NAMANGAN KADASTR
938 subscribers
9.26K photos
868 videos
9 files
4.01K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Tabrik

💐TABRIKNOMA💐

Assalomu aleykum, aziz hamyurtlar, qadrli hamkasblar!

🔵 Sizlarni va sizlar orqali oila a'zolaringiz va yaqinlaringizni, e’tiqodi mustahkam otaxon-onaxonlarimizni, aka-uka, opa-singillarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

🔵 Ushbu muqaddas ayyomda sizlarga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

🇺🇿 Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin!

🔵 Aziz hamkasblar! Sizlarni yurtga boʻlgan muhabbat va kasbga sadoqat tuygʻulari hech qachon tark etmasin. Ezgu intilish va ishlarimizda Alloh taolo hamisha madadkor bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon
Pazilov
#tabrik

💐TABRIKNOMA💐

Assalomu alaykum Hurmatli hamkasblar!

🟢 Barchalaringizni bugungi qalbimizga shodlik, dasturxonlarga baraka, oilamizga tinchlik neʼmatlarini olib keluvchi Iydi Ramazon hayiti bayrami muborak bo‘lsin!

🟢 Orzu-niyatlarimiz ijobat bo‘ladigan shu kunlarda, hammalaringizga Yaratgan buyuk zot sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, dasturxonlaringizga to‘kin-sochinlik bersin!

🟢 Hammamizni rizqimizning kelishiga sabab bo‘layotgan kadastr sohamiz yanada rivojlansin! xalqimizga Yurtimizga xizmat qilishimizda zafarlar yor bo‘lsin!

🟢 Azizlar iydi Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

Davlat kadastrlari palatasining
Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov.
#tabrik

TABRIKNOMA

Bugun Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Pazilov Bahromjon Bohodirovichning tavallud kuni.

Hurmatli Bahromjon Bohodirovich!

💐Sizni bugungi tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

💐Ushbu saodatli kunda Yaratgandan Sizga sihat salomatlik, uzoq va sermazmun umr, xonadoningizga tinchlik totuvlik va barcha boshlagan xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Baxt va omad yor bo‘lsin!

Matbuot xizmati
.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #mustaqillik_bayrami #32_yil #tabrik

💐🌟Kadastr agentligi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni  Mustaqilligimizning
32 yilligi bilan muborakbod etadi.

🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy, osmonimiz musaffo va xalqimiz omon bo‘lishini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿 VATANIMIZ DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGANLIGINING 32 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_kuni #tabrik #kadastr

🌍22 aprel – Butunjahon Yer kuni

TABRIKNOMA

Hurmatli hamyurtlar, aziz hamkasblar!

🔹Bugun 22 aprel – Butunjahon Yer kuni bayramini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayram Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan, va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab  nishonlanmoqda.

🔹Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yilning 22- aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashdan maqsadi, sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzod va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishdir.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_kuni #soha_a_lochisi #tabrik

MUKOFOT MUBORAK!

🌍Bugun Kadastr agentligi direktori F.J.Pulatov boshchiliklarida 22 aprel – “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kadastr sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan xodimlar sohaning “Soha aʼlochisi” va “Soha iftixori” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🔹Taqdirlanganlar qatorida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yetakchi inspektori Jobirxon Maxmudov ham “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli hodisa bo‘ldi.

🔹Biz ham ko‘p sonli hamkasblari nomidan Jobirxon Maxmudovni sohaning yuksak mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz. Sihat salomatlik, faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Mukofot muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#tabrik

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli hamyurtlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🇺🇿Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

🇺🇿Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni  muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev