NAMANGAN KADASTR
1.05K subscribers
10.2K photos
921 videos
9 files
4.28K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Kadastr #xalqaro_forum #fazoviy_ma'lumotlar

🇺🇿Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Mirsaid Mirmaksudov 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr va kartografiya federal xizmati taklifiga binoan Vladivostok shahrida bo‘lib o‘tayotgan VII Sharqiy iqtisodiy forumda (SHIF) ishtirok etmoqda.

Forum doirasida “Hududning kuchi: fazoviy maʼlumotlar Uzoq Sharq rivojlanishining kaliti sifatida” nomli sessiya tashkil qilingan bo‘lib, mazkur sessiyada ijtimoiy-iqtisodiy barqaror rivojlantirish va hududlarni investitsion salohiyatini oshirish maqsadida yer resurslari va fazoviy maʼlumotlarni boshqarish bo‘yicha xorijiy analog tashkilotlar rahbarlari va vakillari bilan aktual masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Xalqaro forumda kadastr🔹

💠 Bugun Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetida 20-21-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan “I TDIU taraqqiyot strategiyasi forumi: global va milliy iqtisodiyot trendlari” xalqaro forumining 2-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

💠 Forum dasturi doirasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan professor va ekspertlar iqtisodiyot, biznesni rivojlantirish hamda unga raqamli texnologiyalarni joriy etish mavzularida ma’ruza qilib, o‘zaro tajriba almashmoqdalar.

💠 Dasturga ko'ra sektorlarga bo'lingan holda, ayni dam Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyevning "Davlat xizmati: ko‘chmas mulkni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari" nomli ma’ruzasi taqdimoti boshlandi.

#Davkadstrpalata #xalqaro_forum
🔹Xalqaro forumda kadastr 🔹

💠 Xalqaro forum alohida sektorlarda xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori darajada o'tkazilayotgan amaliy seminarlarga boy o'tmoqda.

💠 Amaliy seminar davomida xorijlik mexmonlar va universitet talabalariga Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan "Davlat xizmati: Ko‘chmas mulkni boshqarishning zamonaviy tendensiyalari" mavzusiga ko'ra Kadastr tarixi va buguni, Respublikadagi ko'chmas mulklar, Yagona integrallashgan kadastr dasturi yo'nalishlarida ma'lumotlar taqdim etilmoqda.
#Davkadstrpalata #xalqaro_forum