Namangan davlat universiteti 🇺🇿
11.3K subscribers
29.8K photos
3.13K videos
343 files
10.8K links
Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namsu309
Instagram: www.instagram.com/namsu_309
Youtube: www.youtube.com/@namdu309
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/NamDU_pressa

© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati
Download Telegram
#Uchrashuv

Universitet rektori tyutorlar bilan uchrashdi

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev universitetning asosiy bo‘g‘inlaridan biri — tyutorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ta’lim-tarbiya jarayonidagi tyutorlarning o‘rni, mas’uliyati va ularga yuklatilgan muhim vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritildi.

Universitet rektori o‘z nutqida tyutorlik faoliyatini oddiy nazorat shakli emas, balki yoshlarga yo‘l ko‘rsatadigan, ularning hayotiy tanlovlariga rahnamolik qiladigan mas’uliyatli va dolzarb vazifa sifatida baholadi. Uchrashuv davomida tyutorlarning talabalarga nisbatan munosabati, yondashuvi va mas’uliyati haqida bir qator muhim jihatlar qayd etildi.

Abdug‘affor Qirg‘izboyev har bir talaba universitet rahbariyati nigohida alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikka loyiq ekanini ta’kidlab, “Talabalar — bu mening farzandlarim,” — dedi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida tyutorlarning roli va mas’uliyatini yanada chuqurroq anglash zarurligini uqtirib, rektor ularni universitetdagi ijtimoiy-psixologik muhitning tayanchi sifatida ko‘rishini bildirar ekan, “Tyutorlar — sizlar mening qanotim bo‘linglar,” — deya murojaat qildi.

Adolat va prinsipiallik tamoyillariga qat’iy amal qilish, talabalar bilan ishlashda halollik va mas’uliyat bilan yondashish kerakligini ta’kidlab, “Tyutor murosasiz va adolatli bo‘lishi kerak. Unutmang, orqangizda men turibman" - dedi rektor oʼz nutqida.

Uchrashuv samimiy muhitda, ochiq va ishonchli muloqot tarzida o‘tdi. Tyutorlar o‘z faoliyatlari davomida uchrayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarini bildirdilar, rektor esa ularning fikrlariga e’tibor bilan yondashib, amaliy tavsiyalarini berdi.

Bu uchrashuv universitetda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada samarali tashkil etish, talabalarga bo‘lgan mas’uliyat va e’tiborni kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.

🔹 Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Veb-sayt|🔹 Facebook | 🔹 Instagram | 🔹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

Namangan davlat universitetida ochiq osmon ostida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi bilan hamkorlikda universitet talaba-yoshlari o‘rtasida ochiq osmon ostida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ushbu bellashuvda turli fakultetlardan tashkil topgan talabalar jamoalari o‘zlarining bilim darajasi, mantiqiy fikrlash va tezkor muhokama yuritish qobiliyatlarini namoyon etdilar. Intellektual bahslar kuchli raqobat, jamoaviy hamjihatlik va murosasiz fikrlar to‘qnashuvi ruhida o‘tdi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori Islomjon Odilov ham ishtirok etib, talaba-yoshlar o‘rtasidagi bilim va tafakkur bellashuvini kuzatdi hamda ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi.

O‘yin yakunida eng faol va bilimdon jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qilmoqda.

🔹 Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Veb-sayt|🔹 Facebook | 🔹 Instagram | 🔹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_iqtibosi

⭐️ Abdug‘affor Qirg‘izboyev: «Tyutor murosasiz va adolatli bo‘lishi kerak. Unutmang, orqangizda men turibman!»

🔹 Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🔹Veb-sayt|🔹 Facebook | 🔹 Instagram | 🔹 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM