NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
921 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi “Zarbdor” MMTP hududida maxsus dronlar yordamida o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida, bo‘sh turgan yer maydonga “Ravnaq” MFYda yashovchi fuqaro R.Y. tomonidan 0.06 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy uy-joy qurish ishlari boshlanganligini aniqlandi.

🔹Bu bilan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda 3-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu modda tartibida bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima qo‘llanildi hamda qurilish ishlari to'xtatilib, huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

🔹Hozirgacha kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida tuman bo‘yicha jami 81 ta holatda 1,4 gektar yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo'limlari inspektorlari tomonidan hududlarda maxsus dronlar yordamida o'tkazilayotgan yer nazorati tadbirlari tafsilotlari Namangan viloyati teleradiokompaniyasining tezkor "Mobil xabarlar" dasturida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati #yer_hisobi

Maqsadimiz xalqimizga halol xizmat qilish

🔹Avval xabar berganimizdak bugun Kadastr agentligi direktorining joriy yilning 12-iyundagi tegishli buyrug‘i bilan Maxmudov Jobirxon Hamidjon o‘g‘li Kadastr agentligi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov tuman kadastr bo‘limi va filiali xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu buyruqni o‘qib eshittirdi.

🔹Boshqarma boshlig‘i, tuman kadastr tizimida mavjud yutuqlar bilan bir qatorda, kamchiliklar ham borligini taʼkidlab, yangi tayinlangan rahbar bilan hamjihatlikda astoydil ishlash zarurligini uqtirdi.   

🔹Avvalambor aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilishga yo‘l qo‘ymasliklari, asosiy vazifa qilib belgilab berildi.

🔹Bo‘lim va filial rahbarlariga, mutaxassislarga soha oldiga qo‘yilgan Prezident topshiriqlarini, Hukumat qarorlari, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi rahbarlarining topshiriqlarini, ijrosini so‘zsiz bajarish bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Kadastr sohasi – qonun ustuvor soha

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida tuzilgan 2 ta doimiy va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 14 ta Ishchi guruhlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda. 

🔹Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

🔹Masalan, Yangiqo‘rg‘on tuman “Zarbdor” MFY hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro A.Z. tomonidan 0.02 gektar yer maydonini egallab, uni atrofini poydevor beton bilan o‘rab olganligi aniqlandi. Ushbu fuqaroga Kadastr agentligi Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro A.Z. o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl xoliga qaytarilishini taʼminladi.

🔹Yana bir misol, Uchqurg‘on tumani “Chek” MFY, Mustaqillik ko‘chasi hududida fuqarolar B.P. va A.T. tomonida Uchqo‘rg‘on-Burilish avtomobil yo‘lining qatnov qismiga noqonuniy qurilmalar o‘rnatilganligi aniqlandi. Shuningdek, shu hududda joylashgan fuqaro T.Y. oshxona hududi o‘zboshimchalik bilan 120 m. kv. kengaytirilganligi va yo‘lovchilar yo‘li to‘sib qo‘yilganligi aniqlandi.

🔹Kadastr agentligi Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarga o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ravishda ogohlantirildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar o‘z hissobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl xoliga qaytarilishini taʼminladilar.

🔹Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Yer nazorati inspektorlari ish ustida

🔹Xabaringiz bor Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan jami 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda. 

🔹Ishchi guruhlar asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratmoqdalar.

🔹Masalan, bugun Kadastr agentligi Yangi Namangan tuman inspektorlari “Sherbuloq” MFY hududida, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro T.U. tomonidan 0.12 gektar yer maydonini egallab, uni atrofini poydevor beton bilan o‘rab olganligi aniqlandi.

🔹Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 60-modda 3-qismi (O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish) bilan BHM ning bir yuz ellik baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

🔹Inspektorlar tomonidan fuqaro T.U. ga o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro T.U. o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl xoliga qaytarilishini taʼminladi.

🔹Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, undan unumli foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

🔹Ushbu ishlarni samarali tashkil qilish uchun boshqarmada va barcha tumanlarida jami 16 ta Ishchi guruhlar tuzilib ular o‘z hududlarida yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.

🔹Bugun, ayni damda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining 1-Ishchi guruhi Toshkent-Namangan A-373 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni olib bormoqdalar.

🔹Xabaringiz bor A-373 avtomobil yo‘li serqatnov bo‘lib yo‘lga yaqin noqonuniy qurilgan har-xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘diradi.

🔹Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi ushbu avtomagistraling 283-284 kilometr oralig‘ida fuqarolar T.S. tomonidan 260 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 100 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan. Xuddi shu yerda fuqaro T.M. tomonidan 220 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shahobchasi qurgan. Ularga bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng huquqbuzarlikni o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har-xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

🔹Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra yer nazorat tadbirlari viloyatning Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Namangan va Norin tuman bo‘limlarda ham faol olib borilmoqda.

Bizdan uzoqlashmang, Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Yerlarini talon-taroj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

🔹Avval xabar berganimizdek bugun ham Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining 1-Ishchi guruhi Toshkent-Namangan A-373 avtomagistralining muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom etdirmoqdalar.

🔹Xabaringiz bor A-373 avtomobil yo‘li serqatnov bo‘lib yo‘lga yaqin noqonuniy qurilgan har-xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘diradi.

🔹Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi ushbu avtomagistraling 283-284 kilometr oralig‘ida fuqarolar J.M. tomonidan 280 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 150 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan. Xuddi shu yerda fuqaro O.V. tomonidan 140 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shahobchasi qurgan. Ularga bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng huquqbuzarlikni o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har-xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

Kuchaytirilgan
yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Bizdan uzoqlashmang!

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

A-373 avtomagistrali chetlari tartibga keltirilmoqda


🔹Bugun, ayni damda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining 1-Ishchi guruhi Toshkent-Namangan A-373 hamda 4R-112 avtomagistrali yo‘llarning muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirmoqda.

🔹Avtomobillar 100 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlanadigan serqatnov A-373 va 4R-112 avtomobil yo‘llari yoqasida noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirilgani aniq.

🔹Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi 4R-112 avtomagistralning 4-5 kilometr oralig‘ida yo‘l infratuzilmasiga yaqin joyga fuqaro J.D. tomonidan 250 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 110 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan. Yana bir misol fuqaro F.R. tomonidan yo‘lning qarama qarshi tomonida 210 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shoxobchasi qurgan. Ularga Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng, ular huquqbuzarlik oqibatlarini o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

🔹Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer nazorati

⁉️ Yer nazorati. Yo‘lga qurilgan somsaxona, hujjati qani?

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. 

✔️ Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

❗️ Masalan, To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Kalvak” MFY hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro A.Z tomonidan ko‘cha chetining 40 kv. metr yer maydonini egallab, somsaxona qurib olganligi aniqlandi.

❗️ Yana bir misol, tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Saroy” MFY hududida fuqaro B.P. tomonida To‘raqo‘rg‘on-Saroy avtomobil yo‘li yoqasida 120 kv.metr joyda noqonuniy qurilish boshlagani aniqlandi.

✔️ Ushbu fuqarolarga Kadastr agentligi To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar A.Z. va B.P. o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladilar. Fuqarolarga nisbatan MJtK ning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

‼️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

❗️ Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer nazorati

‼️ Sherbuloqda 2 gektarga yaqin zaxira yerga kim ko‘z olaytirmoqda.

💎 Bugun Kadastr agentligining Namangan tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davomida quyidagilar aniqlandi:

❗️ Tumanning “Sherbuloq” massivida davlat zaxirasida bo‘lgan 12 gektar yer maydoning 1,9 gektariga hozircha shaxsi aniqlanmagan fuqarolar tomonidan  hech bir huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan hovli joylar uchun beton poydevorlar qurilgani  va 0,48 gektar yerni devor bilan o‘rab olingani aniqlandi.

💎 Tuman kadastr bo‘limi, tuman IIB bo‘limi vakillaridan iborat tuman Ishchi guruhi tomonidan beton poydevorlar olib tashlandi va yer o‘z holiga keltirilmoqda.

💎 Hozirda tegishli huquqni himoya qilish organlari tomonidan “Sherbuloq” massivida 2 gektarga yaqin zaxira yerga kimlar ko‘z olaytirganiga aniqlik kiritilmoqda.

 💎 Bizni kuzatib boring! Bu masalaga yana bir bor qaytamiz va Sizlarga qo‘shimcha maʼlumotlarni yetkazamiz!

 ❗️ Yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM