NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.68K photos
898 videos
9 files
4.13K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FlowerFestNamangan #flower_fest_63

Gullar diyori Namangan yana Sizni chorlaydi.


🔹2024-yil 19-maydan 23-iyunga qadar o‘tadigan 63-xalqaro “Gullar festivali”ga marhamat!

🔹Bu yil yana-da zo‘r bo‘ladi.

🔹Keling, ko‘ring, o‘zingiz guvoh bo‘ling!

🔹Barchangizni Namanganda kutamiz!

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.
#FlowerFestNamangan #flower_fest_63

Namanganda bo‘lib o‘tadigan 63-xalqaro “Gullar festivali” boshlanishiga 1 kun qoldi

🔹Barcha yurtdoshlarimizni va uzoq-yaqindan kelgan aziz mehmonlarni ertaga, yaʼni, 19-may kuni soat 10:00 da Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat bog‘i kirish darvozasi oldida boshlanadigan festivalning tantanali ochilish marosimiga lutfan taklif etamiz.

🔹Huddi shu vaqtda Namangan xalqaro aeroporti oldidan anʼanaviy avtoparad ham yo‘lga chiqadi. Uning harakatini Davlatobod tumani, Yangi Namangan tumani hamda Namangan shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab kuzatishingiz mumkin.

Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#FlowerFestNamangan #flower_fest_63

🌹Namanganda 63-xalqaro "Gullar festivali" tantanali ravishda boshlandi.

Telegram | Instagram | Facebook
#FlowerFestNamangan #flower_fest_63 #маънавиятвамаърифат

🇺🇿 Xalq bilan, Yurt bilan hamnafas - kadastrchilar

🌹Namanganda har yili anʼanaviy o‘tkaziladigan 63-xalqaro gullar festivali tantanalari boshlandi.
Gullar shahri Namanganda go‘zallik va nafosat, qadriyat va muhabbat ramzi sanalgan gullarga alohida mehr qo‘yilgan. Har bir ko‘cha, xiyobon, tashkilot atrofi, xonadonlargacha chamanzor gulga burkangan.

🌹Taʼkidlash joizki, Namangan shahrida ilk bor gul ko‘rgazmasi 1961-yil tashkil etilib, u bayram sifatida anʼanaga aylandi. Keyingi uch yil ichida bog‘, gulchilik, gullar festivali misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.

🌹Gullar bayrami Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘idagi tashabbusi bilan 2018-yildan eʼtiboran “festival” maqomiga ega bo‘ldi va xalqaro miqyosda o‘tkazila boshlandi. Gul sayillariga qo‘shni davlatlar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, qolaversa Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Xitoy, Koreya, Pokiston, Turkiya, Hindiston kabi 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurdi va bu kabi mehmonlar oqimi davom etmoqda.

🌹Xalqaro gullar festivali tantanalari Namangan xalqaro aeroporti hududidan gullar avtoparadi bilan boshlandi. Unda davlatimiz bayrog‘i bilan bezatilgan anvoyi gullarga burkangan 200 dan ortiq transport vositalaridan iborat mashinalar karvoni tadbirni boshlab berdi.

🌹Dunyoning manaman degan davlatlari parad orqali o‘z harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilayotgan bir davrda, bizning tinchliksevar O‘zbekistonimizda gullar paradi orqali go‘zallikni, tinchlikni butun jahonga tarannum qilinmoqda.

🌹Bayram tadbiriga yig‘ilganlar Bobur bog‘ida tashkilotlarning gullar ekspozitsiyalari, shahar va tumanlarning o‘ziga xos anʼanalarini o‘zida ifoda etuvchi turfa gul dekoratsiya va kompozitsiyalari bilan tanishib, estetik go‘zallikdan bahramand bo‘lmoqdalar.

🔵 Bu tadbirlarda xalq bilan, yurt bilan hamnafas ishlayotgan - Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari ham o‘zlarining chiroyli gullar kompozitsiyasi bilan qatnashib, o‘zlari uchun ajratilgan bog‘ning markaziy joyni turfa gullarga burkadilar.

🌹Yurtimizdagi gulchilik anʼanalarini, qolaversa, Namangan viloyati shahar tumanlarining sayyohlik salohiyatini oshirish hamda ichki va tashqi turizm rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan 63-anʼanaviy xalqaro gullar festivali tadbirlari 23-iyunga qadar davom etadi.

🌹Hurmatli hamkasblar! Barchangizni gullar festivaliga oila aʼzolaringiz bilan taklif etamiz! Bo‘sh vaqtingizni va mehnat taʼtilingizni Namanganda maroqli o‘tkazing!

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook