“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
16.7K subscribers
20.9K photos
3.67K videos
10 files
6.05K links
Download Telegram
#Rasmiy_munosabat

Iste’molchilar bilan hushmomala bo‘lishimiz kerak.


Ijtimoiy tarmoqlarda orqali tarqalgan audio yozuvda iste’molchining savollariga xizmat yo‘riqnomasiga asosan javob qaytarmaganligi sababli tezkor dispecherlik punkti navbatchi xodimiga va mas’ul rahbarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralari ko‘riladi.


"Namangan HETK" matbuot xizmati.
Kanalga ulanish- Namangan_HETK
#RASMIY_MUNOSABAT

UCHQUN MAHALLASIDAN YO'LLANGAN MUROJAAT IJOBIY HAL ETILDI.

Namangan shahar Uchqun mahalla 1-Gulbog‘ ko‘chasiga ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda transformator o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni vaqt mazkur mahallaga o‘rnatilgan transformator punktiga kuchlanish berilgan.

Mazkur mahalladagi aholi iste’molchilari yo‘llagan murojaat o‘z yechimini topganligini ma’lum qilamiz.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT

Vaziyat nazorat ostida...


Namangan viloyati Mingbuloq tumanidan yo'llangan murojaat yuzasidan iste'molchilar bilan bog‘lanib ijobiy hal etildi.

Agar sizda elektr energiyasi ta'minoti yuzasidan murojaatlaringiz bo‘lsa bizning ijtimoiy tarmoqlarimizdagi manzillarimizga yuborishingiz mumkin.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
#RASMIY_MUNOSABAT

“Sizdan telegramm” ijtimoiy tarmog‘ida Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani Langarbobo mahallasidan yuborilgan murojaatda go‘yoki mahalla raisi har bir uydan elektrdan qarzdorlik uchun 100 ming so‘mdan pul yig‘ib yurgani haqida bildirilgan.

Avvalo ta’kidlash kerak, tuman aholisi, jumladan, mazkur mahalla xonadonlariga ham yuz foiz aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgan bo‘lib, rais yoki boshqa shaxsning qarzdorlik uchun pul yig‘ishiga ehtiyoj yo‘q.

Qolaversa, murojaatda yozilganidek, mahalla raisining farzandlari hali yosh va yuqori lavozimli xodimga quda ham emas.

Fuqarolardan hissiyotga berilib, bunday noo‘rin, ishonchsiz va tuhmatdan iborat xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga yubormaslikni tavsiya etardik. Qonunlarimizda buning uchun javobgarlik borligini ham eslatamiz.
#RASMIY_MUNOSABAT

NAMANGAN TUMANIDAGI ISTE’MOLCHILAR YO‘LLAGAN MUROJAAT O‘RGANILDI.


Namangan viloyati Namangan tumanidagi iste’molchilardan yo‘llangan murojaat joyida o‘rganildi.

Haqiqatdan ham Navqiron mahalladagi Navqiron ko‘chadagi elektr tarmoqlari nostandart holatda bo‘lgan, reja asosida mahalladagi muammoni 2024 yil dasturiga berilgan, ayni vaqt Gulzor ko‘chasiga tayanchlar o‘rnatilgan, Navqiron ko‘chasiga ham reja asosida tarmoq qurish ishlari bajariladi.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_XABAR

📹🇺🇿🇷🇺 Тошкент шаҳридаги "Кўксарой" қароргоҳида юртимизга давлат ташрифини амалга ошираётган Россия Федерацияси Президенти Владимир Путинни тантанали кутиб олиш маросими бўлиб ўтди

Президентимиз Шавкат Мирзиёев олий мартабали меҳмон Владимир Путинни самимий қарши олиб, шоҳсупага таклиф қилди. Давлат мадҳиялари янгради. Ҳарбий оркестр садолари остида етакчилар фахрий қоровул сафи олдидан ўтиб, расмий делегациялар аъзоларини қутладилар. Биргаликда суратга тушилгандан сўнг, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг тор доирадаги музокаралари бошланди.

⤵️ Бизни кузатиб боринг!
🌐 namangan24.uz
👉 @namanganim24
#RASMIY_MUNOSABAT

YOLGʻON XABARLARGA ISHONMANG.

Iste’molchi Jamila Jalalova o‘zining Facebook ijtimoiy sahifasida yo‘llagan murojaatida telegram orqali norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, elektr energiyasi balansiga to‘lov qilinganda ikki barobar pul ko‘payib qoladi deb e’lonlar tarqatilgani uchun qo‘shimcha pul to‘lagani va puli ko‘payib qolmagani uchun e’tiroz qilib kelgan.

Mutaxassislar iste’molchiga vaziyat to‘g‘risida tushuntirishga harakat qilgan, lekin fuqaro ma’lumotlardan qoniqagandan so‘ng shuyerning o‘zida videomurojaat yo‘llagan.

"Senlar odamlarni aldab, yolg‘on xabarlar tarqatgansanlar"-deb Jamila Jalalova elektr ta’minoti ma’muriy binosida janjal ko‘targan. Fuqaro bilan qayta gaplashib tushunchalar berildi.


"Hududiy elektr tarmoqlari"  AJ Namangan hududiy filiali
#Rasmiy_munosabat

Kosonsoy tuman Gulobod mahalla fuqarolar yig‘ini Me’mor ko‘chasida joylashgan “Yevro potolok” xususiy korxonasiga karashli bo‘lgan quvvati 400 kVA bo‘lgan transformator punktida qisqa tutashuv bo‘lganligini ma’lum qilamiz.

Kosonsoy tumandagi 110/35/10 kVli 10 kVli “Markaz” havo tarmog‘i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlangan.  2025 yil 5 yanvar kuni soat 22:40 da nosozlik kelib sababli kurilma shikastlangan va tezkor chiqish brigadasi tomonidan joyida o‘rganib nosozlik bartaraf qilingan yuqoridagi shikastlangan transformator punktida aholi iste’molchilari yo‘qligi, ijtimoiy sohalarga elektr ta’minoti yo‘qligini bildiramiz.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati
#RASMIY MUNOSABAT

YANGI NAMANGAN TUMANI HUDUDDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI.