NAMANGAN KADASTR
952 subscribers
9.38K photos
871 videos
9 files
4.03K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#yer_nazorati

Dron - yer nazoratida yordamchi

🔹Joriy yilning may oyi davomida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Norin tuman bo'limi inspektorlari tomonidan 45 ta holatda 3.9 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko'rildi.

🔹Masalan, Norin tumani, "A.Shamsiddinov" massivi, qishloq xo'jaligi xaritasining 2313-konturida joylashgan 0.06 gektar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan yer maydoniga "To'da" mahallasida yashovchi fuqaro T.Sh. tomonidan o'zboshimchalik bilan egallab, uy-joy qurilish maqsadida poydevor qurganligi aniqlandi.

🔹Aniqlangan holat yuzasidan MJtK ninig 60-modda 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Fuqaro tomonidan huquqbuzarlik holati bartaraf etilib, yer davlat zaxirasiga qaytarildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning uchunchi sonida:
📍 Jizzax viloyati hamda 📍Namangan viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #3_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Dron - yer nazoratida yordamchi

🔹Joriy yilning may oyi davomida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Uchqo'rg'on tuman bo'limi inspektorlari tomonidan 46 ta holatda 1.2 gektar yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlanib, tegishli tartibda choralar ko'rildi.

🔹Masalan, bugun Uchqo'rg'on tumani, "Guliston" MFY hududida maxsus dron hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida olib borilgan nazorat tadbirlarida qishloq xo'jaligi xaritasining 678-konturida joylashgan 0.02 gektar dala tomorqa yer maydonining 52 kv.m. qismiga fuqaro S.Y. tomonidan turar joy binosi qurilganligi aniqlandi.

🔹Ushbu holat yuzasidan ko'rilgan choralar natijasida huquqbuzarlik holati ixtiyoriy bartaraf etildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" radiosi nigohida.

🫥Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Mirzabayev tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #radio

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer nazorati natijalari va tahlillari

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Viloyatining 14 ta shahar va tumanlarida Ishchi guruhlar tuzilib, maxsus dronlar yordamida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹Aniqlangan yer qonun buzilishlar bo‘yicha planshetlardan foydalangan holda “E-YER NAZORAT” axborot tizimiga kiritilib, tegishli qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

🔹Hozirgacha kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida viloyat bo‘yicha jami 542 ta holatda jami 70,12 gektar yer maydonida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

🔹Shundan, 513 tasi yoki 13,2 gektari aholi yashash punkti yerlarida, 29 tasi esa yoki 56,9 gektari qishloq xo‘jaligi yerlarida sodir etilgan.

🔹Shuningdek, 0,75 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoniga noqonuniy qurilish aniqlangan 14 ta holat bo‘yicha Prokuratura organlariga huquqiy baho berish uchun nazorat dasturi orqali yuborildi.
  
‼️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Sizlardan noqonuniy qurilish qilmaslikni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmaslikni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlaringizni so‘rab qoladi.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Yer nazorati. Maqsadimiz - qonuniylikni ta’minlash

🔹Umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerlarni avaylab asrash, undan unumli foydalanish va o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining asosiy vazifasidir.

🔹Joriy yilning 1-may kunidan boshlab viloyatimizda kuchaytirilgan tartibda yer nazorati ishlari olib borilmoqda.

🔹Hozirgacha Viloyat bo‘yicha maxsus dronlar yordamida 95 marotaba uchishlar tashkil qilinib Ishchi guruhlar tomonidan 565 ta holatda 71,3 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #OAV_biz_haqimizda

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlarining tafsilotlari Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" dasturida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Yer_nazorati

Yerdan foydalanishda qonuniylik ta'minlanmoqda


🔷 Ayni kunlarda Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda uning tuman, shahar bo'limlari tomonidan viloyat hududida kuchaytirilgan tartibda yer nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Unda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

Dronlar yordamida yer nazorati tadbirlari olib borish;
Kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklarni aniqlash;
Inspektorlar aniqlagan holatlarni maxsus planshetlar yordamida tizimga kiritish va onlayn nazorat qilish;
Jinoyat alomatlari bor, yaʼni sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlarni Prokuratura organlariga yuborish.

🔷 Joriy yilning may oyida kuchaytirilgan tartibda olib borilgan yer nazorati tadbirlarida jami 652 ta holatda 74,7 gektar yerda huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Shundan
🔹175 ta ma'muriy jarimalar qo'llanildi;
🔹14 ta prokuratura organlariga yuborildi;
🔹3 ta majburiy bartaraf etish yuzasidan sudlarga davo arizasi kiritildi;
🔹101 ta holat huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etildi.


Eng ko‘p holatlar quyidagi tumanlarda qayd etilgan:
🔹Namangan tumani - 81 ta;
🔹Norin tumani - 65 ta;
🔹To'raqo'rg'on tumani - 59 ta;
🔹Uchqo'rg'on tumani - 57 ta.

‼️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi Sizlardan noqonuniy qurilish qilmasligingizni, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasligingizni va egalik huquqi mavjud bo‘lganda esa o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishingizni so‘rab qoladi.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #OAV_biz_haqimizda

Yer nazorati radio to'lqinlarida

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida Namangan teleradiokompaniyasining FM 103,6 "Oltin Zamin" radiosida ma'lumot berildi.

🔹Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farrux Mirzabayev tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_nazorati

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumandagi “Zarbdor” MMTP hududida maxsus dronlar yordamida o'tkazilgan yer nazorati tadbirlarida, bo‘sh turgan yer maydonga “Ravnaq” MFYda yashovchi fuqaro R.Y. tomonidan 0.06 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib noqonuniy uy-joy qurish ishlari boshlanganligini aniqlandi.

🔹Bu bilan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-modda 3-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu modda tartibida bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravari miqdorda jarima qo‘llanildi hamda qurilish ishlari to'xtatilib, huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

🔹Hozirgacha kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida tuman bo‘yicha jami 81 ta holatda 1,4 gektar yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook