NAMANGAN KADASTR
1.14K subscribers
10.2K photos
929 videos
9 files
4.31K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: namangandkp@kadastr.u
Download Telegram
#Seminar

Yurt bilan, xalq bilan hamnafas kadastrchilar

🔹Davlat kadastrlari palatasi rahbariyatining tegishli topshirig‘iga asosan Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi hamda 2018-yil 14-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 1010-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida Namangan viloyat boshqarmasi, tuman, shahar filiallarida, joylarda yanvar oyining birinchi yarmida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹O‘rganish davomida tuman va shahar hokimliklaridagi shu yo‘nalishga biriktirilgan masʼullari bilan hamkorlikda ish tashkil qilindi. Unda DKPning Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov ishtirok etib, barcha turdagi ko‘chalarni elektron maʼlumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.

🔹O‘rganish natijalari bo‘yicha Namangan viloyatning barcha 12 ta hududlardagi filiallar xodimlari ishtirokida seminarlar tashkil qilindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Milliy_yer_hisoboti #seminar

Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qaroridagi Nizom talablari asosida ish yuritish hamda “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔹O‘quv-seminarida boshqarmaning Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i O.Usmonov tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini yuritish bo‘yicha tushunchalar, tavsiyalar berildi.

🔹Seminar ishtirokchilari amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #seminar

Zamonaviy geodezik o'lchov uskunalaridan foydalanish bo'yicha amaliy seminar

🔹Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga asosan DKPning Namangan viloyati boshqarmasi uchun berilgan STEC, KOLIDA, ТС-07 kabi jami 16 ta zamonaviy, yangi avlod o'lchov vositalaridan foydalanishni o'rgatish uchun boshqarmaning tuman va shahar filiallarida faoliyat olib borayotgan topograflarga amaliy seminar tashkil etildi.

🔹Seminar Davlat kadastrlari palatasi Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev, "Geomotic WORLD" MCHJning malakali mutaxassislari hamda boshqarmaning Topografik va kartografik xaritalarni tayyorlash sho'basi boshlig'i A.Raxmatov, bosh mutaxassisi O.Zoxidovlar boshchiligida o'tkazildi.

🔹Seminar davomida yangi topografik o'lchov vositalaridan foydalanib, ishlarini sifatli amalga oshirish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar

Zamonaviy geodezik o‘lchovlarni o‘rganamiz

🔹Bugun Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov topshiriqlariga asosan Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ishlab chiqarish uchun ajratilgan yangi zamonaviy geodezik o‘lchov uskunalari o‘rganish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil qilindi.

🔹Unda Respublika  Aerogeodeziya markazida Doimiy faoliyat ko‘rsatadigan GNSS stansiyalarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Allaev tomonidan yangi o‘lchov metodlari o‘rgatildi.

🔹Boshqarmaning barcha 30 nafardan ortiq topograf mutaxassislari ishtirok etgan ushbu seminar qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar #toponimika

Geografik obyekt nomlari bo'yicha
seminar o'tkazildi

🔹Bugun Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tuman hokimligida “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi MFY raislari uchun seminar o'tkazildi.

🔹Unda Tuman hokimining maslahatchisi H.Mahmudova, Davlat kadastrlari palatasining Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, DKPning viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdilar.

🔹Seminarda ko'chalarni toifalarga ajratish, nomsiz ko'chalarni nomlash, shuningdek, ko‘cha peshlavhalariga qo‘yiladigan talablar, xonadonlarning raqamlanishi yuzasidan tushunchalar berildi.

🔹Ko‘chalarni elektron xaritalarini shakllantirish, yagona manzillar reyestrini yaratish orqali aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar: tez tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlarda manzilni topish va aniq belgilash uchun asos bo‘lishi taʼkidlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #toponimika

Namangan viloyatida nomsiz ko'chalar qolmaydi


🔹Namangan viloyatidagi mavjud ko'chalarni xatlovdan o'tkazish, nomsiz ko'chalarni aniqlash, nomlari tegishlicha qarorlar bilan tasdiqlangan ko'cha nomlarini elektron xaritalarini Geonames.uz axborot portalidagi ma'lumotlar bilan integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Hozirgi vaqtga qadar To'raqo'rg'on, Yangiqo'rg'on, Kosonsoy, Norin, Namangan, Chortoq va Chust tumanlarida bu boradagi ishlar yakunlandi.

🔹Bugungi kun holatiga davlat reyestiriga 7 453 ta ko'cha nomlari Namangan viloyatidan ro'yxatdan o'tkazilgan.

🔹To'raqo'rg'on tuman hokimligida shu mavzuda tumandagi MFY raislari uchun seminar o'tkazildi.

🔹Unda Tuman hokimining maslahatchisi H.Mahmudova, Davlat kadastrlari palatasining Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, DKPning viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdilar.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Namanganda o‘quv
seminar tashkil qilindi

🔹Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Bino-inshootlar boshqarmasi mutaxassislari Sh.Sattorov, H.Panayevlar ishtirokida Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida, boshqarma Bino-inshoot bo‘limi mutaxassislari va barcha tuman, shahar bosh muhandislari uchun o‘quv seminar o'tkazildi.

🔹Unda Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarori mazmun mohiyati, tizimda yangi ishga tushirilgan ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar berildi.

🔹Shuningdek, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining 2023-yil 26-martdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini (pasportini) tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma”dan foydalanish hamda “UZKAD” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib bu yo‘nalishlarda bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy masalalar muhokama qilindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #seminar

Yangi qonunlarni o‘rganamiz

✔️ Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma boshlig'i B.Pazilov boshchiligida tuman, shahar bo'lim boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o'quv-seminar o'tkazildi.

✔️ Unda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga aholi murojaatlari bilan ishlash jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

✔️ Seminar jarayonida maʼruzachi M.Nurmatov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni hamda Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga taqdimotlar orqali yetkazdi.

✔️ Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.

✔️ O‘tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar

Yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan o'quv-seminar

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari, tuman, shahar bo'limi va filiali xodimlari uchun ZOOM platformasi orqali O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida o'quv seminar tashkil etildi.

🔹 Seminarda boshqarmaning malakali mutaxassislari Qonunning asosiy jihatlari, tartib-taomillari haqida taqdimotlar orqali batafsil ma'lumotlar berdilar. Har bir tuman bo'yicha savollarga birma-bir javob berilib, o'rtaga tashlangan takliflarni o'rganib chiqish uchun inobatga olindi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM