Namangan ixtisoslashtirilgan san'at maktabi🇺🇿🇺🇿🇺🇿
1.06K subscribers
4.26K photos
456 videos
145 files
555 links
Download Telegram
Ba’zan birgina ğalaba ortida qança mehnat, izlaniş, sabr va işonç mujassam böladi!
2026-yil 29–30-oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul şahrida ötkazilgan «Deniz Sesi» xalqaro tanlovida Namangan ixtisoslaştirilgan san’at maktabining Dizayn bölimi öquvçisi Ahmadjonova Zeboxon faxrli I örinni qölga kiritdi! 🏆
Bu yutuq — yoş iste’dodning ijodiy salohiyati, tinimsiz izlanişi va öz maqsadi sari intilişining yorqin namunasidir. Xalqaro miqyosdagi tanlovda munosib iştirok etib, yuqori natijaga erişiş Zeboxon uçun katta muvaffaqiyat, maktabimiz jamoasi uçun esa çeksiz quvonç va faxrdir.
Uşbu muvaffaqiyatda öquvçining iste’dodi va mehnati bilan bir qatorda, unga bilim va mahorat berib, ijodiy yölida kömaklaşayotgan ustozi Abduğapporov Abdulloning ham munosib hissasi bor.
Zero, ustozning eng katta yutuği — şogirdining kamolini köriş, uning iste’dodi xalqaro maydonda e’tirof etilganiga guvoh bölişdir!
👍9❤3❤‍🔥1
Forwarded from Акмал 9304
🎼 “MARHABO TALANTLAR” RESPUBLIKA TANLOVI! 🏆

🎉 2026-yil 28-oktabr kuni “Marhabo Talantlar” respublika tanlovining çolğu ijroçiligi yönalişlari böyiça bellaşuvlari bölib ötdi.

✨ Maktabining Xalq çolğulari bölimi öquvçilari tanlovda öz iste’dodi, ijroçilik mahorati va musiqiy salohiyatini namoyon etib, faxrli 1-örinlarni qölga kiritdilar!
🥇 9-sinf öquvçisi Abdulvox itova Madina — 1-örin!
🥇 10-sinf öquvçisi Abduraxmonov Azizbek — 1-örin!
👏 Uşbu yutuqlar, albatta, öquvçilarimizning tinimsiz mehnati, izlanişi va musiqaga bölgan mehr-muhabbati samarasidir. Yoş iste’dod egalarining ijroçilik mahoratini oşiriş, ularni tanlovga munosib tayyorlaş yölida öz bilim va tajribasini ayamagan ustozlari S. Mirzamova va A. A’zamxonovga, şuningdek, öquvçilarning ijrosini fortepiano jörligida mahorat bilan boyitgan konsertmeyster A. Mustafayevga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
💐Öquvçilarimizni erişgan yutuqlari bilan tabriklaymiz! Ularning kelgusida ham yangi marralarni zabt etişlariga tilakdoşmiz.
🔥4❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Namangan ixtisoslaştirilgan san’at maktabining dutorçi qizlar ansambli #Dutor_çellenj loyihasida faol iştirok etdi!

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat ta’limi markazi hamda «Milliy çolğu ijroçiligi» ijodiy birlaşmasi tomonidan taşkil etilgan mazkur çellenj milliy çolğularimizni keng tarğib etiş, yoş avlodning milliy musiqa san’atiga bölgan qiziqişini oşiriş va boy musiqiy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazişga xizmat qiladi.

Uşbu taşabbusni qöllab-quvvatlagan holda, maktabimizning dutorçi qizlar ansambli ham öz ijrosi orqali milliy kuylarimizning betakror jozibasi, dutor çolğusining nafis sadosi va özbek milliy san’atining gözalligini namoyon etdi.

Dutor — xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelayotgan ma’naviy boyligi. Uni sevib çaladigan, milliy kuylarimizni qunt bilan örganadigan yoşlar esa uşbu boy merosimizning munosib davomçilaridir.

✨ Milliy kuylarimiz yangrasin, dutor sadolari qalblarga jo bölsin!

🎼 Ansambl rahbari: S. Mirzamova.
👍3⚡1
🍯🥁 MILLIY OHANGLAR — XALQARO ASAL FESTIVALIDA!

🎉 San’atimiz sadolari festivalga özgaça şukuh bağişladi!
2026-yil 23–25-oktyabr kunlari Namangan şahridagi «Afsonalar vodiysi» tematik boğida V Xalqaro asal festivali bölib ötdi.
Festival doirasida taşkil etilgan madaniy-köngiloçar dasturlar tadbirga özgaça fayz va bayramona ruh bağişladi.
🥁 Uşbu festivalda Namangan ixtisoslaştirilgan san’at maktabining doiraçilar ansambli ham faol iştirok etdi!
Maktabimiz öquvçilari özlarining jöşqin ijrosi, doira sadolari va milliy san’atimizga bölgan mehrini namoyon etib, festival iştirokçilari va mehmonlariga kötarinki kayfiyat ulaşdilar.
🌟 Bunday tadbirlardagi iştirok öquvçilarning sahna tajribasini oşiriş, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiriş va milliy musiqa san’atimizni keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏 Yoş san’atkorlarimizga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar va doimo olqişlarga sazovor bölişlarini tilaymiz!
Ansambl raxbari: N.Oripov
❤2👍2
🎹 «ISTE’DODLAR XARITASI» — YOŞ PIANINOÇILARIMIZ ĞALABASI!

🏆 Iste’dod, mehnat va izlaniş öz samarasini bermoqda!
2026-yil 30-oktyabr kuni Özbekiston böylab taşkil etilayotgan «Iste’dodlar xaritasi» respublika saralaş tanlovining viloyat bosqiçi bölib ötdi.
Yoş pianinoçilar örtasida taşkil etilgan mazkur tanlovda Namangan ixtisoslaştirilgan san’at maktabining Fortepiano bölimi öquvçilari faol iştirok etib, faxrli örinlarni qölga kiritdilar.

✨ Tanlov natijalariga köra:
🥇 Mahmudova Dilnura — faxrli I örin;
🥇 Akbaraliyeva Muqaddas — faxrli I örin;
🥈 Şuhratova Xonzoda — faxrli II örin;
🥈 Zokirjonova Aziza — faxrli II örin;
🥉 Rahimjonova Şabnam — faxrli III örin;
🥉 Vohitova Mohiçehra — faxrli III örin;
🏅 Sobitjonova Muazzam — sertifikat bilan taqdirlandi.

👏 Uşbu yutuqlarda öz bilim va mahoratini ayamagan, şogirdlariga sabr va mehr bilan ta’lim berib kelayotgan Fortepiano bölimi ustozlariga alohida minnatdorlik bildiramiz!
Aziz ustozlar, mehnatingiz samarasi şogirdlaringizning yutuqlarida namoyon bölsin!
👍3❤1🥰1💋1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞 V “Zakovat-Gambit” şaxmat turniri D guruhi ğoliblarini taqdirlaş jarayonidan lavha
👍3
Forwarded from SOYIBXO‘JAYEV...🌦 https://www.instagram.com/soyibxojayev_?igsh=MWRjOHp6ZGQ1bDY3Mg%
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi tashkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan...
👍4❤3
Forwarded from Башорат
❤6👍6👏1
Forwarded from Акмал 9304
2026-yil 5-noyabr kuni "Işbilarmon ayol" respublika körik-tanlovi bölib ötdi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik va hunarmandçilik sohasidagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, ularni har tomonlama rağbatlantiriş maqsadida ötkazib kelinayotgan uşbu nufuzli tanlovning oçiliş marosimida Namangan ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabi öqituvçisi F.Qurbonova boşçiligidagi "Wodlik" dutorçi qizlar ansambli özlarining jozibali kuylari va badiiy çiqişlari bilan iştirok etdi.
Ansambl aʼzolarining maxsus tayyorlagan musiqa dasturi va ijrolari tanlov iştirokçilari hamda barça taşrif buyurgan mehmonlarga kötarinki kayfiyat bağişlab, marosimga alohida şukuh bağişladi.
❤4🔥2