NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
935 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Advokat ma’lumotlariga qo‘shimcha tuzatish▪️

▶️ Bugun, ijtimoiy tarmoqlar orqali advokat Davron Tadjiev tomonidan Uyni kadastri bo‘lmasa – qanday yo‘l tutish kerak - mazmunidagi savolga tayyorlangan videosyujetdagi ma’lumotga biroz tuzatish kiritishni lozim topdik.

Zero, aniq yo‘naltirilmagan ma’lumotlar tufayli fuqarolarda sarsongarchilik yuzaga kelmoqda.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

◼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

📃Ko‘chmas mulkka bo‘lgan umumiy birgalikdagi mulk huquqining yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan birining arizasi asosida mulkdorlar nomiga huquqni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan ulushlarda amalga oshiriladi.

➡️ Agar ulushli mulk huquqi ishtirokchilari o‘zaro kelishuv bo‘yicha umumiy binoning va inshootning alohida qismlaridan o‘z ulushlariga muvofiq foydalanish tartibini belgilagan bo‘lsa, bunday kelishuv ularning murojaatiga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_ma_lumot

📝 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣ ko‘p kvartirali uydagi kvartira -3 ish kunigacha.

2️⃣ yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

🏢 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha.

2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha.

3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha -10 ish kunigacha.

4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha.

5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 20 ish kunigacha.

6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 25 ish kunigacha.

7️⃣ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 3 ish kunigacha.

💳 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM