NAMANGAN KADASTR
938 subscribers
9.13K photos
856 videos
9 files
3.99K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #savol_javob #farmon

САВОЛ:

ПФ-6243-сон Фармонда аввал берилган ерга умрбод эгалик ҳуқуқи сақлаб қолиниши айтилган. Агар ушбу ерни сотмоқчи ёки мерос қилиб қолдирмоқчи бўлсам бу ҳуқуқ ўзгармайдими?

ЖАВОБ
:

Фармонга мувофиқ 2021 йил 1 августдан бошлаб мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик, доимий эгалик, вақтинча фойдаланиш ҳуқуқи билан ер ажратиш тартиби бекор қилинади, бунда илгари ажратилган ер участкаларига бўлган бундай ҳуқуқлар уларнинг эгаларида амалдаги тартибда сақланиб қолиниши белгиланган.

‼️ Шунга мувофиқ, мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик ҳуқуқи билан расмийлаштирилган ер участкасида жойлашган бино-иншоотлар бегоналаштирилганда ушбу ер участкаси ҳам янги мулк эгасига ўтади.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг
Telegram Instagram YouTube Facebook
#Savol_javob

Savol: Otamning fermer xo‘jaligi bor, lekin otam pensiya yoshida. Ushbu xo‘jalikni farzandlariga qaysi tartibda xatlab berishlari mumkin.

Javob: O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga ko‘ra,

Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘zining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga ko‘ra o‘z oila aʼzolaridan biriga qonunchilikka muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin.

Matbuot xizmati.
#Savol_javob

Savol: Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun o‘zim yashayotgan hududga yaqin joydan yer olmoqchi edim. Buning uchun qayerga va qanday tartibda murojaat qilishim kerak?

❗️Javob: Hozirgi kunda dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlari fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

Tanlovda dehqonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, “daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.

Ushbu elektron tanlovda ishtirok etib dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlarini olishingiz mumkin.

🔹Tanlovga joylashtirilgan yer uchastkalari haqida maʼlumotlar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Matbuot xizmati.
#Savol_javob

САВОЛ: Тузилган ижара шартномасини Давлат рўйхатидан ўтказилиши учун қанча муддатга тузилган бўлиши керак?

ЖАВОБ: Бир йилдан ортиқ муддатга тузилган кўчмас мулк объектларини ижарага бериш шартномаси давлат рўйхатидан ўтказилади. Шартнома давлат рўйхатидан ўтказилган вақтдан эътиборан тузилган деб ҳисобланади ва кучга киради.

(Ўзб.Рес. Вазирлар Маҳкамасининг 02.09.2020 йилдаги 535-сонли қарори)

Telegram Instagram Facebook
#Savol_javob

❗️Uy-joyimning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘ydim. Uni qayta tiklash jarayoni haqida ma’lumot bering.

🔅
Javob:

📌Ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti istalgan hududdagi Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron ariza berish yo‘li bilan qayta rasmiylashtirib olinishi mumkin. Bunda kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi, ariza ikki ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

⚡️Eslatma: Ariza rasmiylashtirish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori.

Telegram Instagram Facebook
#Savol_javob

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB:

🔹Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

🔹 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

🔹 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

🔹 Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📤 SAVOL: Uyimning orqa tarafida 2 sotix yer bor edi,10 yil oldin texnik kadastr qildirganman, shuni hozir auksion savdosiga qo'yamiz deyishyapti. Shuni tartibi haqida tushuntirib bering.

✍️ JAVOB: Qonunchilikka ko'ra, agar texnik hujjatda ushbu yer maydoni ko'rsatilgan bo'lsa auksion savdolariga chiqarilmaydi, hech qanday hujjat mavjud bo'lmagan holatda mazkur yer maydoni zaxira yer maydoni hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 685-sonli qaroriga asosan auksion savdolariga chiqarilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

****

👉@Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB:

🔹Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak.

🔹 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

🔹 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

🔹 Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
▪️@Dkpuz_bot - javob beradi▪️

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatingizga ko'ra, yer mulkingizda hech qanday o'zgarish bo'lmaganligi hisobga olinadigan bo'lsa, ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr pasporti mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar mavjud bo‘lmaganda, kadastr pasporti yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda hamda fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI (Муножатхон Садриддиновна)
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

✉️  SAVOL: Ko'chma savdo do'konlari uchun kadastr pasporti tayyorlashni qanday shartlari bor?

✍️JAVOB:  O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko'ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi,

Qonunchilikka ko'ra, ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyini ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

****

👉 @Dkpuz_bot 👈  yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga  mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@Dkpuz_bot - javob beradi

📧 SAVOL: Turar joyim 2017-yil davlat ro'yxatidan o'tgan. Yer mulkimda hozirgi kungacha hech qanday o'zgarish bo'lmagan. Lekin men huddi shu uy-joyimga qaytadan ko'chirma olmoqchi bo'lsam xizmat uchun yana pul to'lashim kerak bo'ladimi?

✍️ JAVOB: Murojaatga ko'ra, avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reyestriga kiritish va reyestrdan koʻchirma berish davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qaroriga muvofiq yig‘imlar undirilmaydi.

************

👉 @Dkpuz_bot 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #savol_javob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM