NamDU Registrator Ofis
11.4K subscribers
32K photos
3.42K videos
446 files
11.8K links
Namangan davlat universitetining Registrator Ofis bo'limining rasmiy kanali!

Bu kanal orqali siz talabaga kerak bo'lgan barcha hujjatlarni elektron shaklda olishingiz mumkin.

Murojaat: @namdu_murojaat
Aloqa uchun: +998692395006
Download Telegram
🇺🇿 O‘zbekistonda taqiqlangan manbalar ro‘yxati taqdim etilmoqda

➡️Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi deb topilgan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati.

📌 Mazkur ro‘yxat mamlakat xavfsizligi, barqarorlik va yoshlarni zararli oqimlardan himoya qilish maqsadida muntazam ravishda ko‘rib chiqiladi. Unda jamiyatga tahdid soluvchi, radikal g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi internet sahifalari, videomateriallar va boshqa turdagi kontentlar qayd etilgan.

⚠️ Eslatma: Taqiqlangan materiallarni tarqatish, saqlash yoki ulardan foydalanish qonuniy javobgarlikka olib kelishi mumkin. Internetdan foydalanishda ishonchli, rasmiy va tekshirilgan manbalarga tayanish tavsiya etiladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
1👍1
Forwarded from Edu.uz
#yengillik #chegirma

⚡️O‘quvchi
-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi

“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan boshlab 2026-yil 11-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.

50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.

❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.

Batafsil: www.uzairways.com.

___

Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся

В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 26 декабря 2025 года по 11 января 2026 года.

Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.

❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.

Подробно: www.uzairways.com.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
E'lon

Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorlida “Maromiylik” loyihasi doirasida “O‘zbek to‘ylaridagi isrofgarchilik – an’ana va zamon ziddiyatlari” va “Maromiylik” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.

✍️Tanlovda ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, OTM o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, jurnalistlar va mazkur mavzuga qiziqqan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

🌐Batafsil 👉 https://telegra.ph/Maqolalar-tanlovi-12-17
Tanlovda faol ishtirok eting!

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2
KUN TARIXI

Bugun 19-dekabr, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Xalqaro muhtojlarga yordam berish kuni.
🇺🇦Ukraina – Advokatura kuni.

#muhim_voqealar
🔹1863 – Angliyalik Frederik Uolton linoleumni patentladi.
🔹1884 – Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida birinchi rus-tuzem maktabi ochildi.
🔹1991 – Peru Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti tan oldi.
🔹1994 – Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining BMT Xalqaro bolalar jamg‘armasi YUNISEFga a’zo bo‘lib kirishini nazarda tutuvchi bitim imzolandi.
🔹1997 – XX asrning eng daromadli filmi – “Titanik” katta ekranga chiqdi.
🔹2001 – Butun dunyo bo‘ylab “Uzuklar hukmdori” filmining premyerasi boshlandi.

#tavalludlar
🔹1912 – Gerbert Charlz Braun – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi.
🔹1933 – Farhod Musajon – bolalar yozuvchisi.
🔹1942 – Begali Qosimov – adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor.
🔹1987 – Karim Benzema – taniqli futbolchi, Fransiya milliy terma jamoasi a’zosi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
2👍1
NamDU Axborot xati 2025.pdf
387.2 KB
Nаmаngаn dаvlаt universiteti "Ilmiy axborotnomasi" 2026-yil 1-soni (yanvar) uchun maqolalar qabul qilish boshlandi.

Namangan davlat universitetining “NamDU ilmiy axborotnomasi-Научный вестник НамГУ” jurnali OАK dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan:
🔺01.00.00-Fizika-matematika fanlari (14)
🔺02.00.00- Kimyo fanlari (18)
🔺03.00.00- Biologiya fanlari (17)
🔺09.00.00- Falsafa fanlari (24)
🔺10.00.00-Filologiya fanlari (26)
🔺13.00.00-Pedagogika fanlari (30)
Maqolalar quyidagi rasmiy web sahifa orqali qabul qilinadi: journal.namdu.uz. Maqola qabul qilish jarayoni to‘liq yuqoridagi platforma orqali bo‘ladi.

2026-yil 1-soni (yanvar) uchun maqolalar 16-dekabrdan 5-yanvargacha qabul qilinadi.

Eslatma:
Maqolalarning ilmiy saviyasi va keltirilgan ma’lumotlar uchun mualliflar javobgar hisoblanadi.
Jurnal har oyda o‘zbek, rus va ingliz tillarida elektron shaklda chop etiladi.

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
👍5❤‍🔥11
EʼLON!!!

Namangan davlat universitetida 2025-yil noyabr oyida malakaviy imtihonlar topshirgan talabgorlarning barcha ixtisosliklar va fanlardan guvohnomalarni Universitetning ilmiy bo'limiga kelib shaxsni tasdiqlovchi hujjatni koʼrsatgan holda olib ketishlari mumkin. Аgar oʼrniga ishonchli odam kelsa, talabgorning orginal pasporti yoki ID kartasini koʼrsatib olib ketishlari mumkin.

🔴Shuningdek, asosiy ish joyi Namangan davlat universiteti boʼlmagan malakaviy imtihon jarayonlarida qatnashib, muvaffaqiyatli oʼtib hali toʼlov qilmagan talabgorlardan (toʼlov qilib, toʼlov qogʼozini yuborganlar bundan istisno) Namangan davlat universitetining 4001 1086 0144 0170 9410 0350 004 hisob raqamiga har bir fan uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 % (206 ming soʼm) miqdorida toʼlov amalga oshirishlari soʼraladi. (Аsos: Universitet Kengashining 2023-yil 10-maydagi 11-sonli yigʼilish qarori).

🔴Toʼlov qogʼozini quyidagi havola orqali ism, familiya va topshirilgan fan nomlarini yozib yuborishingiz lozim:
https://forms.gle/vvjfbUTGG9nrubuy8

@namdu309– ulashing va obuna bo‘ling!
2🔥2👍1
"KELAJAKKA QADAM" dasturi doirasida universitet bitiruvchilari uchun kredit mahsulotlari:

1⃣ "Kelajakka birinchi qadam"
Ijtimoiy soliq to'lab, o'zini-o'zi band qilgan bitiruvchilar uchun

• Kredit summasi - 10 mln. so'mgacha
• Foiz stavkasi - 21%
• Kredit muddati - 18 oygacha
• Imtiyozli davr - 3 oygacha

❗️Sug'urta polisi uchun to'lov kredit summasidan chegirib qolinadi

2⃣ "Kelajak uchun start"
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun

• Kredit summasi - 300 mln. so'mgacha
• Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4%
• Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
• Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)

❗️Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi;
❗️Garov ta'minoti talab etiladi (50 mln. so'mgacha - sug'urta polisi asosida);
❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak;
❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi

3⃣ "Yorqin kelajak sari"
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun

• Kredit summasi - 1 mlrd. so'mgacha
• Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +4%
• Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 36 oygacha)
• Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag'lar uchun 6 oygacha)

❗️ Kredit oluvchi direktor yoki ta'sischi bo'lishi talab etiladi
Garov ta'minoti talab etiladi
❗️ Kamida 4 ta ish o'rni yaratilishi zarur
❗️Salbiy kredit tarixiga ega bo'lmasligi kerak
❗️Muddati o'tgan qarzdorligi bo'lmasligi talab etiladi

Biznes g'oyasi borlar💡 va kredit olish istagidagilar 💰"Kelajakka qadam" markaziga yoki oliy ta'lim tashkiloti mas'ul xodimiga murojaat qilishlari mumkin.

@namdu309
4👍2
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
#yil_talabasi2025 #yil_o‘quvchisi2025

🗣“Eng faol yil talabasi” hamda “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovlarining 2025-yilgi mavsum yakuniy bosqichi ishtirokchilari aniqlandi.

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinadigan mazkur tanlovning respublika bosqichiga tavsiya etilgan ishtirokchilarning hujjatlari hamkor tashkilotlar vakillaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan baholandi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan nomzodlar aniqlandi (rasmda ko‘rsatilgan).

❗️“Eng faol yil talabasi” tanlovining yakuniy bosqichi joriy yilning 25-26-dekabr kunlari Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida o‘tkaziladi. “Yilning eng faol o‘quvchisi” tanlovining yakuniy bosqichi esa 2026-yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirildi (qo‘shimcha ma’lumot beriladi).

☑️Eslatib o‘tamiz, tanlab olingan nomzodlar sohaga doir savollar asosida suhbatdan o‘tkaziladi hamda Hakamlar hay’ati tomonidan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga munosib nomzodlar aniqlanadi. G‘oliblar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka va nizom asosida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating:

📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3👏1