NAMANGAN KADASTR
1.2K subscribers
10.3K photos
934 videos
9 files
4.32K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 🌟Kadastr agentligi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotining 2024-yilga mo‘ljallangan ISh REJASIga muvofiq Agentlik markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlaridagi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlari bilan “ZOOM” platformasi orqali yig'ilish bo'lib o'tdi.

💠 Yig'ilishda kun tartibiga muvofiq joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar, yillik ish-reja va takliflari yuzasidan ma'lumotlar tinglandi hamda tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 2 806 ta yer maydonlari ochiq auksionlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron savdolarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 278 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 227 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 155 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 170 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 338 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'g'on tumanidan 303 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 333 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 155 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 584 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 263 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi 15-sonli farmoni asosida yangi tartibda ochiq elektron savdoga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12, 99-207-36-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma'lumot olishda ariza beruvchi ma’lumotnomani olish uchun qayerga murojaat qilishi mumkin

Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma'lumot olishda ariza beruvchi ma’lumotnomani olish uchun 😄Davlat ximatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Bunda ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berganda:

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Shakllangan invoys bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi;

3️⃣ Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan QR-kodli ma’lumotnoma yuklab olinadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.


“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namanganda Nanay - Kerben chegara postining faoliyati tiklanadi

Xabaringiz bor, Yurtboshimiz Namanganga tashrifi chog‘ida qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi bilan bog‘lovchi Nanay- Kerben chegara posti faoliyatini tiklash yuzasidan vazifalar belgilab bergan edilar.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur manzilda Tuman hokimligi, Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi, Viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda chegarachilar bilan uchrashib, chegara postini tiklash rejasi bilan tanishdi.
Mutasaddilarga tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Xususiy mulkni “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish yoki ijaraga berish mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.10.2023-yil 540-sonli qaroriga asosan, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

narxni oshirib borish tamoyili asosida;
eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

❗️ Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🔹savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
🔹savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
🔹to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-son qarori, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qaroriga muvofiq 🌟Kadastr agentligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarga bir necha turdagi o'lchov qurulmalari hamda dasturiy ta'minotlar yetkazib berildi.

➡️Bular:
40 ta - Leica Viva TS07 Elektron taxeometr;
62 ta - STEK SV1,
58 ta - I90 GPS priyomnik (baza+rover);
118 ta - KOLIDA GNSS K7 GPS priyomnik (baza+rover);
100 ta - A6001P GPS (Yerlarni o'lchash uchun);
10 ta - "Stalker" 80-24 Trassa qidirgichlar;
43 ta - GAT platformasi GAT (panarama) dasturiy ta'minotlari.

📍Mazkur texnika va dasturiy ta'minotlardan foydalanish bo'yicha Agentlikning tegishli tuzilmalari rahbar va xodimlari tomonidan o'quv seminarlari o'tkazilib, texnika va dasturiy ta'minotlardan maqsadli foydalanish tushuntirildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil makon” loyihasi. Ekilgan daraxtlarni parvarish qilishga kimlar masʼul? 

Qonunchilikka ko‘ra, daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirishga quyidagilar masʼul hisoblanadi:

🔹Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi tashkilotlar.

🔹Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi tashkilotlar.

🔹Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.

🔹Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari.

🔹Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tashkilotlari.

🔹Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy davlat hokimiyati organlari va suv xo‘jaligi organlari.

🔹Fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.

🔹Zaxira yerlarda — mahalliy davlat hokimiyati organlari.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi xodimlari 🇰🇷Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligi Yer va fazoviy maʼlumotlarni axborotlashtirish (LX) korporatsiyasining Seuldagi Global markazida malaka oshirdi.

Malaka oshirish kurslari 20-29 mart kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik masʼullari:

📱 Koreya manzillar reestri tizimi bilan tanishuv;
🌐Koreya yer siyosati va kadastr tizimi bilan tanishuv;
🌐Fazoviy maʼlumotlar yo‘nalishida kadrlarni tayyorlash siyosatini joriy etish;
🗺Koreyaning geofazoviy axborot siyosatining joriy holati;
⌨️Sunʼiy yo‘ldosh tasvir platformasi va tasvir tahlilini joriy etish;
📍Ko‘chmas mulk hujjatlarining tizimi bilan ishlash kabi mavzular bo‘yicha malakali mutaxassislar hamda professor o‘qituvchilardan bilim va ko‘nikmalar oldi.

Shuningdek, Geofazoviy axborot akademiyasi, LX malaka oshirish instituti, Milliy geografik axborot instituti (NGII), Incheon Metropolis shahri yer departamenti, Smart Seul hamda Koreya hududlarni rivojlantirish muzeyi faoliyati bilan tanishildi.

Malaka oshirish kurslari yakuni bo‘yicha agentlik masʼullari sertifikatga ega bo‘lishdi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM