilingan farmon va qarorlar, filialda xodimlar o‘rtasida korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlar xizmat madaniyatiga va ijro intizomiga rioya qilishlarini, ichki muhitni sog‘lomlashtirish va joylarda arxivlar hujjatlarni saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi, kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi tushuntirildi.

🔹Tadbir davomida filialda Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari bajarilishi hamda ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Mehnat intizomini mustahkamlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Maqsadimiz sohada korrupsiyani oldini olish

🔹Avval xabar berganimizday Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev rahbarligida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan Namangan viloyati kadastr tizimida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar va xodimlar bilan individual tartibda profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.
🔹Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Norin tuman bo‘limi va filialida bo‘lib o‘tdi. Unda yangi tayinlangan filial rahbari ishtirokida aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.
🔹Tadbirda xodimlarning murojaatlar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari va korrupsion holatlarni oldini olishlariga ahamiyat qaratildi.
🔹Ishchi guruh tomonidan profilaktik tadbirlar bilan birga filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi.
🔹Shuningdek, filialda arxivlar hujjatlarni saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, xizmat madaniyatiga ahamiyat qaratilib, tahlil qilindi va tuman filiali rahbari hamda mutaxassislarga tegishli yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar berildi.
🔹Norin tumani filiali xodimlarining erishgan yutuqlar bilan bir qatorda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya illat, u bilan
kurashish esa mardlik

🔹Xabaringiz bor, sohadan korrupsiya illatini tag tomiri bilan yo‘q qilishga qaratilgan tezkor tadbirlar davom etmoqda.

🔹Kuni kecha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Rahimov rahbarligida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh Agentlik va Palataning To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi va filialida bo‘lib, unda jismoniy va yuridik shaxslar va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlovchi xodimlar, kadastr muhandislari va yer nazorati inspektorlari bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

🔹Tadbirda xodimlarning fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari va korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymasliklariga alohida ahamiyat berildi.

🔹Ishchi guruh tomonidan profilaktik tadbirlar bilan birga bo‘lim va filialda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Shu bilan birgalikda, arxiv hujjatlarining saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi yuzasidan mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹O‘rganish davomida aniqlangan  kamchiliklar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.   

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya – jamiyatni ichidan yemiradi

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati tizimida korrupsiya yo‘l qo‘ymaslik, uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar izchil davom etmoqda. Kuni kecha ana shunday tadbir viloyatning Uychi, Yangiqo‘rg‘on tumanlari hamda Namangan shahar bo‘lim va filiallari xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev rahbarligida, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari  M.Nurmatov va A.Obidovlardan iborat Ishchi guruh tomonidan yuqorida qayd etilgan bo‘lim va filiallardagi ishlar va jamoadagi muhit o‘rganildi.

🔹Bo‘lim va filiallar rahbarlari  ishtirokida, aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlovchi har bir xodim bilan yakka tartibda profilaktik suhbat o‘tkazildi.

🔹Ularga aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklari uqtirildi. Qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Ishchi guruh tomonidan profilaktik tadbirlar bilan birga filiallarda ijro va mehnat intizomining holati, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi.

🔹O‘rganish jarayonida arxiv hujjatlarining saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, xizmat ko‘rsatish madaniyatiga ahamiyat qaratildi va rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹Joylarda xodimlar ko‘targan masalalar va takliflar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.   

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya hamma vaqt taraqqiyot kushandasi bo‘lgan

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘lim va filialida bo‘lib, unda shaxsiy tarkib bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazdilar.

🔹Tadbirda xodimlarda korrupsiya illatining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik hisini shakllantirish maqsadida, kishilik jamiyatining har qanday tizimida, hayotda bu jirkanch yo‘lni tanlagan kimsalarning ayanchli qismati haqida gapirdi. O‘z hayot yo‘lini to‘g‘riso‘zlik, halollik va mehnatsevarlikka baxshida etgan fidoyi insonlarning el-yurt va jamiyatimizda ardoqlanganligini hayotiy misollar bilan so‘zlab berdilar.

🔹Suhbat jarayonida, kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash sohaning har bir xodimidan, xoh u kadastr muhandisi bo‘ladimi yoki bo‘lim boshlig‘imi, metin irodani va matonatni talab etishini, buning uchun xodimlardan bilim va oddiy insoniy bag‘rikenglikni, o‘z kasbiga nisbatan  hurmat va masʼuliyatni talab etishi taʼkidlab o‘tildi.

🔹Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, tamagirlik va firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari alohida tushuntirildi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi.

🔹Shu bilan birga, bo‘lim va filialda ijro va mehnat intizomining ahvoli, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining topshiriqlari ijrosi tahliliy va tanqidiy o‘rganildi. Shu bilan birgalikda, arxiv hujjatlarining saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, fuqarolar murojaatlarining asossiz rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

🔹Suhbat savol javoblarga boy, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiynayotgan dolzarb masalalar bo‘yicha atroflicha maslahatlar oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🆕 Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Bugun Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudovning topshirig‘iga asosan, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

✔️ Seminar treningda boshqarmalar rahbarlari B.Pazilov va M.Tursunbayevlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislar M.Nurmatov, A.Obidovlar, boshqarmalarning bo‘lim va sho‘ba boshliqlari qatnashdilar. Tuman (shahar) bo‘lim va filiallari xodimlari videoselektor orqali ulandilar. Tadbirda 350 nafardan ziyod kadastr xodimlari ishtirok etdilar.

✔️ Mashg‘ulot jarayonida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonlaridan tayyorlangan slaydlar namoyish etildi.

✔️ Seminar trening  mashg‘uloti davomida maʼruzachilar M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ Seminar yig‘ilishda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev barcha xodimlarga ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-trening mashg‘uloti savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar

Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma boshlig'i B.Pazilov boshchiligida tuman, shahar bo'lim boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o'quv-seminar o'tkazildi.

✔️ Unda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

✔️ Seminar jarayonida maʼruzachi M.Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga taqdimotlar orqali yetkazdi.

✔️ Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM