NAMANGAN KADASTR
938 subscribers
9K photos
844 videos
9 files
3.95K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Kadastr #9_may #ajdodlar_jasorati_mangu_barhayot

🇺🇿Ajdodlarimiz xotirasi aziz – jasorati mangu

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun boshqarma boshlig‘i Bahromjon Pazilov boshchiligida 9-may“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlar jasorati mangu barhayot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda  Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Q.Gapparov, afg‘on urushi qatnashchilari hamkasblarimiz podpolkovnik A.Obidov, oddiy askar B.O‘rinbayevlar hamda boshqarma bo‘lim boshliqlari, mutaxassislari va inspektorlar ishtirok etdilar.

🔹Boshqarma boshlig‘i B. Pazilov o‘zining kirish so‘zida 1941 – 1945 yillarda bo‘lib o‘tgan Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 78 yilligi munosabati bilan barchani samimiy tabrikladi.

🔹“1941 yil 22 iyunda fashistlar Germaniyasi SSSR ga qo‘qqisdan hujum qilib urush boshladi. Urush O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonat ko‘rsatib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabani taʼminlashga munosib hissa qo‘shdi. Urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonliklarning yarim milliondan ortig‘i halok bo‘ldi, 133 mingga yaqini bedarak yo‘qoldi, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytdi.

🔹Urush olovi ichida qolgan hududlardan yurtimizga 1 million nafardan ortiq kishi ko‘chirib keltirildi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. xalqimiz ularga boshpana berib, so‘nggi burda nonini ham baham ko‘rib, ota-onasidan ajralgan bolalarni o‘z farzandlari qatori tarbiyasiga olib, butun dunyoga haqiqiy insonparvarlik fazilatlarini namoyish etdi – dedi B.Pazilov.

🔹Tadbirda so‘z olgan Q.Gapparov “Fursatdan foydalanib 1979 -1989 yillarda Afg‘oniston diyorida bo‘lib o‘tgan qonli mojarolarda qatnashib o‘zlarining baynalminal burchlarini ado etgan, biz bilan yonma-yon ishlayotgan qaxramonlarimiz hamkasblarimiz isteʼfodagi podpolkovnik Abduraxim aka Obidov va oddiy askar Botirjon O‘rinbayevlarni bugungi bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga sihat salomatlik, uzoq umr, oilalariga tinchlik xotirjamlik tilaymiz!" – dedi.

🔹Boshqarma korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis isteʼfodagi podpolkovnik Abdurahim aka Obidov so‘zga chiqib, xizmat vaqtida Afg‘onistonda ko‘rgan voqealarni gapirib hammani ayniqsa yoshlarni tinchlikni qadriga yetish, yaratilgan sharoitlarga shukronalikka va xalqimizga halol xizmat qilishga chaqirdi. Ko‘rsatilgan eʼtibor va qimmatbaho sovg‘alar uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining rahbarlariga va viloyat rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #9_may #ajdodlar_jasorati_mangu_barhayot

🇺🇿Ajdodlarimiz xotirasi aziz – jasorati mangu

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari uchun boshqarma boshlig‘i Bahromjon Pazilov boshchiligida 9-may“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlar jasorati mangu barhayot” mavzusida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirdan videolavha.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💐 9 – Xotira va qadrlash kuni 💐

Aziz yurtdoshlar!

🌟 Kadastr agentligi jamoasi 9 may - Xotira va Qadrlash kuni bilan tabriklaydi. Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo, xalqimiz abadiy bo‘lsin!

#Kadastr_agentligi #9_may

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM