NAMANGAN KADASTR
938 subscribers
9.13K photos
856 videos
9 files
3.99K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🗓Bugun – O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni

💼 Hurmatli Kasaba uyushmalari xodimlari!

🔹 Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan tabriklaymiz hamda xodimlarning mehnat faoliyati, ularning haq-huquqlarini himoya qilish yo'lidagi sa'y-harakatlaringiz bardavom bo'lishini tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

7-may — Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni


🫥 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023-yildagi PF-76-son Farmoni bilan yurtimizda 7-may Oʻzbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni deb eʼlon qilindi.

🕐 Barchamizga maʼlumki, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining rivojlanishi dunyo iqtisodiyotining oʻsishiga bevosita ijobiy taʼsir oʻtkazadi. Hozirgi tezkor rivojlanish davrida, qayerda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari hayotga izchil tatbiq etilsa, oʻsha joyda oʻsish boʻladi. Bu sohaning turli faoliyatlarga joriy qilinishi iqtisodiy oʻsish va davlatning ilmiy-texnik rivojlanishida bosh omil vazifasini oʻtaydi.

🪐 Bugungi kun munosabati bilan aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari oʻrtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va servislardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishda ter toʻkib kelayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi vakillarini muborakbod etamiz. Raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish, sohaga yangiliklar olib kirishda yanada muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

17-iyun - Butunjahon cho'llanish va qurg'oqchilikka qarshi kurash kuni


🌐 Ushbu xalqaro sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1995-yil 30-yanvarda ta’sis etilgan bo‘lib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan tanlangan. O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida birinchilar qatorida BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konvensiyasiga a’zo bo‘lgan.

💦🌫 O'tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, bir daqiqada O‘zbekistonning 9 kvadrat metr hududi cho‘llanib boryapti. Har soniyada dunyo bo‘ylab 23 gektar cho‘llanib boryapti. Bu holat davom etaversa, 2050-yilga borib, Yer yuzining 95 foizi cho‘llanishi va bu 3 milliarddan ziyod odamni oziq-ovqat tanqisligida qoldirishi mumkin.

◼️Qurg‘oqchilik va cho‘llanishga qarshi kurash Markaziy Osiyo va O‘zbekiston uchun hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Shu sababli, Davlat kadastrlari palatasi jamoasi har bir fuqaroni tabiatga yaxshi munosabatda bo‘lishga va suv resurslaridan oqilona foydalanishga chorlab qolamiz.

#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM