NAMANGAN KADASTR
1K subscribers
9.7K photos
903 videos
9 files
4.14K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Yer_nazorati

O‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalar bartaraf etilmoqda


🔹Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining Mingbuloq tumani bo‘limi yer nazorati inspektorlari tomonidan tumanning “Qo'riqobod” MFY hududidagi yer nazorati tadbirlarida yer qonun buzilish holati aniqlandi.

🔹Fuqaro B.A. tomonidan MFY hududidan oqib o'tuvchi "Y.Oxunboboyev" nomli kanal himoya mintaqasining 200 kv.m qismiga o'zboshimchalik bilan bino inshootlar qurilganini aniqlandi. Inspektorlarning ko'rgan tezkor choralari natijada fuqaro o‘z hisobidan o‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qurilishlarni buzib, bartaraf etdi.

❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Yer maydonlarini qonunchiligimizda belgilangan tartiblarda olish va undan foydalanishingizni so‘rab qolamiz.

🔹Yer nazorati tadbirlari Viloyat bo‘ylab davom etmoqda.   

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#infografika

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2024-yil 25-26 mart kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish uchun belgilab bergan chora-tadbirlari.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

◾️ Yer munosabatlarini tartibga solishda Koreya Respublikasi tajribasi o‘rganilmoqda◾️

Ma’lumki, 🇰🇷 Koreyada manzillar tizimi dunyoda tan olingan va TOP-10 davlatlar qatorida turadi. Koreyada manzillar tizimi konsepsiyasi 3 ta asosiy tamoyilga asoslangan. Jumladan, xavfsiz manzil, oson manzil, to‘liq manzil tamoyillarida amalga oshiriladi.

🇺🇿 O‘zbekiston aholisi kun sayin ortib, shaharlar kengayib, yangi massivlar, mahallalar, ko‘chalar paydo bo‘layotgan bir paytda sinovdan o‘tgan va samara berayotgan 🇰🇷 Janubiy Koreyaning tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lib, kelajakda albatta, o‘z samarasini beradi.

➡️ Batafsil: UzA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Yangi qonunlarni o'rganamiz


“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan ayrim ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

🔹Fuqarolik kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, jismoniy shaxs pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga yoki soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmasa, sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz deb topilishi mumkin.

🔹Soliq kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan barcha turdagi joriy soliq to‘lovlarini to‘lash, sud ajrimi asosida joriy etilgan sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv tartib-taomilining muddatida to‘xtatib turiladi (bundan mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar solig‘i, shuningdek ijtimoiy soliq mustasno).

🔹Bu holda sud sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining yoki tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlagan va to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqargan sanadan e’tiboran mazkur soliq qarzlari 6 oy ichida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.

🔹Shuningdek, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag‘larining qarzni to‘lashga yo‘naltirilgan qismi daromad sifatida hisobga olinmasligi belgilandi.

🔹“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, sud boshqaruvchisi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish jarayonida o‘z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun da’vo arizalar hamda boshqa arizalar bilan davlat bojini to‘lamasdan sudga murojaat qilishi mumkin bo‘ldi.

Asos: O‘RQ–911-son, 22.02.2024-y.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi vakillari LX malaka oshirish institutida bo'lishdi. Tadbirda LX malaka oshirish instituti rahbari SINJONG PARK ishtirok etib Agentlik mas'ullariga institut faoliyati haqida ma'lumot berishdi.

💠Tadbir davomida LX institutining muzeyi, ma'lumotlar markazi, LX Studiyasi, kutubxona hamda malaka oshiruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

Yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquq tartiblari belgilanmoqda

🏠 O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalariga qaratilgan qonun loyihasi 🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilinib, ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda. Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan mazkur qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

📄 Shuningdek, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish asoslari, ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ijara huquqi e’tirof etilgan yer uchastkasini xususiylashtirish tartiblari nazarda tutilmoqda.

➡️ Batafsil: Uza maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

YER KODEKSINI O'RGANAMIZ

1-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari

🔹Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

🔹Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Mulohaza vaqti

Yer - sayyora yuzasining bir qismi, mulk. Yerning egalik qilinadigan mulk subyekti ekanini va uning nazorati zamonaviy jamiyatning negizi ekanligi haqidagi nazariya uni yuqori darajada isloh qilishga arziydi.

🖌 Ambroz Birs

#DavKadastrPalata #ibratli_fikrlar #aforizmlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soati bo'lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng yig‘ilishda so‘z olgan boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar hamda Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi Sh.Toshtemirovlar tashkil qilinayotgan Siyosiy-ma’rifat soati har bir davlat xizmatchisining ma'naviy, siyosiy bilimini oshirib borishidagi o'rni haqida o'z fikrlarini bildirdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔴 Jonli efirda - Kadastr yangiliklari

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonidagi davlat xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishiga taalluqli maqsadlar yuzasidan “Aholi va tadbirkorlarga zamonaviy kadastr xizmatlari ko‘rsatish uchun yaratilgan qulayliklar” mavzusida Namangan teleradiokompaniyasining FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosida suhbat bo‘lib o‘tdi.

🔹Ushbu suhbatda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Ibrohim Usmonov yuqoridagi mavzu yuzasida jurnalistlarning savollariga jonli efirda javob berdi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#seminar

Zamonaviy geodezik o‘lchovlarni o‘rganamiz

🔹Bugun Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov topshiriqlariga asosan Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ishlab chiqarish uchun ajratilgan yangi zamonaviy geodezik o‘lchov uskunalari o‘rganish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil qilindi.

🔹Unda Respublika  Aerogeodeziya markazida Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan GNSS stansiyalarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Allaev tomonidan yangi o‘lchov metodlari o‘rgatildi.

🔹Boshqarmaning barcha 30 nafardan ortiq topograf mutaxassislari ishtirok etgan ushbu seminar qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook